Mikrotexnika



Yüklə 26,81 Kb.
səhifə1/2
tarix28.11.2023
ölçüsü26,81 Kb.
#168065
  1   2
MIKROTEXNIKA


MIKROTEXNIKA
Gistologik preparatlarni tayyorlash jarayoniga mikrotexnika deb ataladi va bu jarayon bir necha bosqichda olib boriladi.

  1. Material olish. Preparat tayyorlash uchun material (to‘qima yoki a'zo) hayvondan, kasaldan, o‘lgan odamdan olinadi. Embriologiyada hatto homilaning o‘zidan to‘liq preparat ham tayyorlanadi. O‘likdan material olish autopsiya, tirik organizmdan material olishga biopsiya deb ataladi. Biopsiya materiali zudlik bilan bemorga tashhis qo‘yishda qo‘llaniladi.

  2. Qotirish (fiksatsiya). Bu jarayon olingan materialning dastlabki (tiriklik) holatini saqlash uchun ishlatiladi. Fiksatsiya vaqtida oqsillar denaturatsiyaga uchrab, to’qima, xujayralar ularni qismlarini dastlabki tuzilish holati saqlanib qoladi. Agar material zudlik bilan qotirilmasa oqsillar chirishi bilan tuzilmaning holati o‘zgaradi va tashhisda xatolikka yo‘l qo‘yiladi. Fiksatsiya qiluvchi suyuqliklar fiksatorlar deb ataladi. Fiksatorlarning turlari ko‘p va ulardan qay birini ishlatish maqsadga bog‘liq bo‘ladi.

Ob'ektlar ba’zi fiksatorlarda uzoq saqlanadi, ba’zilarida esa qisqa muddat saqlanadi. Formalin va spirt klassik fiksatorlar bo‘lib hisoblanadi. Bazida maxsus fiksatorlar ham ishlatiladi. Masalan: gisto- sitoximyaviy reaksiyalarda. Kup fiksatorlar bir necha eritmalarning aralashmasidan tayyorlanadi. Elektronmikroskopiya uchun alohida fiksatorlar ishlatiladi. E'tibor berish kerakki bazida tuliq fiksatsiya qilinadi va qotiriladi. Bu holda maxsus moslamadan foydalaniladi. Fiksatorlar asosan material olishdan oldin tayyorlanadi.

  1. Yuvish. Fiksatsiya vaqtida material tarkibida fiksator o‘tirib qoladi va ayrim fiksatorlar keyingi jarayonlar uchun xalaqit beradi. Shuning uchun yuvish orqali to‘qima tarkibidan chiqarib tashlanadi. Bu oqib turgan vodoprovod suvida 24 soat davomida amalga oshiriladi.

  2. Zichlashtirish. Yuvilgan vaqtda material tarkibiga suv o‘tadi. Suvni yo‘qotish uchun suvsizlantirish usulidan foydalaniladi. Buning uchun material konsentratsiyasi ortib boruvchi spirt eritmalardan o‘tkaziladi.

  3. Quyish. Suvsizlangan materialni zichlashtirish-qotirish keyingi bosqich ya'ni kesish uchun kerak bo‘ladi. Buning uchun material tarkibiga astalik bilan organik eritma (benzol, atseton yoki xloroform kiritiladi), ko’pincha xloroform ishlatiladi. Keyin xloroform o‘rnini parafin bilan almashtiriladi. Buning uchun 36*li termostatdan foydalaniladi. To‘qima ichiga kirgan parafin past gradusda material bilan qotib, qotirilgan material oson kesiladi.

  4. Kesish. Kesish vaqtida materialdan yupqa, 5-10 mkm qalinlikdagi kesmalar olinadi. Kesmalar maxsus mikrotomlarda kesiladi. Hozirda mikrotomlarning turi ko’p: a)chanali mikrotom, b)ko‘p kesmalar oladigan mikrotom s)muzlatib kesadigan mikrotom, d)elektronmikroskoplar uchun kesmalar tayyorlanadigan ultramikrotom. Ultramikrotomlarda tayyorlanadigan kesmalar qalinligi 2-7 nm atrofida bo‘ladi. Yorug‘lik mikroskopida ko‘rish uchun tayyorlanadigan kesmalar buyum oynasiga o‘tkazib qo‘yiladi.

  5. Bo’yash. Mikroskopda ko‘rish uchun kesmalar bo‘yaladi. Xujayra va to‘qimalar tarkibi bir xil bo‘lmagani uchun buyoqlarni bir necha turi bir vaqtda ishlatiladi. Eng ko‘p ishlatiladigan gemotoksilin - yadroni buyaydi, eozin esa - sitoplazmani bo’yaydi. Buyoqlar har xil bo‘ladi; ishqoriy (gemotoksilin), nordon (eozin). Ko‘p bo’yoqlar maxsuslikka ega. Sudan yog‘larni, tironin - RNK ni, azot, qo‘rg‘oshin eritmalari - nerv to‘qimasini bo’yaydi. Bulardan tashqari bir necha bo‘yoqlar aralashmasi maxsus moddalarni bo‘yash uchun ishlatiladi. Gistologiyada olimlar nomi bilan ataladigan usullar ham mavjud. Masalan: Shabadash usuli bilan - glikogen, Nessle usuli bilan - neyronlar bo‘yab ko‘riladi. Bo‘yash muddati turli usullarda turlicha bo‘ladi.

  6. Suvsizlantirish. Ko‘p bo‘yoqlar suvda eritilgan bo‘ladi. Shuning uchun kesmalar bo‘yalgan vaqtda uning tarkibiga suv o‘tadi. Suvsizlantirish 90-1000 spirtda 2-5 minut oralig‘ida olib boriladi.

  7. Tiniqlashtirish. Bo‘yash jarayonida kesmalarda ayrim qoldiqlar qolishi, kesmalar ifloslanishi mumkin. Kesmalar 2-3 minut (ba’zan 5-6 minutgacha) ksilol yoki toluolda saqlansa u tiniqlashadi va ko‘rish oson bo‘ladi.

  8. Yakunlash. Buning uchun kesmaga bir tomchi ksilolda eritilgan balzam tomiziladi va uning ustidan yopqich oyna bilan berkitiladi. Shu bilan preparat ko‘rish uchun tayyor bo‘ladi. Tayyorlangan gistologik preparat qorong‘i joyda, maxsus karobkalarda saqlanadi. yerug‘likda rang o‘cha boshlaydi.

Albatta yuqorida keltirilgan mikrotexnika bosqichlarini ayrim hollarda maqsad va sharoitga ko‘ra o‘zgartirish mumkin. Mikrotexnika bosqichlari amaliy darsliklarda to‘liq keltirilgan.


Yüklə 26,81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin