Mikroiqtisodiyot


Ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishda axborot



Yüklə 45,1 Kb.
səhifə3/3
tarix27.01.2023
ölçüsü45,1 Kb.
#81193
1   2   3
Sardorbek

3. . Ishlab chiqarish xarajatlari auditini o’tkazishda axborot
texnologiyalarini qo’llash.

Auditorlik faoliyatini kompyuter texnalogiyalari asosida tashkil etish


faqatgina mablag’ va vaqtnigina tejamasdan, qo’lda olinishi qiyin bo’lgan
axborotlarni ham operativ olshiga yordam beradi. Bu axborotlar asosan xo’ alik
yurituvchi sub’ektning butun strategiyasini, moliyaviy-xo’ alik faoliyatini
yaxshilash yo’llarini aniqlashga taalluqlidir. Kompyuterning hisoblash quvvatidan
foydalanish natijasida o’tgan hisobot davri ma’lumotlari asosida hisobot davrida
xo’ alik yurituvchi sub’ekt rahbariyati qanday yo’l tutishi lozim, hamda hisobot
davridan keyingi davrda raxbariyat qanday yo’l tutishi lozimligi xaqida aytib
berish mumkin.
Elektron hisoblash mashinalari hozirigi vaqtda hisob-kitob ishlarini amalga
oshirishda qo’llanishi bilan birga hisob ma’lumotlarini yig’ish, ularni qayta
ishlash, jamlama va tahliliy hisob registrlarini tuziish, hisobot shakllarini to’ldirish,
auditorlik ishchi xujjatlarini yuritish, auditorlik xulosalari va hisobotlarini
to’lg’azish va boshqa bir qancha ishlarni bajarshda keng qo’llanilmoqda.
Amaliyotda komp’yuterlardan keng foydalanish buxgalteriya hisobi va auditni
tashkil qilishning yangi usullarini vujudga keltiradi. Hozirgi davrda audit
vazifalarini axborot texnologiyasi asosida markazlashtirilgan holda tashkil qilish
quyidagilarni ta’minlaydi:

  • foydalanuvchining ish joyida o’rnatilga kompyuterlarni qo’llash, bu

erda vazifalarni echish auditor tomonidan bevosita uning ish joyida bajariladi;

  • auditorlik tashkilotining iqtisodiy vazifalarini integratsiyalangan xolda

ishlab chiqilishini ta’minlovchi maxalliy va ko’p bosqichli hisoblash tarmoqlarini
shakllantirish;

  • hisoblash texnikasida bajariladigan auditorlik hisoblashlar tarkibini

ko’paytirish;

  • auditorlik kompaniyasi uchun korxonaning yagona taqsimlangan

ma’lumotlar bazasini yaratish;

  • qog’ozsiz texnologiyalarga o’tish xujjatlarini yig’ish hamda ro’yxatga

olish operatsiyalar mehnattalabligi darajasini kamaytiradi;

  • audit vazifalarini echshni integratsiyalash;

  • dialogli usulda amalga oshirish yo’li bilan axborot xizmat ko’rsatishni

tashkil etish imkonyati.
Hisob tizimi va hisobotni shakllantirilishini tashkil etilishini nazorat qilishda
auditor turli ko’rsatkichlarni metodik hisoblanish tartiblarini, jumladan, soliq
stavkalarini, koeffitsientlar, qonunchilikni va boshqa me’yoriy xujjarlarni bilishi
talab etiladi. Yana hisobning turli uchastkalarida hisoblanadigan ko’rsatkichlar
tizimini bilishi lozim. Nazorat muolajalarining tipik shakllarini mavjudligi audit
jarayonini avtomatlashtirish imkoniyatini yuzaga keltiradi, bu esa albatta auditorlik
tashkilotlarini ish sifatini samaradorligini oshirishga imkon tug’diradi.
Kompyuterning xotirasida ko’plab me’yoriy-xujjatlarni saqlab qolishi, bir tarafdan
auditor imkoniyatlarini kengaytirsa, boshqa tarafdan auditor qo’lida kuchli dastak
bo’luvchi maslahat-nazort tizimini yaratadi.
Jahon amaliyotida, auditorlik faoliyatini avtomatlashtirishda dasturlar
quyidagi kompanentlardan iborat bo’lishi lozim:

  • audit jarayonida aks etuvchi iqtisodiy-matematik, iqtisodiy-tashkiliy

va axboriy modellardan;

  • modellarni shakllantirishni ta’minlovchi texnik, dasturiy, axborot va

boshqa vositalar.
Yuqoridagi kompanentlardan kelib chiqib kompyuterlashgan tizim ikki
qismdan funktsional va ta’minlovchi qismdan iborat bo’ladi. Funktsional qismida
audit o’tkazish jarayonining axborot va matematik modellarini metodikalari va
yo’llari metodik jamlanmasidan tashkil topadi. Ta’minlovchi qismi audit
funktsiyalarini amalga oshirishda zarur bo’luvchi, dasturiy, axboriy, texnik va
boshqa to’ldiruvchi qismlardan iborat bo’lishi lozim.
Kompyuter tizimining funktsional qismini to’liqroq yoritadigan bo’lsak, u
bir qancha vazifalar kompleksidan tashkil topadi masalan:

  • audit turi (ichki, tashqi);

  • audit funktsiyasi (nazorat-reviziya, baxolash-maslahat, maslahatpragnozlash va xakazolar.

  • audit uchastkasi (hisob tizimi, xujjatlashtirish, nazorat tizimi va x.).

Auditni kompyuterlashgan tizimini tashkil etish uni nima maqsadga erishish
uchun mo’l allanganidan kelib chiqadi. Maqsaddan kelib chiqqan xolda
ma’lumotlar bazasi yaratiladi.
Ma’lumotlar bazasi quyidagicha tashkil etilishi mumkin:

  • standart operatsion tizimlar va qo’shimcha dasturlar taxlil qila

oladigan bir tipdagi xujjatlarni maxalliy fayllarini yig’ish;

  • maxsus kreteriyalarga javob beruvchi birlamchi xujjatlar axborotlar

bazasi sifatida;

  • logik programmalar vositalari yordamida yoki bashqa dasturiy tizimlar

yordamida qayta ishlanuvchi ekspert-auditor bilimlarini qoidaviy shakli, qoidalar
bazasi.
Shuni ta’kidlab o’tish mumkinki xozirgi vaqtda axborot texnalogiyalari
bozorida ko’pgina audit dasturlari ishlab chiqilmoqda va takomillashtirilmoqda,
jumladan “IT Audit”, “AuditNet”, “AuditPro”, “AuditSystem/2™”.
Auditni axborot texnalogiyalari asosida o’tkazish jarayonida auditor
quyidagilarga e’tibor qaratishi lozim, ya’ni operatsiyalar kompyuter tomonidan
to’g’ri bajarilayotganligini, operatsiyalarning yo’qotilmagani, qo’shilmaganligi,
o’zgartirilmaganligi, xatolarni o’z vaqtida tuzatilganligi, bajarilish natijalarini
aniqligi, axborotga begona shaxslarning kirishi cheklanganligiga.
Biziningcha auditini avtomatlashtirilgan tizmilarini va dasturlarini ishlab
chiqishda mavjud audit institutlari faol ishtirok etishi lozim. Ularning asosiy
faoliyati auditni dasturiy ta’minot tizimi bo’yicha kadrlar tayyorlashga qaratilishi
lozim.
Auditorlik faoliyatini takomillashtirishning eng asosiy yo’llaridan biri –
auditni avtomatlashtirishdir. Hamma sohalar kabi avtomotlashtirilgan audit ham
auditor ishi qulay, oson va tezlashtiradi.
Audit bilan shug’ullanuvchi nazariyotchilar va amaliyot xodimlari o’rtasida
hisob ishlarida EHMlarni qo’llayotgan mijozlarni auditorlik tekshiruvidan
o’tkazish texnikasi borasida tortishuvlar mavjud. Baxs asosan EHMlar qo’llangan
hisob tizimini auditorlik tekshiruvlarini tashkil qilish va amalga oshirishda yuzaga
keltirayotgan muammolari va auditorlik tekshiruvi usullari hamda ichki nazorat
tizimiga ta’siri ustida bormoqda .
Bu usulning ustunlik va kamchiliklarini ko’rib chikishga harakat qilamiz.
Bizning fikrimizcha EHMlarni auditorlik tekshiruvida qo’llash auditorga
juda katta foyda keltiradi. Auditor kompyuterlardan foydalangan holda qo’yidagi
afzalliklarga ega bo’ladi:

  • tekshirish uchun ketadigan vaqt keskin kamayadi;

  • qayta ishlanib olingan ma’lumotlarning ishonchliligi ortadi;

  • malumotlarni qayta ishlash natijasida olingan xujjatlarning sifati

yuqori bo’ladi;

  • auditorni ma’lumotlar bilan ishlashi qulaylashadi.

Buning natijasida auditorlik tekshiruvida katnashayotgan mutaxassislarning
e’tiborini yana ham muhimrok bo’lgan ishlarga-moliyaviy hisobotni to’liqroq tahlil
kilish korxonadagi hisob va ichki nazorat tizimi to’g’risida raxbariyatga batafsilroq
malumot berish uchun sharoit yaratiladi. EHMlardan foydalangan holda olinadigan
malumotlar o’zining tezkorligi, to’liqligi va ko’p variantliligi bilan ajralib turgani
uchun auditorga u yoki bu iqtisodiy xodisa to’g’risida aniqroq fikr bildirish va uni
baxolash imkonini beradi. Shuning uchun ham auditor o’z faoliyatida
kompyuterlarning o’rnini to’g’ri belgilay olishi va uni mukammal o’rganishga
harakat qilishi lozim. Bugungi kungacha yaratilgan va O’zbekiston amaliyotida
tadbiq etilgan auditorlik dasturlari orasida eng mukammal va takomillashgan
dastur – “Audit XP audit kompleksi” dir.
Bu dasturni Goldberg-Soft kompaniyasi auditorlik faoliyatini sifatli
avtomatlashtirish uchun ixtiro qildi. Bu programma o’zining qulayligi va ko’p
funktsiyaligi bilan boshqa programmalardan ajralib turadi. Bundan tashqari,
auditni har bir bosqichini o’tkazishda kerakli ma’lumotlarni kiritib, uni qayta
ishlash uchun avtomatlashtirilgan majmuani taqdim etadi, auditni o’tkazish va
rasmiylashtirishning eng original usulini taklif etadi.
Xulosa

Turli xil mulkchilik shakllari qaror toptirilayotgan hozirgi sharoitda


mahsulot tannarxini tahlil qilish va ular asosida umumiy ma’lumotlarni audit
yordamida xo’ alik yurituvchi sub’ektlar faoliyatida mavjud holatni o’z vaqtida
aniqlash hamda kerakli qaror qabul qilish, avvalo, respublikamizda faoliyat
yuritayotgan iqtisodiy sub’ektlar uchun ayniqsa zarurdir. Mahsulot tannarxiga
kiritiladigan xarajatlarni aniqlash, ularni tahlil qilish uslubiyatini rivojlantirish
hamda auditini takomillashtirish masalalari hozirgi kunning dolzarb masalalardan
biridir. Shu maqsadda biz ilmiy ishimizda quyidagi ishlarni olib bordik va
xulosalarga kelishni maksadga muvofiq deb bildik:
1. Rejalashtirish auditorlik tekshiruvini boshlang’ich bosqichi bo’lib,
auditorlar reja tuzilgunga qadar bevosita tekshiruv jarayonini boshlamasliklari
lozim.
Auditor ishlab chiqarish xarajatlari auditini rejalashtirish chog’ida
quyidagilarni hisobga olishi zarurligi o’rganildi:
- kelgusi davrdagi vaqt sarfi hisob-kitobi (takroriy audit o’tkazish xollarida)
va haqiqiy mexnat xarajatlari;
- ahamiyatlilik darajasi;
- auditorlik guruhini tuzish, audit o’tkazishga jalb qilinadigan auditorlar soni
va malakasi;
- auditorlarni, ularning malakaviy darajalari va lavozimlariga muvofiq audit
o’tkaziladigan muayyan uchastkalarga taqsimlash;
- auditorlik guruxining barcha a’zolariga yo’l - yo’riq ko’rsatish, ularni
mijozning moliya-xujalik faoliyati bilan tanishtirish ;
- auditorlik guruxi rahbarining reja bajarilishi va yordamchi auditorlar ishlari
sifati ustidan nazorat o’rnatishi;
- auditorlik amallarini bajarish bilan bog’liq uslubiy masalalarni tushuntirish.


Foydalanilgan adabiyotlar

1 I.A. Karimov Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston sharoitida uni


bartaraf etishning yo’llari va choralari.
2. I.A. Karimov Asosiy vazifamiz – Vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz
farovonligini yanada yuksaltirishdir.
3. Mаshаripov O, Ilxomov SH. Аmаliy аudit. O`quv qo`llаnmа –T. Cho`lpon
4.Internet tarmoqlari.
Yüklə 45,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin