5-MA’RUZA. Mavzu: TIKUV KORXONALARDA OQIMLI ISHLAB CHIQARISHNI TASHKIL QILISH. (2-soat)
Reja: Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlari.
Ularni tuzish asosiy prinsiplari va klassifikatsiyasi.
Tikuv buyumlarni ishlab chiqarish texnologik jarayonlari.
Texnologik jarayonlarni, EXMni qo’llab avtomatik ravishda loyixalash usullarining rivojlanishi zamonaviy matematik usullardan foydalanib ularning qonun-qoidalarini yanada chuqurroq o’rganishini talab etadi. Shu sababli texnologik jarayonlarni, yangi murakkab tizimlar deb tasavvur qilina boshlandi. Tizimlarga yondashgan holda obyektlarni turli funksional munosabatlar bilan bog’liq va yaxlit bir shakllanish deb qaraladi. Shunday bo’lsada, bunday obektlar tashqi muxit bilan bog’liq va nisbatan murakkab tizimning bo’lagi hisoblanadi. Izlanish olib borilayotgan obyektlarning hususiyat va vazifalari murakkab tizimlar doirasida funksional sharoitlariga bog’liq va ularni tashkil etuvchi elementlar hususiyatlarining yig’indisi deb hisoblanmaydi. Ular bazi bir elementlardagi kabi yangi hususiyat va vazifalarga ega bo’lmasligi mumkin. Shunday qilib, texnologik jarayon tizim kabi F-funksiya, tuzulishi, tavsiflar yig’indisi, tashqi muxit bilan bog’liq.
Har qanday texnologik jarayonning funksiyasi –F, obektning dastlabki So holatidan, yakuniy Sya holatiga o’zgarishi bilan aniqlanadi:
F : So Sya Mexnat predmetlarini tayyor mahsulotga o’tkazishni quyidagicha ifodalash mumkin:
F(S0)=S01 S12 S23,. . . . ., Sya-1ya Sya bu yerda:
S0, Sya – mexnat predmetlarini dastlabki va yakuniy holati;
S1, S2,….Sya – mexnat predmetlarini oraliqdagi holati;
1, 2, ….ya – mexnat predmetlarini va jonli mexnatni o’zaro ta’siri.
Ishlab chiqarish jarayonining tizim funksiyasini tikuv buyumni ishlab chiqarish jarayonining modeli ko’rinishida berish mumkin (5.1-rasm).
5.1-rasm. Tikuv buyumni tayyorlash texnologik jarayonini modeli Bir necha parametrlar bilan ifodalanadigan ishlab chiqarish oqimi tizimi son va sifat ko’rsatkichlari bilan tavsiflanadi.
Zk=Z1,Z2,….,Zn Z1,Z2,….,Zn– oqimni ifodalovchi parametrlar