Mikrokreditbank



Yüklə 338,34 Kb.
səhifə2/6
tarix07.09.2022
ölçüsü338,34 Kb.
#63453
1   2   3   4   5   6
amaliyot hisoboti — копия

Yuqori tashkilotlar nomi

  • O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi

  • O'zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi (www.mf.uz)

  • O'zbekiston Respublikasi Markaziy banki (www.cbu.uz)

Kichik biznes, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, yakka tartibdagi mehnat faoliyatini, kam taʼminlanganlarni qoʼllab-quvvatlash, hunarmandchilik va kasanachilikni faollashtirish yoʼli bilan yangi ish oʼrinlarini yaratish, ayniqsa qishloq joylarda aholi keng tabaqalarining mikromoliyaviy xizmatlardan bahramand boʼlishini taʼminlash uchun moliyaviy mablagʼlar berish.
Bank strategiyasi

  • Moddiy infratuzilmani rivojlantirish;

  • Strategik hamkorlikni rivojlantirish;

  • IT ni qoʼllashni takomillashtirish;

  • Rivojlangan mamlakatlar bank tizimi va mahsulotlarini oʼrganish hamda joriy qilish.

Bankning “Sifat boshqaruv tizimi”dagi asosiy maqsad va ustuvor yoʼnalishlari quyidagilardir:

  • Yangi bank xizmatlarini joriy qilish;

  • Bank infratuzilmasini takomillashtirish;

  • Xizmat koʼrsatish punktlarini koʼpaytirish;

  • Bank faoliyatini avtomatlashtirish;

  • Oʼzbekiston Respublikasida iqtisodiyotni qoʼllab quvvatlash;

  • Xodimlar malakasini oshirish.

"Mikrokreditbank" АTB Boshqaruvi quyidagilarni oʼz zimmasiga oladi:

  • Bankning barcha xodimlari tomonidan ISO 9001:2015 sifat boshqaruvi xalqaro standarti talablarini bajarish, qonunchilik talablari hamda isteʼmolchi tomonidan qoʼyilgan talablarni bajarilishini taʼminlash, qoʼyilgan vazifalarni bajarishda kerak boʼladigan barcha resurslar bilan taʼminlash;

  • Har bir ishchi-xodim va rahbariyatda sifat uchun javobgarlik prinsipini roʼyobga chiqarish, shaxsning oldiga qoʼyilgan maqsad va vazifalarni amalga oshirishda oʼz hissasini qoʼshishga chorlash;

  • Xalqaro standartlarga mos ravishda koʼrsatiladigan xizmatlarning sifatini oshira olish qobiliyatiga ega boʼlgan jamoa tuzish;

  • Oʼtkazilgan tadbirlar natijasiga koʼra bir yilda bir bor ushbu sifat yoʼnalishidagi tizimni tahlil qilish, siyosatni qayta koʼrib chiqish, shuningdek, sifat tizimni yaxshilashda tegishli vazifalarni doimo bajarish.


Yüklə 338,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin