Iqtisodiy renta (absolyut renta) - bu cheklangan resurs uchun to'lanadigan to'lov.
Yer rentasi - cheklangan yer resurslaridan (boshqa tabiiy resurslardan) foydalanganlik uchun to'lov.
Iqtisodiy renta yer rentasiga ko'ra kengroq ma’noga ega, buni yuqorida ko'rgan edik.
Absolyut renta - bu barcha yer egalari tomonidan yerning sifatiga bog'liq bo'lmagan holda oladigan rentadir.
Ish haqi - ishchi kuchidan foydalanganligi uchun to'lanadigan qiymat. Ish haqi stavkasi ham ish haqining bir turi bo'lib, ishchi kuchi mehnatidan foydalangan bir birlik vaqt uchun to'lanadigan ish haqi (bir soatlik, bir kunlik, bir oylik).