Milliy daromad va milliy hisoblar tizimidagi boshqa daromad ko’rsatkichlari dj Xinsning daromad haqidagi ta’limoti



Yüklə 22,93 Kb.
səhifə6/7
tarix25.04.2023
ölçüsü22,93 Kb.
#102530
1   2   3   4   5   6   7
17-mavzu

Joriy transfertlar qatoriga quyidagilar kiradi: daromad va mulk uchun joriy soliqlar; sotsial sug’urta ajratmalari; sotsial to’lovlar; sug’urta mukofotlari va qoplamalari; turli qayta taqsimlash to’lovlari(jarimalar, nafaqalar, insonparvarlik yordamlari, a’zolik badallari, xayr-ehson va x.k.).
Iqtisodiyot sektorlarining olgan va bergan joriy transfertlar miqdorlari har doim ham bir-biriga teng bo’lavermaydi. Chunki, joriy transfertlar operatsiyalarining bir qismi mamlakat ichki sektorlari (rezident) va norezident birliklar o’rtasida sodir bo’ladi. Joriy transfertlar olingani va berilgani o’rtasidagi farqni birlamchi daromadlar saldosiga qo’shib ixtiyordagi daromad ko’rsatkichiga ega bo’lamiz.
3. Milliy daromadni taqsimlash, qayta taqsimlash va oxirgi foydalanish statistikasi.
Milliy daromad mamlakat rezident birliklarining hisobot davrida yaratgan daromadlarining yig’indisidan iborat. Bu ko’rsatkich mamlakat miqyosida hisoblanganligi uchun uni odatda agregat ko’rsatkich deb yuritiladi.
MHTda daromadni hisoblash usuli sifatida J.Xiksning daromadni hisoblash kontseptsiyasi qabul qilingan. Unga ko’ra, daromadni sof usulda hisoblash tavsiya etiladi. Bunga ko’ra, daromad tarkibiga asosiy kapitalning iste’moli kiritilmaydi. Sof usulda hisoblangan milliy daromad sof milliy daromad (SMD), yalpi usulda hisoblangan milliy daromad yalpi milliy daromad (YMD) deb ataladi.
Rezident birliklarning chet eldan olgan va norezidentlarga bergan birlamchi daromadlarining farqi mamlakatning chet eldan olgan sof daromadi (birlamchi daromadlar saldosi(CHEBDS)), deb ataladi. Bu ko’rsatkich musbat yoki manfiy miqdor bo’lishi mumkin.
Milliy daromad agregati mamlakatdagi barcha rezident birliklarning olgan birlamchi daromadlarining yig’indisidan iborat bo’lib, bu agregat yalpi va sof usullarda, ya’ni asosiy kapitalning iste’moli ko’rsatkichi qo’shilgan yoki qo’shilmagan holda hisoblash mumkin. Yalpi ichki mahsulot(YAIM) va YAMD ko’rsatkichlari bir-biridan rezident birliklarning tashqi dunyodan olgan va bergan birlamchi daromadlarining saldosiga farq qiladi. Bu holatni bunday ifodalash mumkin:

Yüklə 22,93 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin