JAVOBLAR
Mikroiqtisodiyot nimani o’rganadi?
1.Milkroiqtisodiyot kichik yurituvchi subtekt bo’lib o’rtasidagi iqtisodiy v ularning faoliyati va milliy ta’sirini o’rganadigan bo’lim hisoblanandi.Mikroiqtisodiyot o’rganadigan asosiy obyektlar-- uy xo’jaligi va nisbatan undan kattaroq bo’lmagan korxonalardir.
Iqtisodiyotning markaziy muammosi ?
2.Cheklangan iqtisodiy resurslardan unumli foydalanish kishilarning yashashi , kamol topishi uchun zarur bo’lgan hayotiy vositalari ishlab chiqarish . Buning ustiga barcha resurslarimizdan pul mablag’lari , tabiy boyliklar , malakali ishchi kuchlaridan , istemol tovarlaridan foydalanishdir.
Noyob resurslarning taqsimlanishi asosiy tamoyillari ?
3. Keng maʼnoda — jamiyat hayotida i.ch.ni taʼminlashning vositalari, manbalarini ifodalaydigan iqtisodiy Resurslar muqim oʻrindaturadi. Iqtisodiy Resurslar tabiiy (xom ashyo, suv, oʻrmon P.), mehnat ("inson kapitali"), aylanma mablagʻlar (materiallar), axborot, moliya (pul kapitali) Resurslariga boʻlinadi. Top maʼnoda — iqtisodiy P. xoʻjalik faoliyatida foydalaniladigan, shu jumladan, yuqorida sanab oʻtilgan Resurslarni ham qamraydigan omillar majmuini bildiradi.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari chizigi nimani ifodalaydi?
4. Inson ehtiyoji cheksiz,ularni qondirish uchun resurslar cheklangandir.Har bir jamiyat bir xil muammoga-imkoniyatlar cheklanganlik muammosiga duch keladi.Har bir oilaning daromadi,jamg'argan pulining miqdori va qarz olish imkoniyati cheklangandir.Korxona esa o'z daromadlari,jamg'armasi va qarz to'lash imkoniyati jihatdan cheklangan.Huddi shuningdek davlat ham soliq solish va kredit olish imkoniyati jihatdan cheklangandir.
Chekli transformatsiya normasi nimani ifodalaydi?
5. Birinchi tovardan qo`shimcha bir birlik ishlab chiqarish uchun ikkinchi tovardan qancha voz kechish kerakligini ko`rsatadi. Bu birinchi tovarning altemativ qiymatini ifodalaydi va ikkinchi tovarning chekli ishlab chiqarish xarajatlarini birinchi tovarning chekli transformatsiya normasi deyiladi.
Talab va taklif chiziqlari tushunchasi
6.Talab — tovarning narxi va talab miqdori orasidagi munosabat bo‘lib, xaridorlarning muayyan vaqt davomida tovarni turli narxlarda qanchadan sotib olish imkoniyatlarini aniqlaydi. Bozor iqtisodiyotining fundamental tushunchalari. Talab va taklif narxni shakllantiradi, shu bilan birga narx talab va taklif oʻrtasidagi nisbatni aniqlashdir.
Talab va taklifga ta’sir etuvchi omillarni ta’riflang.
7.Bozorda taklif qilinadigan tovar hajmiga narxdan tashqari bir qator omillar ham ta’sir qiladi. Bu omillarning asosiylari quyidagilar:
resurslar narxi;
ishlab chiqarish texnologiyasi;
soliq va subsidiyalar;
boshqa tovarlar narxi;
narx o‘zgarishining kutilishi;
bozordagi sotuvchilar soni.
Bozor muvozanati nimani ifodalaydi?
8.Bozordagi talab va taklifning miqdoran va tarkib jihatidan bir-biriga muvofiq kelishi. Bozor muvozanati bir lahzalik (oʻzgarmas taklifda), qisqa muddatli (tashkilot yoki firmalarning oʻzgarmas miqdori va ishlab chiqarish hajmining oʻzgarishi) va uzoq muddatli (iqtisodiy shartsharoit tashkilot, firmalar va mavjud talabning zamonaviy darajasiga muvofiq kelganda) boʻlishi mumkin.
Minimal va maksimal narxlar o‘rnatilishi qanday oqibatlarga olib keladi?
9. Tovarning maksimal va minimal bahosi. Ba’zi vaqtlarda bozor narxi davlat tomonidan o’rnatiladi. Narx maksimal deyiladi, agar o’rnatilgan narxP~muvozanat narxdan kichik bo’lsa eP (eP- muvozanat narx) va narxnimaksimal narxP~dan yuqori belgilash ta’qiqlansa. Maksimal narx ba’zi birmahsulotlarga aholini ushbu mahsulot bilan ma’lum darajada ta’minlashmaqsadida davlat tomonidan o’rnatiladi.
10. Elastiklik nimani ifodalaydi?
maʼlum bir x qiymatining oʻzgarishi oqibatida y qiymatiga boʻlgan oʻzgarilish nisbati. Masalan, narx yoki daromadning 1 foizga oʻzgarishi talab va taklifning necha foizga oʻzgarishini koʻrsatilib berilishidir.
11. Talab va taklifning narx bo‘yicha elastikligi qanday mazmunga ega?
Elastiklik koeffisienti qiymatiga qarab talabni elastik, noelastik va birlik elastiklikga ega bo‘lgan talablarga ajratish mumkin.Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed>1 bo‘lsa, talab elastik deyiladi.Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed<1 bo‘lsa, talab noelastik deyiladi.Agar talabning narx bo‘yicha elastiklik koeffisienti Ed=1 bo‘lsa, talab birlik elastiklikka ega deyiladi. Narx bo‘yicha talab elastikligi – narxning bir foizga o‘zgarishi natijasida talabning son jihatdan foiz bo‘yicha o‘zgarishi darajasini ko‘rsatadi. Bunga eng muhim misollardan biri, narxga bog‘liq bo‘lgan talab elastikligidir. Bu elastiklik tovar narxining bir foizga o‘zgarishi, unga bo‘lgan talabning necha foizga o‘zgarishini ko‘rsatadi.
12. Talabning elastik, elastik emas va birlik elastikka teng bo‘lish shartlarini ko‘rsatib bering.
Talabning narx elastikligiga ta’sir etadigan omilardan quyidagilarini alohida ko‘rsatish mumkin:
1. Bozorda o‘rinbosar tovarlarning mavjudligi. Bozorda yaxshi o‘rinbosar tovarlarning yo‘qligi yoki ularni olishning qiyinligi iste’molchilarni narxlarning o‘zgarishiga befarq qilib qo‘yadi.
2. Vaqt omili. Aksariyat tovarlarga bo‘lgan bozor talabi uzoq muddatli davr mobaynida elastiklikroq bo‘ladi. Bir tomondan, aksariyat insonlarga iste’molchilik ta’blarini o‘zgarishiga ancha vaqt talab qilinadi. (masalan, qandolat mahsulotdariga bo‘lgan narx keskin oshirilsa ham mahsulotlarni sotish hajmi bir vaqtning o‘zida pasayib ketmaydi). Boshqa tomondan, bir tovaga bo‘lgan talab boshqa bir tovarning mavjudigi bilan ham izohlanishi mumkin. Masalan, neftga va shu bilan bir qatorda benzinga bo‘lgan narxning oshib borishi qisqa muddat ichida yo‘l bosishni qisqarishiga olib kelmaydi, lekin, uzoq muddatli davr mobaynida eski avtomashinalarni yangi yoqilg‘i kam harajat qiladigan modellari bilan almashtirilishiga va shu orqali kam benzin ishlatilishiga olib keladi.
3. Tovarga bo‘lgan harajatlar darajasi. Iste’molchi byudjetidan tovarga yuqori darajada harajatlar qilish aksariyat tovarlarga bo‘lga talabni narxlarni o‘zgarishiga o‘ta sezuvchan qilib qo‘yadi. Masalan, sanoat iste’molchisiga bir-birlik tovarga bo‘lgan narx emas, balki unga bir oy yoki bir yilda qilinadigan harajatlar muhim hisoblanadi.
4. Tovarning iste’molchi uchun zarurligi. Tovarning iste’molchi uchun yuqori darajadagi zaruriyati narxga bo‘lgan past elastikligini aniqlab beradi.
13. Qaysi hollarda tovarlar normal tovarlar bo‘ladi?
Ishlab chiqarish.iqtisodiy faoliyatning moddiybuyum shaklidagi har qanday mahsuloti; 2) sotuvchilar va xaridorlar oʻrtasida oldisotdi, bozor munosabatlari obʼyekti. T. bozorda sotish, ayirboshlash uchun va shu orqali boshqalarning ehtiyojlarini qondirish uchun ishlab chiqariladigan mehnat mahsulotidir. T. faqat modsiy shaklga ega boʻlmay, u turli xizmatlar, maʼnaviy neʼmatlar va boshqa koʻrinishlarda ham boʻlishi mumkin. T. shaklini olgan mahsulot ikki yoqlama xususiyatga ega boʻlishi, yaʼni bir tomondan, u faqat sotish uchun ishlab chiqarilgan, ikkinchidan, kishilarning bironbir ehtiyojini qondira olishi kerak. Iqtisodiyotda T.ning bu ikki yoqlama xususiyati — isteʼmol qiymati, uning mehnat mahsuli ekanligi qiymat tarzida oʻrganiladi.
14.Sotuvchi daromadiga talab elastikligini ta’sirini tushuntirib bering.
Elastiklik oʻzgarishi oqibatida ishlab chiqaruvchilar daromadida oʻzgarish sodir boʻladi., elastic zone — elastikligi 1 dan katta boʻlgan hudud, unit elastic — elastikligi 1 ga teng boʻlgan nuqta (daromad bu yerda maksimal boʻladi) va inelastic zone — elastikligi 1 dan past boʻlgan hududdir. Rasmga koʻra, elastiklik juda yuqori yoki juda past boʻlganida daromad (Revenue) past boʻladi, elastiklik 1 ga teng boʻlganida esa daromad eng yuqori boʻladi. Lekin daromad bu foyda emas, shu sababli bu nuqta foydani maksimallashtirmaydi.
15. Naflik funksiyasi
Naflik funksiyasi – iste'mol qilingan ne’matlar miqdorining o'zgarishi natijasida olinadigan naflikni o'zgarishini ifodalovchi funksiya. ; U – naflik; x1x2…xn – iste'mol qilingan ne’matlar miqdorlari.
Ne’matning chekli nafligi naflik funksiyasidan ne’mat miqdori bo'yicha olingan xususiy hosilaga teng:
MUxi – i- ne’matning chekli nafligi, bu yerda i=1,2,3……n
Pi – i- ne’matning narxi.
16. Umumiy naflik va chekli naflikning o‘zgarishi.1>