Milliy g’oya— O’zlikni anglash



Yüklə 63,82 Kb.
səhifə2/4
tarix22.10.2023
ölçüsü63,82 Kb.
#159741
1   2   3   4
O`zlikni anglash intilishning kuchayishi. Siyosiy tizimdagi o`zgarishlar.

"O`zini anglagan inson, degan edi u, o`zi uchun nima foydaliligi va nimalarga kodir ekanligini yaxshi tushunadi. U ko`lidan keladigan ish bilan shugullanish asnosida o`z extiyojini krndiradi va saodatga erishadi. .Qar `kdpday xato va baxtsizliklardan xoli bo`ladi. Buning natijasi o`larok, u o`zga odamlarni kadrlay oladi va ulardan ezgulik yo`lida foydalana biladi. Okibatda o`zini kulfatlardan asraydi"1.
Hazrat Navoiyning "El netib topqay menikim, men o`zimni topmamon", — degan so`zlari bugungi kunda ham chuqur ma`no kasb etadi.
Jamiyatning tayanchi — oddiy inson. Shuning uchun ham yurtboshimiz "Tafakkur" jurnali bosh muharriri bilan suhbatda "Mafkuraning shakllanishida kimning manfaatlari va qarashlari yuzaga chiqishi kerak", degan savol qo`yib, shunday javob bergan edi: "Dastavval O`zbekistonda yashayotgan, o`z takdiri timsolida mingminglab kishilarning takdirini mujassamlashtirgan vatandoshimizning xagtini, uning orzuintilishlarini, bugun va ertangi kunga bo`lgan umidvorligini o`zimcha tasavvur kilishga urinib ko`rardim. O`zimni shu odamning o`rniga ko`yib, uning ko`zi, idroki, tafakkuri, yondashuvi bilan kelajakka karardim"2.
"O`zlikni anglash", "milliy o`zlikni anglash" va nihoyat "umumbashariy o`zlikni anglash" tushunchalari birbiridan ayri emas, balki birbiri bilan uzviy aloqador, birbirini taqazo etadi. Zero, inson otaona, oila, millat, ahli bashar, boringki, butun borliq bilan munosabatlar asosida o`zining kim ekanligini anglab boradi. Ayni shu munosabatlar zaminida shakllangan milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida milliy g`oya tamoyillari shakllangan va o`z navbatida, milliy g`oya ularni zamon talablari asosida boyitib boradi.
O`zlikni anglashning turli talkinlari Insoniyat falsafiy tafakkuri tarixida o`zlikni anglags masalasi turlicha talqin etilgan. Inson jismining o`tkinchiligi, ruhining esa abadiyligi (cherkov otasi Avgustinning "tan ruh uchun qafasdir" fikrini eslang) masalasini zohiriy (dunyoviylik nuqtai nazaridan) talqin etganlar inson o`zligini dunyodan yuz o`girib, yolg`izlikda ibodat bilan kun o`tkazgandagina, oddiy so`z bilan aytganda, tarkidunyo qilgandagina topishi mumkin degan fikrga keladilar.
Islom Sharqida dunyoni o`tkinchi bilib, ijtimoiy faollikdan qochish, faqat Olloh zikri bilan yashash tamoyili alohida o`ringa ega. Ularning falsafasida "tarkidunyochilik g`oyasini targib etib, ijtimoiy faollikdan butunlay chetlashganlar, surunkali toatibodat bilai shugullanganlar"1. Tasavvufdagi "uzlatga chekinish" g`oyasini ham ba`zan to`gridanto`g`ri tarkidunyochilik ma`nosida talqin etishga urinishgan. Ammo "o`zlikni anglash" bosh maqsadi bo`lgan tasavvuf ahli va tasavvuf g`oyalaridan quvvat olgan ulug mutafakkirlarimiz insonni insonga, Vatanga, xalqiga bo`lgan, har qanday garazdan holi, pok mehrni targib qilganlar.
Xususan, ulug` mutasavvif alloma Bahouddin Naqshband inson o`z-o`zini anglab yetish orqali Haqni, Haqiqatni taniydi, Alloh vasliga yetishadi, deydi. Ammo hayotining yakuniy maqsadi bu emas. Dilida Alloh ("dilda yor") jo bo`lgan kishi ishga kirishmogi ("dast ba kor"), ezgu ishlarga qo`l urishi lozim, U aslo eldan, xalqdan o`zini ayirmasligi, aksincha, Orif odam Haqni dilda tutgan holda xalq bilan birga bo`lishi lozim. ("Xilvat dar anjuman").
Shu nuqtai nazardan, Farididdin Attor dunyoni qaynab turgan qozonga mengzab, insonni ana shu "qozon"da qaynashga undagan edi. Shundagina inson pishib yetiladi, komillikka erishadi. Najmiddin Kubro, Alisher Navoiy, Bobur Mirzo va yurt qaygusida yashagan jadid ziyolilar yana o`nlab, yuzlab ulug ajdodlarimiz hayoti, o`z taqdirlarini xalq, millat, butun insoniyat taqdiri bilan uzviy bogliqlikda ko`rganlar. Inson o`zligini anglashini ijtimoiy munosabatlar asosida ko`rishni orzu qilgan hazrat Alisher Navoiy buni aniq kilib shunday ifoda etgan edi:
"Odame ersang demagil odame Onikim yo`k xalk gamidin gami".
«O`zlikni anglash», «Milliy o`zlikni anglash» va «milliy istiqlol g`oyasi» uzviy birbiri bilan bog`liq. Mustaqillik sharoitida o`zbek xalqining o`zo`zini anglashini rivojlantirish davlat siyosati darajasiga ko`tarildi. Negaki, chorakam bir asr davomida hukmronlik qilgan istibdod nazariyasi va mafkurasi o`zo`zini anglash hissini yo`qotib bordi. Milliy o`zligini anglash masalasi falsafada ishlanmadi. Buning sababi milliy o`zlikni anglash mustaqillik g`oyasi bilan bog`liq edi. Shunga ko`ra, milliy istiqlol g`oyasi tarixiy xotirani uyg`otish, o`tmishidan saboq chiqarish va o`zlikni anglash mezoni sifatida xalqimizning tub maqsadlari ifodasi va jamiyat a`zolarini birlashtiruvchi royaga aylanishi mumkin. Sharq va Garbda, Osiyo va Yevropa xalqlari hayotida ham o`zlikni anglash tuygusining uyg`onishi, pirovard natijada, ularning yuksalishiga, birlashishiga, boshqa xalqlar bilan ijobiy, o`zaro manfaatli hamkorlikka kirishuviga turtki bo`lgan. TTTu nuqtai nazardan, milliy g`oyani milliy o`zlikni anglatuvchi omil deyish mumkin. Demak millat o`zini xalq sifatida, el sifatida anglamasa, u o`zining sha`ni, qadrqimmati, ornomusi haqida qayg`urib, milliy g`urur va iftixor tuyg`usini to`la xis eta olmaydi.
Sharq donishmandlarining falsafiy g`oyalarida sinkretik (ya`ni turlicha yuyalarning bir butunlikda joylashuvi) va sinergetik (o`zo`zini takomillashtiruvchi, keng, ko`p o`lchovli va ochiq tizimli) tafakkur uslubining ustuvorligi yaqqol ko`zga tashlanadi.
Zero, ma`naviy qadriyatlarga, hayotni e`zozlashga undaydigan yuksak a`mollarga e`tibor susayganda, jamiyat, davlat taraqqiyotdan to`xtaydi, inqiroz tomon yuz tutadi. Bu Haqda Alisher Navoiy shunday yozgan edi:
To hirsu xavas xirmani barbod o`lmas, To nafsu havo qasri baraftod o`lmas, To zulmu sitam jonga bedod o`lmas, El shod o`lmas, mamlakat obod o`lmas.
Demak mamlakatimiz obod bo`lishi, ravnaq topishi, xalqimiz farovonligi uchun ma`naviyat va ma`rifat sohasida, xususan, shaxsni kamol toptirish borasida izchil ish olib borish kerak. "Bu x.ayotiy x.akikat biz x.amisha amal kiladigan tamoyilga, jamiyat rivojining asosi va shartiga aylanmogi xamda o`zida yaxlit bir tizimni mujassam etmoyei lozim. Bu tizim markazida ma`naviyat, axlokodob, ma`rifat kabi o`lmas kadriyatlar turmogi kerak"1.
Insonning komillik darajasi uning jamiyatdagi o`z o`rnini qanchalik bilgani, o`zini jamiyatning ajralmas qismi ekanligini qanchalik his etishi bilan belgilanadi. Shundagina inson o`zining qadrqimmati xalqning, millatning qadrqimmati bilan nechog`lik bogliq ekanligini, jamiyatda, yurtida sodir bo`layotgan voqyealarga daxldorligini anglaydi. Yurtimiz mustamlakachilik asoratiga tushgan XX asr boshlarida yurt qaygusida yongan Fitrat o`lkaning boshiga yogilgan balolarda, avvalo o`zini aybdor deb hisoblagani bejiz emas. Amir Temur ruhiga murojaat etib, u shunday yozgan edi: "Yukorida aytdigim ishlarning xammasiga o`zim sabab bo`ldim, barchasini o`zim kildim. Sening Turoningni o`zim talatdim, Sening turkligingni o`zim ezdirdim,Sening omonatlaringga xiyonat o`zim kildim"2.
Shu emasmi komillikning belgisi? Milliy o`zligini anglagan insongina, Fitrat kabi:
"Turonim, sendan ayrilmoq — mening uchun o`limim, Sening uchun o`lmos mening tirikligimdir"*, —deya baralla ayta oladi, Najmiddin Kubro singari jonini saqlashni emas, yov bosgan yurtini himoya qilib, jon taslim berishni afzal ko`radi.
Bu o`zlikni anglashning aniq ifodasi, yurt, Vatan uchun o`zini bag`ishlash hamdir.Tarixiy xotira va milliy o`zlikni anglash
Prezidentimiz Islom Karimov o`zining «Tarixiy xotirasiz kelajak yo`q» asarida: «Tarixiy xotirasi bor inson — irodali inson. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o`rgatadi. O`zlikni anglash tarixni bilishdan boshlanadi» deb ta`kidlaganlar. Demak tarixni bilmasdan, yaxshi bilmasdan turyab, yuksak ma`naviyatga eriishsh mumkin emas. Sobiq ittifoq davrida millatimiz ongiga shunday g`oya singdirildiki, u o`z yurtida boshini baland ko`tarib yurishi taqiqlangan edi. Xalqimizning shunday ahvolga tushib qolishiga asosiy sabablardan biri — uning tarixiy xotirasidan judo bo`lishi edi.
Milliy g`oya xalqimizga nafaqat o`z tarixini odilona, obyektiv va xolisona o`rganish imkoniyatini yaratadi, balki millat sifatida shakllanish davridagi murakkab sharoitlardan kelib chiqish sabablarini ko`rsatib beradi. Chunki, milliy yeoya xalqimizning qadimiy va boy tarixidan, ulug alloma ajdodlarimizning hikmatlari va hayotiy o`gitlaridan, bunyodkor g`oyalaridan, yashash ibratidan ozuqa olgan. Shuning uchun ham, tarixni buyuk murabbiy, tarbiya va ibrat manbai deyiladi.
Dono xalqimizning "Yetti pushtingni bilgin", degan o`gitlari bekorga kelib chiqmagan. Shuning uchun ham qadimgi Sharq donishmandlari insonni gavdasi oldinga, yuzi esa ortga qaratgan holda tasvirlaganlar. Ya`ni, ularning nazdida insoniyat kelajak sari intilar ekan, o`tmishini doimo yodda saqlamogi shart. Bu ko`hna haqiqatni teran anglagan Prezident I.A.Karimov "O`zbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari" asarida istiqboldagi vazifalarni belgilab berar ekan: "Tarix xotirasi, xalkiing, jonajon o`lkaning, davlatimiz xududining xolis va xakkoniy tarixini tiklash milliy o`zlikni anglashgsh, ta`bir joiz bo`lsa, milliy iftixorni pgiklash va o`stirish jarayonida g`oyat mux.im o`rin tutadi"1, deb ta`kidlaydi.
Bu yurtimizning uzoq va royat murakkab tarixida qaytaQayta isbot etilgan haqiqat. Birgina Amir Temur va temuriylar davri tarixi buning yorqin isboti bo`la oladi. "Insonlik olamini qanotlari ostinda olgan" (Fitrat) temuriylar saltanati bir necha asrlar mobaynida gullab yashnadi, ulug allomalarni dunyoga keltirdi, ilmfan, madaniyatda yetakchilikka erishdi. Buning sababi nimada edi? Javob bitta: Amir Temur mamlakat ijtimoiysiyosiy bo`hron iskanjasiga tushib qolgan, feodal tarqoqlik va o`zaro nifok avj olgan bir sharoitda xalqni o`z g`oyalari atrofida birlashtira oldi. "Men o`z saltanatimni dini islom, to`ra va tuzuk asosida mustax.kamladim, — degan edi uluj sohibqiron, Saltanatni boshkarishda uchragan xar kanday vokea va ishni tuzuk asosida bajardim"1.
Amir Temur nazdidagi "tuzuk" bizning kundagi "milliy g`oya" mazmunida kelayotganini anglash qiyin emas va buyuk bobokalonimiz fikricha: "Davlat agar dinu oyin asosida `urilmas ekan, bunday saltanatning shukuxi, kudrati va tarkibi yo`koladi. Bunday saltanat yalangoch odamga o`xsharkim, uni ko`rgan xar kimsa, nazarini olib kochadi. Yoxud kasu nokas tap tortmay kirib chikddigan tomsiz, eshigito`sigi yo`k uyga o`xshaydi`p. Amir Temur «dinu oyin» deganda adolatli jamiyatni nazarda tutmoqda.
Tarixiy xotira millatga kuchqudrat bagishlaydi, hayotning ogir sinovlarini munosib yengib o`tishga, o`zligini saqlab qolishga yordam beradi. Shuning uchun ham o`zga xalqlarni tobe etishga uringan bosqinchilar xalqni ana shu qudrat manbaidan ayirishga, shahar va tarixiy obidalari, madaniy yodgorliklari va ajdodlarning ma`naviy merosidan mahrum etish orqali tarixiy xotirasini zaiflashtirishga harakat qilganlar.
Demak jamiyat hayotida bunyodkor yuyalarga tayansagina, taraqqiyotga erishadi, ma`naviy jihatdan yuksaladi. Bunyodkor g`oyalar madaniy meros va tarixiy xotiraga tayanadi.
Yovuz maqsadni ko`zlagan g`oya tarafdorlari esa, aksincha, yo`l tutgan. Masalan, Turkiston o`lkasini o`z mustamlakasiga aylantirgan Chor Rossiyaning generali M.G.Chernyayev podshoga yozgan maxfiy xatida bildirgan fikri buning yorqin dalilidir: "Bu yerda xar kdnday kushinni to`zgatib yuboradigan bir kudratli kuch bor: bu turkistonliklarning kechmishi xotirasi... Demakki, turklarning birgina o`zini yengish kifoya emas. Ularning xotiralarini, tarixini xam yengmok kerak" deb yozadi. Darhaqiqat, chor Rossiyasi bosqinchilari har bir o`lkani egallashda o`sha xalq tarixiga hujumning asl mohiyatini tushungan holda faoliyat ko`rsatganligi uning milliy taraqqiyotda kuchini anglaganidan edi.
G`oya xalqning o`tmishi, buguni va kelajagini boglab turuvchi fikr ekan, u, avvalo, milliy ma`naviyatimizga tayanadi. Xalqimizning ma`naviy merosidan ozuqa oladi, milliy o`ziga xosligini saqlab turishga, milliy manfaatlarni amalga oshirishga va milliy taraqqiyot yo`llarini belgilashga xizmat qiladi. Bunga turli mamlakat mutafakkirlari alohida e`tibor berishgan. Masalan, Yevropa jamiyati hayotida ulkan siljishlar sodir bo`layotgan XVIII asrda mashhur fransuz ma`rifatchisi Jan Jak Russo milliylik milliy xarakter haqida shunday yozgan edi: "Biz tayanishimiz kerak bo`lgan birinchi tamoyil milliy xarakterdir: xar bir xalk milliy xarakterga ega yoki ega bo`lishi lozim; xalkda u bo`lmagan takdirda ishni unga bunday xarakterni berishdan boshlash kerak bo`lardi"1. Bir qarashda Russoning fikrida ma`lum bo`rttirish bordek tuyuladi. Lekin uning vatani Fransiya tarixiga nazar tashlansa, bu fikr tarixiy asosga ega ekanligi ma`lum bo`ladi. Dastlab qirol Genrix IV Fransiyaning milliy davlat sifatidagi yaxlitligini tikladi. Uning ishini davom ettirgan va Fransiyani amalda boshqargan Lyudovig XIII ning birinchi ministri — kardinal Rishelye "Vatan va millat manfaatlari barcha narsadan ustun", degan g`oyani ilgari surdi. Mamlakatdagi ichki nizolarga barham berdi, siyosiy, ijtimoiy, madaniy islohotlarni amalga oshirdi. Jumladan, o`zi asos solgan Fransuz Akademiyasiga umumfransuz adabiy tili lugatini tuzishni topshirdi, san`at va adabiyotga homiylik qilib, davlat yaxlitligi va xalq birligini ta`minlashga qaratilgan o`ziga xos milliy yeoyani targib etishga safarbar etdi. Shu tariqa Vatan va xalq yo`lidagi fidoiylikni oliy burch, darajasiga ko`tardi, ishonch bilan aytish mumkinki, Fransiyaning o`sha davrda qudratli mamlakatga aylangani hamda keyingi asrlar mobaynida Yevropaning o`ziga xos madaniy markazs bo`lib qolganligi ayni shu davrda shakllana boshlagan "milliy xarakter" bilan bogliq bo`ldi. Ana shu tarixni chuqur bilgan Russo: "Xar `anday yaxshi o`zgarishlarning umumiy maksadlari x.ar bir davlatda maxalliy shartgiaroit yea axolining o`ziga xos xususiyatlari asosida shakllanadigap munosabatlarga muvofik shakl olishi kerak"1, degan fikrga keldi. Yurtboshimiz I.Karimovning: "Biz xalkni nomi bilan emas, balki madaniyati, ma`naviyati orkali bilamiz, tarixining tagtomirigacha nazar tashlaymiz"*, degan so`zlari ham ayni fikrning naqadar chuqur asosga ega ekanligini yana bir bor isbotlaydi. Ammo bu — milliy g`oya yoki milliy o`zlikni anglashni o`z mllliy qobiriga o`ralish, o`zga xalqlardan o`zini ustun qo`yish degani emas, albatta. Qolaversa, O`rta Osiyo hududida azalazaldan turli elat va millat vakillari yonmayon inoqlikda yashab kelishgan. Bagrikenglik mehmondo`stlik o`zbek xalqining qonqoniga singib ketgan qadriyatiga aylangan. "Mehmon otangdek ulur", deydi xalqimiz va ostonasidan xatlab o`tgan begona odamni ham uyining to`riga olib chiqadi, o`zi yemasada, mexmonni siylaydi.
O`zligini anglagan odamda mehr, muruvvat kuchli bo`ladi. Manmanlik kabi salbiy qusurlarni xush ko`rmaydi. "Manmanlik degan edi mashhur ma`rifatparvar Abdulla Avloniy, — joxilona kibru gururdan paydo bo`ladurgan eng yomon xulklarning biridurki, kishini xar yerda ma`yus va maxjub kilur. Avloniy inson manmanligi haqida gapirayapti. Agar manmanlik kasaliga millat, xalq yoki biron bir din vakillari uchrasa ne oqibatlarga olib keladi? Misollar talaygina. Birgina o`z xalqi ongiga "oliy irq"qa mansublik royasini singdirishga uringan fashizmning butun insoniyat boshiga yog`dirgan balolarni yoki buyuk davlatchshshk shovinizmi sobiq Ittifoqsa yashagan elat va xalqlarga keltirgan azobuqubatlarni eslash kifoya. Ayrim siyosatdonlar butungi kunda ham diniy, irqiy, milliy ziddiyatlarni avj oldirishga harakat qilayotgani va oqibat o`laroq dunyoning turli chekkalarida olovi alangalana yotgani barchaga ma`lum.



Yüklə 63,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin