Mikroskop va lupa qurilmalarining ichki tuzilishi va ishlash pri
2.Mikroskopni ishlatish texnikasi.Mikroskop juda xam nozik optic asbobdir.Uning tuzilishi va qismlarining joylashishi xamda funksiyalarini bilmasdan ishga kirishish tavsiya etilmaydi.Shunga binoan mikroskop bilan ishni boshlash uchun uning tuzilishini puxta o`zlashtirish kerak.
Mikroskopni ish joyiga ko`tarib borishda uni o`ng qo`l bilan shtativini tutqichidan ushlab ko`tarib chap qo`l oyoq ostiga qo`yiladi.Shu usulda bir joydan ikkinchi joyga ko`chiriladi.Agarda mikroskop uzoq vaqt ishlatilmagan bo`lsa uning barcha qismlari yumshoq gazlama bilan tozalanadi.Tozalash uchun dag`al gazlama ishlatilsa uning optic va yorituvchi qismlarida linzalar yuzasida tirnalgan chiziqlar paydo bo`ladi.Bu esa mikroskopni qisqa vaqt ichida ishga yaroqsz qilib qo`yadi.
Mikroskop bilan ish boshlovchi talaba quyidagi qoidalarga rioya qilish kerak:
1.Mikroskopni ish stoli ustiga shtativini o`zingiz tomonga qaratib quyib uni chang va kirdan tozalab chap yelka tomonga yaqin o`rnatiladi,chunki ishlovchi okulyarga har doim chap ko`z bilan qarashi kerak bo`ladi.
2.Ko`zgu buyum stolchasi tagidagi maxsus joyga o`rnatiladi,kondensor buyum stolshasi tagiga yaqin ko`tariladi,diafragma teshikchasi kattalashtiriladi,revolverni aylantirib 8 raqamli obektiv buyum stolchasi ustiga perpindikulyar qilib o`tkaziladi.Obektivni o`z joyiga tushganligiga ishonch hosil qilish uchun:”tiq”etgan nozik tovush eshitilishi kerak.
3.Mikroskopni yon tomonidan qarab makrometrik vintni aylantirib obektiv buyum stolchasiga taxminan 0,7-0,8 sm masofa qolgancha tushuriladi.
4.Okulyarga chap ko`z bilan qarab ko`zguning botiq yuzali tomonini yorug`lik tushadigan manbaga qaratib harakatlantirib mikroskopda sutdek oq ko`rish maydoni hosil qilinadi.
5.Mikroskopdayorug`lik maydoni hosil qilinganidan so`ng buyum stolchasini ustiga ko`riladigan buyumli mikropreparat qo`yiladi.Preparatni buyum stolchasi ustiga qo`yishda o`rganiladigan buyum stolchaning o`rtasidagi teshikni markazida bo`lishiga harakat qilish lozim aks holdau ko`rish maydonchasidan chetda qolib ketishi mumkin.Buyumli preparat klemmalar bilan qistiriladi.
6.Mikroskopni okulyariga qarab makrometrik vint yordamida tubusni ehtiyotlik bilan pastga yoki yuqoriga harakatlantirib buyumni aniq ko`rinishini toppish kerak.Kuzatilayotgan buyumning shakli,tuzilishi va ichki qismlari aniq ko`rinse,uning rasmini chizib olish lozim bo`ladi.Buning uchun albatta amaliyot mashgulotlaro uchun tutilgan daftarga ko`rilgan hayvonning shakli,tashqi va ichki tuzilishi chizib boriladi,Okulyarga chap qo`l bilan makrometrik vintni qisman ohista aylantirib,o`ng qo`l bilan yozuvva chizish ishlari olib boriladi.
Agar buyumni kattaobektivda ko`rish kerak bo`lsa qo`yidagi talablarni bajarish lozim. 1.Buyumni yoki uning biror-bir qismini kattalashtirilgan holatda ko`rish uchun okulyarga qarab buyum stolchasi yonlaridagi vintlaradn foydalanib,ko`rish maydonining markaziga olib kelinadi hamda yana bir bor buyumni aniq ko`rinishi o`rnatiladi.
2.remolverni aylantirib 40 raqamli obektiv buyum ustiga tik qilib o`tkaziladi.Obyektivni joyiga tushganligini bilish uchun yuqorida eslatilgan tovush eshitilishi kerak.
3.Katta obektivo`rnatilgandan keyin makrometrik vint ilan umuman ishlanmaydi,aks holda buyumustidagi qoplag`ich oynachani ezib qo`yishi va buyumga xam shikast yetkazishi mumkin.Bundan tashqari obektivning linzasi xam shikastlanishi mumkin.Ushbu ko`ngilsiz hollarning sababi shundaki,buyum biln obektiv orasidagi focus juda xam kichik bo`ladi.Shu sababga ko`ra katta obektivlarda faqat mikrometrik vintdan foydalanish tavsiya etiladi.
4.Mikroskop bilan ish tugatilgach uning stolchasi ustidagi preparat olinadi:revolver aylantirilib katta obektiv tik xolatdan dastlabki joyiga o`tkazildi:agarda ish jarayonida mkroskopga biron-bir yot tanacha yopishib qolgan bo`lsayoki buyum stolchasining usti nam yoki kir bo`lsa,ulardan tozalanadi:ko`zgu joyidan olib qo`yiladi va talab etilgan qoidaga rioya qilinib mikroskop saqlanadigan joyiga olib borib qo`yiladi ham usti biron material bilan yopiladi yoki qutisi bo`lsa unga solib qo`yiladi.