[325]
tayyorlandi. Bunda Finlandiya, Singapur, Koreya
Respublikasi, Angliya kabi taʼlim tizimi
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari oʻrganildi.
Ushbu davlatlarning tajribalari oʻrganilishiga taʼlim sifatini baholash xalqaro
dasturlarining tadqiqotlari natijalari ham asos boʻldi. Tanlab olingan davlatlarning PISA,
PIRLS, TIMSS reytingidagi oʻrinlari, bunday natijalarga erishish yoʻllariga eʼtibor qaratildi.
Shu asosda xalqaro tajriba va andozalarga moslashtirilgan yangi oʻquv dasturlari,
darsliklar joriy qilinmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning 15 yoshli oʻquvchilarning ona tili,
matematika va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA –
oʻquvchilar yutuqlarini baholash xalqaro dasturi, Ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro
uyushmasi (IEA)ning TIMSS – matematika va tabiiy fanlar taʼlim sifatining xalqaro
monitoringi dasturi tadqiqotlari natijalari eʼtiborga molik.
O‘quvchilarni PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro dasturlari imtihonlariga tayyorlash, tadqiqot
natijalariga koʻra zarur xulosalar chiqarish, taʼlim mazmuni va jarayoniga kerakli
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu bois Milliy
oʻquv dasturi asosida yangilanayotgan darsliklarga xalqaro baholash dasturlarining
baholash mezonlari va mexanizmlariga javob beradigan, oʻquvchilarni ana shu
dasturlarning imtihonlariga tayyorlashga xizmat qiladigan materiallar ham kiritilyapti.
Masalan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligidan o‘quvchining mantiqiy fikrlashini
va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, PISA va PIRLS xalqaro baholash
dasturlari talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy
topshiriqlar joy olgan. Bunday topshiriqlar vositasida oʻquvchida matnni tushunish,
tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko‘zda
tutiladi.
Matematika fani boʻyicha ham tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda yangiliklar
kiritilyapti. Jumladan, matematika fanini o‘qitishga xalqaro baholash dasturlarining
mazmuni, baholash me’zonlari va mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda
joriy etilmoqda.
Biologiya fani boʻyicha esa PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari talablariga mos
keladigan, oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga
yoʻnaltirilgan amaliy mashgʻulotlar, laboratoriya ishlari hamda mustaqil bajarishga va
ijodiy, kreativ fikrlashga undovchi topshiriqlar ishlab chiqilmoqda.
Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlanayotgan boshqa fanlarning darsliklari, mashq
daftarlari va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarda ham xalqaro baholash
dasturlariga tayyorlash, ularning oʻlchov va meʼzonlarini hisobga olish koʻzda tutilgan.
[327]
mavzulari darsliklardan bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan
murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda joy oladi.
Ilgarilari oʻquv materiali asosan darslik bilan cheklangan boʻlsa, endi darslikdan tashqari
oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma, oʻquvchi mashq daftari, multimedia vositalari va
raqamli kontent ham taqdim etiladi. Bugungi kun oʻquvchisi internetga oshno,
zamonaviy texnika va texnologiyadan toʻlaqonli foydalana oladi. Demak, uni darsga,
kitobga, bilimga qiziqtirish, eʼtiborini egallash uchun zamonaviy yondashuv talab etiladi.
Darsliklar bilan birga multimedia ilovalari va boshqa raqamli mahsulotlar ham ishlab
chiqilayotgani bu yoʻldagi muhim qadamdir.
Yangilanayotgan darsliklar va boshqa oʻquv materiallari oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga
oʻrgatishga, ularda tanqidiy va ijodiy tafakkurni oʻstirishga qaratilgan. Zamonaviy bilim
va koʻnikmalarga ega boʻlgan yoshlar esa mamlakatning ertangi istiqboli va
taraqqiyotining hal qiluvchi kuchidir.
Dostları ilə paylaş: