Mikroiqtisodiyot


ISHLAB CHIQARISH ХARAJATLARI AUDITINI



Yüklə 45,1 Kb.
səhifə2/3
tarix27.01.2023
ölçüsü45,1 Kb.
#81193
1   2   3
Sardorbek

2. ISHLAB CHIQARISH ХARAJATLARI AUDITINI
TASHKIL ETISН.

Har kanday faoliyat, xususan auditorlik faoliyati ham samarali bo’lishi


uchun dastavval, uning puxta va aniq rejasi yoki dasturini tuzish lozim. Ularning
mazmuni qo’yilgan maqsad va uni bajarish uchun belgilangan aniq vazifalardan
kelib chiqadi. Tannarx auditining maqsadi xususan quyidagilardan iborat:
buxgalteriya hisobida tannarx bilan bevosita bog’liq xarjatlarning holatini
ekspertiza yo’li bilan baholash, yillik moliyaviy hisobot ma’lumotlarining
xaqqoniyligini tekshirish.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditini rejalashtirish chog’ida auditorlik
tashkiloti tomonidan qo’llaniladigan me’yorlar №3 «Auditni rejalashtirish» nomli
auditorlik faoliyatining milliy standarti (AFMS) bilan belgilanadi. Yuqorida
ta’kidlanganidek, audit rejasini puxta tuzmasdan sifatli auditorlik tekshiruvi
o’tkazish mumkin emas. Amalda, auditni rejalashtirish jarayoni auditorlik
tashkiloti bilan xo’ alik yurituvchi sub’ekt o’rtasida shartnoma tuzilgunga qadar
boshlanadi. Bu holat ko’p hollarda, agar mijoz bilan shartnoma tuzilmasa, auditni
rejalashtirish bilan bog’liq xarajatlar qaysi manbalar hisobidan mablag’ bilan
ta’minlanishi to’g’risidagi savolni yuzaga keltiradi. Keyinchalik shartnoma
tuzilgan holda auditni dastlabki rejalashtirishga doir ishlar qiymati o’tkaziladigan
auditorlik xizmatining umumiy qiymatiga qo’shiladi, aks holda u auditorlik
tashkilotining mablag’lari hisobidan amalga oshirilishi lozim. Rejalashtirish
auditorlik tekshiruvini boshlangich bosqichi bo’lib, auditorlar reja tuzulgunga
qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari lozim. Ishlab chiqarish
xarajatlari auditini rejalashtirish ham quyidagi bosqichlarga bo’linishi lozim:
a) ishlab chiqarish xarajatlari auditini dastlabki rejalashtirish;
b) ishlab chiqarish xarajatlari auditining umumiy rejasini tayyorlash va
tuzish;
v) ishlab chiqarish xarajatlari auditi dasturini tayyorlash va tuzish.
Ushbu standart har qanday korxonada auditorlik tekshiruvini shuningdek
tannarx auditini o’tkazish ham audit rejasini, ham audit dasturini tuzishni talab
etadi.
Agar auditorlik tashkilotining ko’pchilik mijozlari kichik va o’rta biznes
korxonalariga taaluqli bo’lsa, u holda unchalik katta bo’lmagan tuzatishlar
kiritilganida ko’pchilik korxonalarni tekshirish uchun mos keladigan namunaviy
audit rejasi ishlab chiqish va rejalashtirish chog’ida tannarx auditi dasturini batafsil
tuzishga maxsus e’tibor qaratish zarur. Bunday namunaviy rejalar bir nechta
bo’lib, ular bir-birlaridan turli biznesga ega korxonalar uchun farq kilishlari
mumkin. Masalan, savdo korxonalari, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish
korxonalari va xokazo. Shuningdek auditor qandaydir boshqa tamoyillar bo’yicha
umumiy namunaviy rejalar ham tuzishi mumkin.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditining umumiy rejasi: mijoz faoliyati bilan
tanishish, mahsulot(ish, xizmat) bilan bog’liq dastlabki rejalashtirish,
tekshiriladigan xo’ alik yurituvchi sub’ektning ichki nazorat tizimini baholash,
tanlash hajmi va ahamiyatlilik darajasini aniqlash, mahsulot tannarxini auditi
bo’yicha dasturni tayyorlash, auditni bevosita o’tkazish jarayoni (dasturni
bajarish), bajarilgan ishlar natijalarini tahlil qilish, barcha oraliq va umumiy
hujjatlarni tayyorlash, tekshiruv natijalarini mijozga takdim etish va xokazolarni
o’z ichiga olgan holda audit o’tkazishning barcha bosqichlarini aks ettirishi lozim.
Standartda ko’rsatilishicha, auditor umumiy rejada audit o’tkazish
muddatlari va audit o’tkazish grafigini tuzishni, auditorlik hisoboti (xo’ alik
yurituvchi sub’ekt raxbariyatiga yozma axborot) va auditorlik xulosasi tuzishni
nazarda tutishi lozim. Shundan kelib chiqib, auditor ishlab chiqarish xarajatlari
auditini o’tkazish uchun uning muddati va grafigini tuzib olishi lozim.
Rejalashtirish chog’ida auditor quyidagilarni hisobga olishi zarur:
- kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida)
va haqiqiy mexnat xarajatlari;
- ahamiyatlilik darajasi;
- auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni
va malakasi;
- auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit
o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
- auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni
mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish ;
- auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari
sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
- auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.
Auditorlik tekshiruvini amalga oshirish chog’ida ko’p hollarda mijoz
faoliyatida ishlab chiqarish xarajatlari bo’yicha 100% hujjatlar va jarayonlarni
to’liq tekshirish mumkin bo’lmaydi. Shu boisdan rejada auditorlik tanlash qay
tarzda amalga oshirilishini ko’rsatish zarur.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditi rejasi va dasturining ayrim bo’limlarini
xujalik yurituvchi sub’ekt raxbariyati bilan kelishish ko’zda tutilgan bo’lib, bunda
auditorlik tashkiloti audit uslublari va usullarini tanlashda mustaqil bo’lib
qoladilar. Ko’p hollarda bunday kelishish, mijoz faoliyatining ayrim uchastkalarini
batafsilrok tahlil etish bilan bog’liq masalalarni rejalashtirish bosqichida ko’zda
tutish, auditorning tekshiruv chog’idagi xatti - xarakatlari mijoz korxona
rahbariyati uchun tushunarli bo’lishi, shuningdek auditorning ish jadvaliga
muvofiq talab qilinadigan xujjatlar mijoz tomonidan tezkorlik bilan takdim
kilinishi va tekshiruvning u yoki bu bosqichida zarur bo’ladigan moliyaviy xizmat
xodimlarini ishdan ozod etish uchun maqsadga muvofiqdir.
Standartga muvofik ishlab chiqarish xarajatlari auditining rejasi tuzilganidan
so’ng audit dasturi tuzilib, unda mahsulot tannarxi hisobi to’g’ri olib
borilayotganligi bo’yicha barcha auditorlik amallarining batafsil ro’yxati bayon
qilinishi zarur. Dastur auditorlar uchun batafsil yo’riknoma bo’lib, unda
tekshirilishi lozim bo’lgan buxgalterlik hisobining ishlab chiqarish xarajatlariga
oid bo’limlarini tekshirish, shuningdek ichki nazorat tizimini tahlil qilish bo’yicha
ularning barcha xatti-xarakatlari aks etirilgan bo’lishi lozim. Audit dasturini tuzish
yuzaki bajarilmasligi lozim, chunki u auditorlar ishidagi ta’sirchan nazorat dastagi
bo’lib xizmat qiladi, dasturni har bir bo’limi bo’yicha auditor xulosalari esa
auditorlik hisoboti va auditorlik xotimasini tuzish uchun asos bo’lib xizmat qilishi
lozim.
Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalteriyada ishlab
chiqarish xarajatlarining to’g’ri hisobga olinishini, xarajatlarning to’g’ri aks
ettirilishini, moliya-xujalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini,
hamda ular buxgalteriya xisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z
vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi. Ishlab chiqarish xarajatlari auditini rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:
a) buxgalteriyada ishlab chiqarish xarajatlariga tegishli va davr xarajatlari
xisobining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axborotlarni olish;
b) bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish
vaqtini va hajmini aniqlash.
Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik
dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
- ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazish muddati va ishlarning
davomiyligi;
- bajariladigan ishlar hajmi;
- auditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor rejani yaxshi va sifatli tuzish xamda ishlarning kutilayotgan hajmini
aniq hisobga olish uchun eng avvalo:
- auditorlik tekshiruvi o’tkazish shartnomasi shartlarini o’rganishi;
- o’tkaziladigan auditning eng muhim masalalarini ajratib olishi;
-maxsus e’tibor talab qiladigon shartlarni aniqlash
- tekshiriladigan korxona faoliyatida mahsulot tannarxini hisobga olgan
holda yangi konunlar, nizomlar, yo’riknomalar va boshka aloqador me’yoriy
hujjatlarning auditga ta’sirini o’rganishi;
- tekshiriladigan korxonaning xarajatlar hisobi tizimi va ichki audit
tizimining ishonchlilik darajasini aniqlash;
- ichki auditorlarning ishlarini va ularni auditga jalb qilish mumkinligini
tahlil qilishi;
- ekspertlarni jalb qilish zarurligini aniqlanishi lozim.
Ishchi hujjatlarning tafsiloti tasdiqlangan moliyaviy hisobotdagi
ma’lumotlardan farq qilmasligi o’ta muhimdir. Auditorlik xulosalari yaqqol va ikki
xil ma’no bildirmaydigan bo’lishi lozim.
Auditorlik tashkilotlarining ish faoliyatini umumiy rejalashtirish ikki
bosqichga bo’linadi. Birinchi bosqichda tekshiriladigan korxona o’rganilib, bayon
qilinadi va o’tkaziladigan tekshiruvning asosiy o’lchamlari aniqlanadi, ikkinchi
bosqichda esa tekshiruv strategiyasi ishlab chiqiladi va barcha oldinda turgan
ishlarning batafsil bayoni tuziladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari auditorlik tekshiruvini rejalashtirish
tekshiriladigan korxona faoliyatini batafsil o’rganishdan boshlanadi. Auditor
korxona faoliyatini o’rganishdan ikkita maqsadni ko’zlaydi: a) audit o’tkazishni
osonlashtirish va sifatini oshirish; b) tekshiriladigan korxona iktisodini
yaxshilashga qaratilgan amaliy maslahat yordami ko’rsatish.
Korxonalarga nisbatan qo’llaniladigan qonunlar nafaqat mulkchilik
shakllariga, balki karorlar qabul qilish jarayonlarining tashkil etilishi va u yoki bu
hujjatlarni imzolash uchun javobgar shaxslarning tarkibiga xam bog’lik
Ishlab chiqarish xarajatlari guruhi iqtisodiy mazmuniga ko’ra mahsulot
(ish,xizmat)lar tannarxining tarkibini tashkil etuvchi quyidagi elementlarga
bo’linadi:
1. Ishlab chiqarish moddiy xarajatlari (qaytariladigan chiqindilar qiymati
chegirilib tashlangan holda);
2. Ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo’lgan mehnat haqi xarajatlari;
3. Ishlab chiqarishga taalluqli ijtimoiy sug’urta ajratmalari;
4. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan asosiy vositalar va nomoddiy
aktivlar eskirishi;
5. Ishlab chiqarish ahamiyatiga ega bo’lgan boshqa xarajatlar

Yüklə 45,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin