Milliy g‘oya darslarida axborot va innovatsion texnologiyalar reja



Yüklə 69,16 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/3
tarix13.12.2023
ölçüsü69,16 Kb.
#174359
  1   2   3
Milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalar



MILLIY G‘OYA DARSLARIDA AXBOROT VA INNOVATSION TEXNOLOGIYALAR
REJA:
1. Milliy g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalar tushunchasi 
2. Milliy g‘oya targ‘ibotini amalga oshirishning institutsional asoslari 
3. Milliy g‘oya targ‘iboti samaradorligini oshirishda davlat xizmatlari agenligini rivojlantirish 
istiqbollari 


Barchamizga ma’lumki, O‘zbekistonda ta’limning ijtimoiylashuviga alohidae’tibor berilib, 
o‘qitilayotgan fanlarning mazmunini zamon talablarigamoslashtirilishi bo‘yicha islohotlar amalga 
oshirilmoqda. Xususan, talaba yoshlarni Vatan va millat manfaatlari yo‘lidafidoiylik ko‘rsata 
oladigan, mustaqilligimizning mohiyatini va qadrinianglaydigan, uni har qanday xavf-xatardan 
asrashni o‘zining muqaddas burchideb biladigan, muayyan mutaxassislikni, kasb-hunarni chuqur 
egallagan,mustaqil, erkin fikrlaydigan, ma’naviy va jismonan barkamol insonnitarbiyalash uchun 
oliy ta’lim tizimida gumanitar va ijtimoiy fanlarningdasturlarini zamon talablari asosida qayta 
ko‘rib chiqishni taqozo qilmoqda.
Shu ma’noda “Milliy g‘oya: O‘zbekistonni rivojlantirish strategiyasi” fani oldiga ham fanni 
o‘qitishni zamon talablari asosida tashkil etish, talaba yoshlarni fikrni-fikrdan, g‘oyani-g‘oyadan, 
ma’rifatni-jaholatdan farqini ko‘rishga, ezgu fikr, g‘oya va amallar bilan birga yovuz, tajovuzkor 
fikr, g‘oyalar borligidan ham ogoh etadigan beqiyos kuch - milliy g‘oya ruhida tarbiyalash, milliy 
g‘oya targ‘ibotida innovatsion texnologiyalardan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish kabi 
vazifalar qo‘yilmoqda. CHunki, mafkuraviy xurujlar davom etayotgan hozirgi sharoitda, uning 
zamonaviy texnologiyalarini takomillashtirish milliy g‘oyaning targ‘iboti va uning samaradorligini 
oshirishning muhim omilidir. 
Bugun mafkuraviy tahdidlarning turli xil usul va vositalari ishlab chiqilmoqda. Oddiy gugurt 
qutisidan tortib kiyim-kechaklar, oziq-ovqat mahsulotlari, kinofilmlarning har birida muayyan 
tarzda katta yoki kichik bo‘lsada mafkuraviy tahdid mavjud. 
Ba’zi rivojlangan G‘arb mamlakatlarida ta’lim sohasiga nisbatan reklamaga 1,5 marta ko‘p mablag‘
ajratilmoqda. Natijada targ‘ibotchilar, birinchi navbatda, o‘zlarini halokatga olib borish bilan birga, 
qolganlarni ham ortidan ergashtirishga harakat qilmoqdalar. 
Hozirgi vaqtda mafkuraviy xurujlarning nihoyatda keng qamrovli tus olganligi jamiyatning siyosiy, 
ijtimoiy, madaniy, mafkuraviy, ta’lim-tarbiyaviy, iqtisodiy sohalarini mafkuraviy immunitet 
g‘oyasining mantiqiy rivoji sifatida shakllantirishni taqazo etmoqda. 
Sovet Ittifoqi barbod bo‘lgandan keyin AQSH dunyodagi eng qudratli davlat sifatida iqtisodiy, 
siyosiy hamda madaniy sohada globallashuv jarayonining harakatlantiruvchi kuchi va o‘ziga xos 
sinov laborotoriyasiga aylanib qoldi. Parijdagi Siyosiy tadqiqotlar institutining professori 
A.Valladao Fransiyada chop etiladigan “Ijtimoiy fanlar” jurnalida ta’kidlashicha, turli xalq va 
millatlar sintezi negizida shakllangan amerika jamiyatining madaniy qadriyatlari o‘zga mamlakatlar
qabul qilishi uchun oson kechadi. Qolaversa, ushbu davlat madaniy mahsulot ishlab chiqarish 
industriyasining (kino, videofilmlar, shou biznes va v.h.) bozor sharoitiga moslashuvchanligi uning 
deyarli butun dunyoda sherik va hamkorini topishga imkon yaratadi. Hozirda turli mamlakatlarda 
namoyish etilayotgan kino hamda videofilmlarning to‘rtdan uch qismi Amerika mahsuloti ekani 
ham shundan dalolat beradi. 
Ma’lumki, ayrim rivojlangan mamlakatlar sanoat mahsulotlari, axborot va mafkuraviy ta’sir 
ko‘rsatish vositalari orqali keng ko‘lamdagi geosiyosat yuritish bilangina cheklanmay, o‘z xalqining
tabiati, madaniyati, mafkurasiga xos jihatlarni muntazam ravishda dunyo xalqlari turmush tarziga, 
onguu shuuriga singdirishga intilmoqda. Bu hol ayniqsa, endigina mustaqillikka erishgan 
mamlakatlar xalqining milliy o‘zligi, madaniyatining vorisiylik an’analariga hamda mentalitetiga 
putur etkazishi turgan gap. 
Markaziy Osiyo dunyo miqyosida etarli imkoniyatlarga ega mintaqa hisoblanadi. Mintaqamiz 
umumiy maydoni jihatdan dunyoda 9-o‘rinda turadi. YAqin kelajakda aholining 60 mln.dan oshishi
taxmin qilinmoqda. Mehnatga yaroqli aholi 22 mln.ni tashkil qiladi. Ularning asosisy qismi 
yoshlardan iborat. 
Markaziy osiyo dunyodagi energiya zahiralari bilan ta’minlangan, boy mintaqa. 
Ko‘mir qazib chiqarish bo‘yicha mintaqamiz dunyoda 10, elektr energiya ishlab chiqarish bo‘yicha 
19, 30dan ortiq turli metllarni ishlab chiqarish bo‘yicha 1-20 o‘rinlarni egallaydi. 
Mintaqa geosiyosiy jihatdan “qalqon” zona bo‘lib, bir qancha etakchi davlatlarning manfaatlari bu 
hududda to‘hnashadi. Mintaqaning siyosiy beqarorlik hukm surayotgan Afg‘oniston bilan, dunyoda 


tobora etakchilikka intilayotgan Rossiya va Xitoy bilan chegaradoshligi. 
Ijtimoiy-siyosiy barqarorlik O‘zbekistonning ustuvor qadriyatlari tizimida muhim o‘rin tutadi. 
Hozirgi kunda mamlakatimizda turli xil ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ekologik, ilmiy va 
diniy yo‘nalishdagi nodavlat-notijorat tashkilotlari, harakatlar ro‘yxatga olinib, ularning erkin 
faoliyati uchun barcha imkoniyatlar mavjud. Ular o‘zlarining xilma –xil yo‘nalishdagi faoliyati 
bilan tinchlik va barqarorlik muhitini saqlash, umumbashariy ahamiyatga molik vazifalarni hal 
etishda faol ishtirok etmoqda. 
Qolaversa, bugungi davr xalqaro maydonda mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar 
kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni zamon 
talablari asosida tashkil etish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, 
yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan 
voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf
tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil kurash olib borish vazifasi ushbu sohadagi 
ishlarni yanada kuchaytirish mas’uliyatini yuklash bilan birga barchani birdek ogohlikka va hushyor
bo‘lishga chorlaydi. 
Demak, yuqoridagilardan kelib chiqib aytish mumkinki, bugun milliy g‘oya targ‘ibotini yanada 
kuchaytirish, milliy g‘oya targ‘ibotining innovatsion texnologiyalaridan samarali foydalanishga har 
qachongidan ham kuchliroq ehtiyoj sezilmoqda. 
Xo‘sh! Bugun har bir soha vakilining tilidan tushmay kelayotgan, islohotlarimizni, jamiyatimiz 
taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarishga qaratilgan “innovatsion yondashuv”, “innovatsion 
texnologiya”, umuman olganda “innovatsiya” deganda nimani tushunish lozim? 
Bugungi kunda eskicha Feodalizm → Kapitalizm → Sotsializm kabi formatsion yoki birinchi 
dunyo, ikkinchi dunyo, uchinchi dunyo deb ataluvchi stratifikatsion yondashuvlar bilan bir qatorda 
D.Bell, O.Toffler nomlari bilan ataladigan jamiyat taraqqiyotining 
agrar, industrial va 
postindustrial (axborotlashgan)
jamiyatlar, deb e’tirof etilayotgan sivilizatsion taraqqiyot nazariyasi
ham keng tarqaldi. 
Qishloq xo‘jaligi ustuvor bo‘lgan agrar jamiyatdan yoki sanoat, ishlab chiqarish asosiy daromad 
manbai bo‘lgan industrial jamiyatdan farqli o‘laroq 
postindustrial jamiyatda
– yalpi ichki 
maxsulotning katta qismi xizmat ko‘rsatish va axborot sohasidan olinadi, ya’ni 
postindustrial davr 
iqtisodi – bu qo‘shimcha qiymatning asosiy qismi konlarda bolg‘alar bilan emas, balki miya orqali 
topilishi demakdir
. YA’ni, agrar va industrial davrda iste’molchiga 
arzon mahsulot
taklif qilgan 
ustunlik qilsa, postindustrial iqtisodda
NOYOB, NODIR mahsulot
taklif qilgan yutadi. 
Hozirgi zamonda ishlab chiqarishning geografik joyi ahamiyatga ega bo‘lmay qoldi, ahamiyatlisi 
kim ishlab chiqarishni to‘liq nazorat qilishi, uni bugungi iste’molchining didiga doimo moslashtirib 
borishidadir. Kim buni uddalay olsa, o‘sha barcha foydaga ega chiqadi. Masalan, “iPhonening 
rasmiy saytida yozilishicha, xitoylik ishlab chiqaruvchilar gadjet uskunalarni yig‘ish bo‘yicha eng 
yaxshi potensialga ega bo‘lsa ham ularning ishlab chiqarishga qo‘shgan xissalari atigi 1%ni tashkil 
qilar ekan, ya’ni bu maxsulotdan ular bor yo‘g‘i 1% ulush oladi deganidir. Daromadning katta qismi
esa AQSHning Kaliforniya shtatidagi Kupertino offislarida o‘tirib o‘zining intelektual salohiyati 
bilan ushbu “postindustrial giganti”ning daromadini oshirib, uning maxsulotlarini kun sayin 
yangilab borayotgan Apple kompaniyasining 80 mingdan oshiq dizayner, dasturchi va offis 
hodimlariga oylik maoshi, aksionerlarga divident shaklida tarqatiladi
1

Industrial gigant – «Gazprom». 
Postindustrial giganti – Apple. 
2014 yil «Gazprom»ning 459 ming xodimi kompaniyaga 
$3,5 mlrd sof daromad
keltirgan. Bu har 
bir ishchi boshiga $7 625 to‘g‘ri kelsa, Apple kompaniyasining 80 mingdan oshiq dizayner, 
dasturchi va offis hodimlari esa o‘z egalari 
$39,5 mlrd sof foyda
olishiga sabab bo‘lgan. Bu Apple 
hodimlarining har qaysisiga $493 750 deganidir. CHunki, bugun Apple kompaniyasi ishlab 
chiqarayotgan maxsulotlar haqiqatdan ham nodir va noyobdir. 
Bunday nodir maxsulotning asosi esa albatta zamonaviy bilim, yangicha tafakkur tarzi, yuksak 
texnologiya, – bir so‘z bilan aytganda intelektual mulk, 

Yüklə 69,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin