Milliy boylik mohiyati,tarkibi va ko'paytirish yo'llari



Yüklə 5,78 Mb.
səhifə2/6
tarix28.11.2023
ölçüsü5,78 Mb.
#168044
1   2   3   4   5   6
Mavzu “milliy boylik mohiyati,tarkibi va ko\'paytirish yo\'llari”

1.1.Milliy boylik tushunchasi.
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin:

  1. Moddiy-buyumlashgan boylik.

  2. Nomoddiy boylik.

  3. Tabiiy boylik.

Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli mеhnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy istе’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga kеladi va o‘sib boradi.
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, istе’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi. Dеmak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi.
Milliy boylikning inson mеhnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib, tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi:

  • ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar);

  • aylanma kapital (fondlar);

  • tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi;

  • moddiy zahiralar va ehtiyojlar;

Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo‘lib ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo‘lib, uning vujudga kеlishi tabiat qonunlari asosida ro‘y bеrsada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog‘liq bo‘ladi. Foydali qazilma boyliklar, o‘rmonlar, suv va yer rеsurslari tabiatan mavjud bo‘lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi.
Milliy boylik tushunchasi . Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg‘arilgan
moddiy , nomoddiy va intellektual hamda tabiiy boyliklardan iboratdir . Milliy boylikning bir qismini inson mehnatining natijasi hisoblasak , boshqa qismi tabiat boyliklaridan iborat bo‘ladi . Shunday ekan milliy boylik keng ma’noda o‘z ichiga nafaqat moddiy va nomoddiy ne’matlar , yaratilgan san’at asarlari , intellektual salohiyatni balki barcha tabiat resurslari va boyliklari hamda takror ishlab chiqarishning tabiiy iqlim sharoitlarini ham oladi .
Tor ma’noda milliy boylik insoniyat mehnati bilan yaratilgan va takror ishlab chiqarilishi mumkin bo‘lgan barcha moddiy boyliklardan iborat bo‘ladi . Milliy boylikning bu qismi milliy iqtisodiyot rivojining butun tarixi davomida doimiy takrorlanib turuvchi ishlab chiqarish jarayonining umumiy natijasi sifatida chiqadi va moddiy buyumlashgan shaklda namoyon bo‘ladi . U kishilarning ko‘plab avlodi mehnati natijasi hisoblanadi .
Aytilganlardan kelib chiqib , milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish mumkin :

  1. Moddiy buyumlashgan boylik .

  2. Nomoddiy boylik .

  3. Tabiiy boylik .

Moddiy buyumlashgan boylik oxiri oqibatda ishlab chiqarishning , unumli mehnatining natijasi hisoblanadi . U ishlab chiqarishda yaratilgan mahsulotlarning joriy iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg‘arish oqibatida vujudga keladi va o‘sib boradi . Ammo moddiy buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar yig‘indisi sifatida tasavvur qilish noto‘g‘ri bo‘lur edi . Chunki bu boylikning bir qismi har yili ishdan chiqib , qaytadan yangilanib turadi ( ishlab chiqarish vositalari , iste’mol buyumlari ). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o‘rnini qoplash bilan bir vaqtda yalpi mahsulotning faqat bir qismi
moddiy buyumlashgan boylik sifatida jamg‘arilib boriladi . Demak , qoplash fondi va moddiy buyumlashgan boylikning o‘sishi yalpi milliy mahsulot hisobiga amalga oshiriladi .
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga ega bo‘lib , tarkibiy tuzilishi bo‘yicha qo‘yidagilarni o‘z ichiga oladi
- ishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) . Bular butun milliy boylikning tarkibida ancha katta salmoqqa ega bo‘ladi , hamda o‘zining texnikaviy darajasi bo‘yicha yalpi milliy mahsulotning o‘sish imkoniyatini belgilab beradi :
- noishlab chiqarish xarakteridagi asosiy kapital ( fondlar ) .
Asosiy kapitalning bu turiga mamlakatning uy - joy fondi , ijtimoiy madaniy xarakterdagi ob’ektlar kiradi . - aylanma kapital ( fondlar ) . Milliy boylikning bu qismi mehnat predmetlaridan iborat bo‘lib , asosiy kapitalning taxminan 1/4 qismini tashkil qiladi4. Tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy - buyumlashgan qismi . Ular ishlab chiqarish bosqichida mehnat jarayoni ta’siri ostida bo‘lib , potentsial tayyor mahsulot hisoblanadi . - moddiy zahiralar va ehtiyotlar . Bunga muomala bosqichdagi tayyor mahsulot , korxonalar va savdo tarmoqlaridagi moddiy zahiralar , davlat ehtiyotlari va rezerv fondlari kiradi.
Moddiy zahiralar iqtisodiyotda ro‘y berishi mumkin bo‘lgan va oldindan bilib bo‘lmaydigan favqulotda holatlarda foydalanish maqsadida ushlab turiladi . Davlat ehtiyojlariga oltin zahiralari , sug‘urta va mudofaa ehtiyojlari uchun zarur zahiralar kiradi. Aholining uy , tomorqa va yordamchi xo‘jaligida jamg‘arilgan mol - mulk . Bunga uy - joy , avtomobil , madaniy - maishiy buyumlar , kiyim - kechaklar va shu kabilarning qiymati kiradi .
Moddiy buyumlashgan boylik tarkibiy qismlarining mazmuni va ularning salmog‘i o‘zgarishsiz qolmaydi . Asosan fan - texnika taraqqi ti sharoitida moddiy
. buyumlashgan boylik tarkibida yirik o‘zgarishlar ro‘y beradi . Sanoat tarmoqlarining asosiy kapitali tez ko‘payadi va yangilanadi , noishlab chiqarish sohasining asosiy kapitali tarkibida ilmiy, o‘quv, sog‘liqni saqlash muassasalarining ulushi tobora ko‘proq hissasini egallaydi . Tabiiy resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb qilish suratlari o‘sib boradi . Moddiy buyumlashgan boylik o‘sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin:

  • mehnat unumdorligining o‘sishi ;

  • ishlab chiqarish samaradorligining ortishi ; milliy daromadda jamg‘arish normasining ortishi .

Buning ma’nosi shuki , bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko‘payishi ro‘y beradi . Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart - sharoiti , uning moddiy texnikaviy asosi hisoblanadi .














Yüklə 5,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin