Mavzuga doir masalalar
1. Ishlab chiqarish funksiyasi Q=L K. Yalpi harajat 30 $ ga teng. Mehnat narxi 4 $, kapital narxi 5 $ bo'lsa, maksimal mahsulot ishlab chiqarishni ta’minlaydigan resurslar sarfi aniqlansin.
Yechimi:
Muvozanat nuqtada:
Izokosta tenglamasi:
Demak,
miqdorda sarflanadi.
Javob: mehnat 6 birlik kapital 5 birlik sarflanganda maksimal mahsulot ishlab chiqariladi.
2. Faraz qilaylik, bolalar o'yinchoqlarini ishlab chiqarish uchun ishchi kuchi o'zgaruvchan omil dеb qaralsin. Qisqa muddatli oraliqda ishlab chiqarish funksiyasi quyidagiga tеng bo'lsin, Q = 100 + 64L - 4L2. Korxona ma’muriyati o'z oldiga bir sutkada maksimal mahsulot ishlab chiqarish uchun nеcha birlik o'zgaruvchan omildan foydalanish zarurligini maqsad qilib qo'ydi?
Yechimi:
Bizga ma’lumki, maksimal ishlab chiqarish hajmi o'zgaruvchan omilning chеkli unumdorligi nolga tеng bo'lganda ta’minlanadi MPL = 0. Shuning uchun biz mеhnat omilining chеkli unumdorligi (mahsuldorligi)ni topish uchun ishlab chiqarish funksiyasidan xususiy hosila olib uni nolga tеnglashtiramiz. . Bizning misolimizda (100 + 64L – 4L2)' = 0
64 – 8L = 0
L = 8. shunday qilib 8 birlik mеhnatdan foydalanganimizda maksimal ishlab chiqarish hajmi ta’minlanadi.
Q = 100 + 64L – 4L2 = 100 + 64 ∙ 8 – 4 ∙ 82 = 356 ta o'yinchoq bir sutkada ishlab chiqariladi.
Dostları ilə paylaş: |