Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot



Yüklə 94,18 Kb.
səhifə6/13
tarix21.10.2023
ölçüsü94,18 Kb.
#158774
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
“Mikroiqtisodiyot. Makroiqtisodiyot” fanidan kurs ishi-fayllar.org

2.2 
SOLIQLARNING 
MAKROIQTISODIY 
MOHIYATI 
VA 
OBYEKTIV ZARURLIGI.
Soliq tushunchasi iqtisodiy kategoriya sifatida davlatning paydo bo‗lishi
va faoliyatining davomiyligi bilan bevosita bog‗liqdir. Shu o‗rinda soliq
kategoriyasi davlatni iqtisodiy siyosati orqali iqtisodiy voqelik sifatida yuzaga
chiqishini ta‘kidlash lozim. Soliq tushunchasi tor ma‘noda davlat ixtiyoriga soliq
to‗lovchilardan majburiy tartibda undiriladigan pul tushumlarini ifodalaydi.
Ma‘lumki, soliqlar bevosita davlatning paydo bo‗lishi bilan bog‗liqdir,
ya‘ni davlat o‗zining vakolatiga kiruvchi vazifalarni bajarish uchun moliyaviy
manba sifatida soliqlardan foydalanadi.
Soliqlarning amal qilishi bu obyektivlikdir, chunki jamiyatni tashkil
etuvchi barcha subyektlar ham real sektorda, ya‘ni ishlab chiqarish sohasida
faoliyat ko‗rsatmaydi. Jamiyatda boshqalar tomonidan rad etilgan yoki faoliyati
iqtisodiy samarasiz bo‗lgan sohalar ham mavjudki, bular soliqlarni obyektiv amal
qilishini talab etadi. Aniqroq qilib aytganda jamiyatni norentabel (mudofaa,
meditsina, fan, maorif, madaniyat va boshq.) va rentabel sohaga ajralishi hamda
norentabel sohani moliyalashtirishning tabiiy zarurligi soliqlarni obyektiv amal
qilishini zarur qilib qo‗yadi, vaholanki, norentabel sohaning ijtimoiy xizmatlari,



13
asosan, davlat tomonidan amalga oshiriladiki, ularni moliyalashtirish usuli sifatida


yuzaga chiquvchi soliqlar ham shu tufayli bevosita davlatga tegishli bo‗ladi.
Soliqlarning amal qilishini bozor iqtisodiyotiga o‗tish sharoitida ikki holat
bilan ifodalash mumkin: birinchidan, davlatning qator vazifalarini mablag‗ bilan
ta‘minlash zarurligi, ikkinchidan, bozor iqtisodiyoti qonun-qoidalari.
Davlatning bajaradigan funksiyalari va vazifalari ko‗p bo‗lib, bozor
iqtisodiyoti rivojlana borishi bilan ba‘zi ijtimoiy himoyalangan bozor
munosabatlariga mos kelmaydigan vazifalar yo‗qola borsa, yangi vazifalar paydo
bo‗la boshlaydi. Bularga bizning respublikamizda kam ta‘minlanganlarga ijtimoiy
yordam ko‗rsatish, bozor iqtisodiyoti infratuzilmasini tashkil qilish kabilar kiradi.
Davlat kuchli ijtimoiy-siyosiy tadbirlarni amalga oshirish uchun pensionerlar,
talabalar, ko‗p bolali onalar va boshqalarni mablag‗ bilan ta‘minlash zarurligini
anglab, ayrim cheklangan tovarlar bahosidagi farqni budjet hisobidan qoplaydi va
undan tashqari mahallalarda ijtimoiy himoyaga muhtoj kam ta‘minlanganlarga
moddiy yordamlar ko‗rsatadi. Shu bilan birga, davlat jamiyat a‘zolari
osoyishtaligini saqlash maqsadida o‗zining mudofaa qobiliyatini saqlab va
mustahkamlab turishga ham mablag‗lar sarflaydi, qolaversa, davlat fuqarolar
xavfsizligini saqlash, mamlakatda tartib-intizom o‗rnatish, uni boshqarish
funksiyalarini bajarish uchun ham ko‗plab mablag‗ yo‗naltirishga majburdir.
Bunday xarajatlarni amalga oshirishning majburiyligi ular uchun manba bo‗lgan
soliqlarni obyektiv zarur qilib qo‗yadi.
Qayd etish lozimki, hozirga qadar davlatning funksiyalarini bajarish uchun
lozim bo‗lgan moliyaviy mablag‗larni shakllantirishning soliqlardan boshqa usuli
jahon amaliyotida qo‗llanilgan emas. Demak, hukmron kuch sifatida davlat
mavjud ekan, moliyalashtirish usuli sifatida soliqlar amal qiladi. Ma‘lumki,
jamiyat iqtisodiy hayoti juda murakkab iqtisodiy hodisalardan iborat bo‗lib, ana
shu murakkablik bevosita soliqlarga ham tegishliki, bu holat soliqlarni iqtisodiy
mohiyatini teran anglashni taqozo etadi.
Soliqlar majburiy to‗lovlarni ifoda etuvchi pullik munosabatlarni bildiradi.
Bu munosabatlar soliq to‗lovchilar bilan ularni o‗z mulkiga aylantiruvchi davlat



14
o‗rtasida bo‗ladi. Davlat uchun budjet daromadlarining asosiy manbayi


hisoblangan soliqlar katta ahamiyatga ega.
Soliqlar to‗g‗risidagi qarashlar tarixan obyektiv va subyektiv omillarning
ta‘sirida shakllangan. Soliqlarga doir turli ta‘riflarni tahlil qilish, ularning konkret
iqtisodiy-ijtimoiy taraqqiyotlar jarayonidagi mohiyatini asoslash, soliqlarning
iqtisodiy rolini va soliq qonunchiligiga asos bo‗lgan soliq tamoyillarini belgilash
hamda soliq tizimida, jamiyat taraqqiyotida mavjud bo‗lgan soliqlarning tutgan
o‗rnini aniqlash zarurdir. Chunki, davlat paydo bo‗lishi bilan soliqlar jamiyatdagi
iqtisodiy munosabatlarning zaruriy talablaridan biri hisoblanib kelingan. Davlat
tuzilish shakllarini rivojlanishi bilan bir vaqtda soliq tizimi o‗zgargan va
takomillashtirilgan. Soliq tizimining o‗zgarishi va takomillashtirilishi soliqlarning
turlari, miqdorlari va yig‗ib olish usullari xilma-xil bo‗lganligi bilan asoslanib
kelingan. Masalan, Sharq mamlakatlari iqtisodiyoti tarixida soliqlar aholidan
shaxsiy mol-mulk, yerdan olingan hosil, uy hayvonlari va boshqalar uchun «zakot»
sifatida olingan.

Yüklə 94,18 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin