- ashyo turlarini yoqilg’i asbob - uskunalar va texnologiyalarnigina emas, balki hayotiy muhim oziq - ovqat mahsulotlarini, xalq is’temoli mollarini chetdan keltirishga majbur. (I. A. Karimov "O’zbeqiston buyuk kelajak sari" T. "O’zbeqiston" 1998y. 36-b.) bo’lgan bo’lsalar, iqtisodiyotni erkinlashtirish asnosida tadbirkorlar uchun tadbirkorlik faoliyatiga keng yo’l ochildi.
Endi oltita omilni birikish jarayonlarini tushuntiramiz. Shu oltala omilni birikishi tufayli ishlab chiqarish tashkil etiladi. Bunda inson omili va uning kobiliyati asosiy omil xisoblanadi. Ishlab chiqarish jarayonini quyidagi yig’indilarni natijasi deb qaraladi.
Ya’ni,
I/ch=A+V+S+D+E+F.
Bunda: I/ch – ishlab chiqarish,
A – yer,
V – kapital,
S – inson mehnati (ishchi kuchi),
– tadbirkorlik qobilyati,
Ko’rib turganimizdek qachonki yuqoridagi omillarning barchasi birgalikda ishlab chiqarishga jalb qilingandagina, samara va yuqori foydaga erishish mumkin.
Ma’lumki qishilarni extiyojlari ko’p qirrali bo’lib, u cheksizdir bu extiyojni ta’minlab borish, ishlab chiqarish va xizmat ko’rsatish soxalarining rivojlanish darajasiga bog‘liq bo’ladi. Shuning uchun ham ishlab chiqarish o’zini maqsadiga va mazmuniga ega bo’ladi. Ishlab chiqarish tufayli moddiy va ma’naviy ne’matlar ishlab chiqariladi, lekin u cheklangan iqtisodiy resurslar bilan bajariladi. Resurslar cheklanganligi sababli ulardan tejab-tergab foydalanishdan maqsad undan unumli foydalanishga erishishni ta’minlab, kishilarni kundalik va undan keyingi moddiy va ma’naviy extiyojlarni qondirib borish asosiy maqsad xisoblanadi. Ishlab chiqarishni maqsadi va mazmuni ham shundan iborat bo’lmog’i lozim. Ishlab chiqarishni zaminida inson mehnati yotadi. Mehnat tufayli ishlab chiqarish vujudga keltiriladi, mehnat tufayli maxsulotlar ishlab chiqariladi, xizmatlar ko’rsatiladi. Shu sababli iqtisodchilar ta’kidlab o’tganlaridek, mehnat kishilar hayotining asosi xisoblanadi umuman olganda inson mehnati bilan tabiatga ta’sir ko’rsatadi, uni ya’ni tabiat moddalari o’zgarishi uchun mehnat bilan yangi texnika, texnologiyalar yaratadi, bu yo’lda o’zini ilmini, malakasini ham, oshirib boradi.