«Milliy ko’ylak va lozim andozasini tayyorlash, gazlamaga joylash, bichish»



Yüklə 1,72 Mb.
səhifə3/7
tarix17.05.2022
ölçüsü1,72 Mb.
#58268
1   2   3   4   5   6   7
Milliy ko’ylak va lozim andozasini tayyorlash, gazlamaga joylash, bichish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Chizma

Bo’lak nomi


Bo’laklarda tanda ipi yo’nalishi

Mumkin bo’lgan chetga chiqish, %

01.

Old koketka.

Bort chizig’iga parallel chiziq (1, a-rasm).

1,0

02.

Ort koketka.

O’rta chiziqqa parallel chiziq (1, a-rasm).

1,0

03.

Old bo’lak etagi.

O’rta chiziqqa parallel o’tadi ( 1, a-rasm).

1,0

04.

Ort bo’lak etagi.

O’rta chiziqqa parallel o’tadi (1, a-rasm).

1,0

05.

Yeng.

Yeng cho’qqisidan yeng uchiga o’tgan o’rta chiziqqa parallel

2,0

06.

Yoqa.

Yoqa o’rta chizig’iga parallel.

3,0

07.

Old koketka astari.

Astarni adipga ulash qirqimiga parallel

2,0

08.

Ort koketka astari.

Koketka o’rta chizig’iga parallel.

2,0

09.

Adip

Bort chizig’iga parallel

2,0

10.

Lozim.

Lozim bel qirqimi o’rtasidan pochasigacha tushgan o’rta chiziqqa parallel.

1,0

11.

Lozim manjeti.

Manjetni pochaga ulash chizig’iga parallel

2


KERAKLI O’QUV –JIHOZ, ASBOB-USKUNA VA ASHYOLAR:

  • andoza chizish uchun maxsus qog’oz;

  • chizg’ich, qalam, o’chirg’ich, sm. lenta, qaychi, bo’r;

  • qog’oz (kalka);

  • texnologik xarita;

  • suv purkagich, dazmol;

  • me’yoriy hujjatlar.

  • T.33 da ishlab chiqilgan milliy ko’ylak va lozim bo’laklari konstruktsiyasi chizmasi.

MILLIY KO’YLAK VA LOZIM ANDOZALARINI TAYYORLASH” BO’YICHA TEXNOLOGIK XARITA



Texnologiya asosida faoliyat turlari

Chizma


Standart asosida operatsiyani bajarish tartibi

I

III

IV

1. Ko’ylak va lozim bo’laklarini konstruktsiya chizmasidan ko’chirish

1-rasm.

Ko’ylak va lozimning har bir bo’lakini konstruktsiya chizmasidan kalka qog’oz vositasida yoki bigiz orqali alohida qilib tushiriladi (ko’chiriladi).

Bunda asosiy har bir bo’lakka tegishli kertik va ichki asosiy konstruktiv chiziqlar ham ko’chiriladi. Milliy ko’ylak va lozim bo’laklari model konstruktsiyasi T-33 modulda ishlab chiqilgan.



2. Ko’ylak va lozim bo’laklariga texnologik ishlov berish usulini aniqlash


modulga qaralsin.

Ko’ylak va lozimning yig’ma chizmasi va asosiy texnologik uzellariga ishlov berishning sxemasi o’rganib chiqiladi. Ishlatiladigan asbob va jihozlar ko’rsatiladi.

3. Ort bo’lak andozalari (koketka va etak) chizmasidan chok haqi qiymatlarini qo’yib chiqish.




Chok qiymatlari texnologik ishlov berish usuliga, material xossalariga bog’liq holda tanlanadi.

Sitiluvchan gazlamada chok haqi 1-5 mm gacha ko’proq olinadi. Asosiy biriktiruvchi choklar kengligi 1 sm, etakni va yeng uchini qayirib bukish uchun chok haqi – 3-4 sm. Chok haqi qiymatlari ko’chirib olingan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yiladi va andozalar konturlari chiziladi.





4. Old bo’lak andozalari chizmasida (koketka va etak) chok haqi qiymatini qo’yib chiqish




Asosiy biriktiruvchi choklar kengligi 1 sm, etakni va yeng uchini qayirib bukish uchun chok haqi – 3-4 sm. Chok haqi qiymatlari ko’chirib olingan bo’lak konturlari bo’ylab qo’yiladi va andoza konturlari chiziladi.

5. Yoqa va yeng bo’laklari chizmasi bo’yicha andoza tayyorlash.





Ko’chirib olingan yoqa va yeng bo’laklari ziylari bo’ylab chok haqi qo’yib chiqiladi va andoza konturlari chiziladi. Chok haqi qiymatlari, 2-jadvalga qaralsin.


6. Lozim bo’laklari andozalarini chizish.



Konstruktsiya chizmasidan ko’chirib olingan lozim bo’laklari qirqimlari bo’ylab chok haqi qiymati qo’yib chiqiladi va andozalar konturlari chiziladi.

Oq qirqimi bo’yicha chok haqi – 1,0 sm, belni bukish uchun – 3,0 sm, qadam qirqimi uchun – 1,0 sm, manjetni pochaga ulash – 1,0 sm.



7. Adip va astar bo’laklari andozalarini tayyorlash.






Ort va old koketka astari va adip bo’laklari, old, ort koketka andozalari (0.1 va 0.2 bo’lakl) asosida chiziladi.

Adip kengligi old koketka kengligining (0,60,7) qismini tashkil etadi.



8. Andozalarni qirqib olish




Andoza konturlari

chetlaridan bir oz qo’yim qo’yib qirqib olinadi. Bunda qirqimning silliqligiga e’tibor beriladi.



9. Birikuvchi bo’laklar qirqimlarini tekshirish.




Birikuvchi bo’laklar qirqimlari (bo’yin o’mizi, yelka, yeng o’mizi, yon qirqim, lozim og’i va yon qirqimi) uzunliklari va o’zaro muvofiqligi tekshiriladi. Qirqim uchlariga chokning qaysi tomonga dazmollanishiga qarab aniqlik kiritiladi.

10. Ko’ylak va lozim

bo’laklari andozalarini rasmiylash-tirish.



1-rasm, 2,3-jadvallar.

Andozalarga quyidagi belgilar kiritiladi. (1-rasmga qarang).

-andoza nomi (asosiy, astar);

-kiyim nomi;

-bo’lakning spetsifikatsiyasi bo’yicha tartib raqami;

-bo’lak nomi;

-chok haqi qiymati;

-tanda ipi yo’nalishi;

-kertiklar o’rni (kertik eni 2-3 mm, uzunligi 5-7mm.)



11. Gazlamani namlab dazmollash (dekotirovka-lash).




Gazlama namlanib, o’rish (tanda) ipi yo’nalishida dazmollanadi.

12. Gazlama nuqsonlarini aniqlash, bo’yi va enini o’lchash.




Gazlama o’ng tomonidan tekshirib chiqiladi, nuqsonlar bor joylari bo’r bilan belgilab qo’yiladi.

13. Gazlamani bichuv stoliga joylashtirish.




Bichuv stoli ustiga gazlama yalang qavat qilib to’shaladi.

14. Gazlamaga ko’ylak bo’laklarini joylashtirish.



Ko’ylak old va ort bo’lak andozalari gazlama ustiga joylashtiriladi. Bunda bo’lak tanda ipi yo’nalishi gazlama o’rish ipi yo’nalishi bilan ustma-ust tushishi shart. Gazlama tanda ipidan mumkin bo’lgan chetga og’ish kattaligi 2-jadvalda keltirilgan.

15. Gazlamaga ko’ylak mayda bo’laklarini joylashtirish.

Joylashmada avval old va ort etak bo’laklar, so’ng yeng koketka, yoqa bo’laklari simmetrik tarzda joylashtiriladi. Bo’laklarning simmetriya belgisi 1-jadvalda keltirilgan.

16. Gazlama lozim bo’laklarini joylashtirish.

Lozim bo’laklari gazlama ustiga joylashtiriladi. Agar lozim tepa qismda uloq loyihalansa, uloq o’rni chegirib, so’ng joylashtiriladi. Joylashmani tejash maqsadida lozim og’ini xishtakli qilib bichish mumkin.

17. Ko’ylak koketkasi astarini va lozim ulog’ini bichish.

Ort va old koketka astaridan bichilgan bo’laklar (0,7 va 0,8) astar gazlama ustiga joylashtiriladi va yuqorigi tartibda bichiladi.

18. Joylashmani bo’rlash.

Andoza uchi o’tkirlangan bo’r yordamida bo’rlanadi. Bunda:

A) bo’r chiziq qalinligi 0,1 smdan oshmasligi kerak:

B) chiziqlar andoza konturi bilan mos tushishi kerak.

C) yeng qiyamasi, old va ort koketka yelka qirqimi, old yoqa o’mizi, yeng o’mizi bilan boshqa bo’laklar orasida 0,5 sm oraliq joy qoldirish kerak.



19. Gazlama sarfini aniqlash.

Gazlama bo’yi uzunligi o’lchanadi. Masalan, keltirilgan joylashma uzunligi ....... sm.

20. ko’ylak va lozim bo’laklarini qirqib olish.

O’tkir qaychi yordamida bo’rlama bo’yicha ko’ylak bo’laklari qirqib olinadi.

21. Bichilgan bo’laklarni tekshirib ko’zdan o’tkazish.

Bichilgan bo’laklar 2-jadval spetsifikatsiyasi bo’yicha tekshirib, taxlanadi.





1-rasm. Milliy ko`ylak va lozim dеtallari konstruktsiyasi

a-old va ort bo`lak; b-yoqa; c-lozim.





а

b



c


XVII. MAVZU: «Milliy ko’ylak, lozim tikish ketma-ketligini tuzish, mayda bo’laklarni tayyorlash».

Ayollar ko’ylagining yoqalari konstruktiv jihatdan yoqalarga ajratiladi. Gazlama turiga qarab ularga yelimli qotirma qo’yiladi. Ostki yoqaning teskari tomoniga qotirma materialni kleyli tomonini, chetki qirqimlariga 0,5-0,7 sm. yetkazmay namlangan mato yordamida dazmollab yopishtiriladi. Ostki yoqaga kerakli shakl berish uchun qotirma tomonidan yoqa o’rtasidan boshlab qotirma va qaytarma qirqimlari bo’ylab oldin bir tomonga keyin ikkinchi tomonga ostki yoqa cho’zib dazmollanadi. Buning uchun ostki yoqa ko’tarmasi qirqimini ishlovchi tomonga qaratib qo’yib, namlab ko’tarmaning va qaytarmaning qirqimlari tortibroq turiladi va yoqa uchlarini ishlovchidan chetga chiqarib turiladi. Ostki yoqani andozaga binoan aniqlab bo’r bilan chiziladi va kerakmas joylarini qirqib tekislanadi. Ostki yoqa shakliga mo’ljallab, har bir ustki yoqa alohida, teskari tomondan aniqlanadi va qirqib tekislanadi. Ostki yoqa o’ngi tomonini yuqoriga va uning ustiga ustki yoqa o’ngini pastga qaratib qo’yiladi va qirqimlarini ostki yoqa qirqimlari bilan tekislanadi. Uchala tomoniga 0,7 sm. kenglikda ag’darma chok bilan tikilinadi. Tikilgan yoqani burchaklaridan tikilgan chokka 0,1-0,2 sm. yetkazmay kesib chiqamiz. Yoqani o’ngiga ag’darib, burchaklarini to’g’rilab ustki yoqadan 1-2 mm kenglikda kant chiqarib, ostki yoqa tomonidan yoqani ziyi ko’klanadi va dazmollanadi. Yoqani chetki qirqimlarini 0,5 sm kenglikda bezak va bahyaqator yurgiziladi.








Ustki yoqa




1


2













5

3




4










6

4



Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin