Keywords: program, textbook, student workbook, teaching material, education,
standard, state education standard.
Hozir har bir soha muntazam islohotlar, yangilanish va yaxshilanishlar sari qadam
qoʻymoqda, jumladan, taʼlim ham. Chunki dunyo taʼlimi bugunning ehtiyojlari, mehnat
bozorining talablariga moslashyapti. Oʻzgarishlar uchun esa mustahkam asos, poydevor
kerak.
Taʼlim sohasidagi standartlar dunyo mamlakatlarida turli shakl va uslublarga ega.
Fransiya, Yaponiya, Italiya, Xitoy, MDH mamlakatlarida taʼlim markazlashtirilgan va
standartlar butun mamlakat uchun yagona oʻquv dasturlari va rejalar koʻrinishida joriy
etilgan. Ana shu mamlakatlarda ham soʻngi 10–20 yil ichida taʼlim standartlari boʻyicha
yangiliklar, yangicha yondashuvlar yuzaga keldi. AQSH, Buyuk Britaniya, Kanada kabi
taʼlim markazlashmagan mamlakatlarda ham taʼlim standartlari va oʻquv dasturlari
mavjud. Masalan, Shvetsiyada oʻquv dasturi fanlar boʻyicha oʻquv soatlarini tartibga
solinmaydi. U yerda standartlar 5 – va 9-sinf bitiruvchilari fanlar boʻyicha egallashi kerak
boʻlgan bilim va koʻnikmalarni belgilab beradi
90
. AQSHda Taʼlim departamenti (vazirligi)
boʻlsa-da, standartlarni ishlab chiqish haqidagi qarorlar shtatlar va taʼlim okruglari
darajasida qabul qilinadi. Taʼlim markazlashmagan mamlakatlarda standartlar
dasturlarga emas, asosan oʻquv fanlariga nisbatan oʻrnatiladi. AQSHda taʼlim standartlari
mehnat bozori talablarini hisobga olgan holda ishlab chiqiladi. Mahalliy standartlar
maktabdan keyingi taʼlim va ish beruvchi kutilmalariga mos kelishi, aniq, loʻnda va izchil
boʻlishi, qatʼiy mazmun va yuqori darajadagi koʻnikmalarni aks ettirishi, davlat
standartlarining kuchli va ahamiyatli jihatlarini qamrab olishi, oʻquvchilar global
raqobatga tayyor boʻlishi uchun baland koʻrsatkichlarga ega boshqa mamlakatlarning
tajribalaridan xabardor holda ishlab chiqilishi va faktik maʼlumotlarga asoslanishi
kerak
91
.
Mamlakatimiz Xalq taʼlimi tizimidagi katta yangilanishlardan biri darsliklar va oʻquv-
metodik adabiyotlarni zamon talablariga mos shaklda ishlab chiqishdir. Bu yoʻnalishda
bugungacha ham oʻziga yarasha qoidalar, standartlar boʻlgan va ular oʻz vaqtida oʻzini
oqlagan. Masalan, shu paytgacha umumiy oʻrta taʼlimning davlat taʼlim standartlari bu
borada asosiy yoʻlkoʻrsatkich vazifasini oʻtagan. Lekin bugun ilm-fan, texnika,
texnologoya shiddat bilan rivojlanyapti, odamlarning ehtiyojlari va imkoniyatlari
kengayyapti, yangi fan tarmoqlari va innovatsion yondashuvlar oʻrtaga chiqyapti.
90
Н.М. Воскресенская. Опыт разработки стандартов образования в зарубежных странах // Вопросы образования
(Россия). – 2004. – №3. – С. 143–153.
91
Curriculum: National and State Standards. Common Core State Standards Initiative // Elektron manba:
https://www.educationworld.com/standards/
[324]
Bunday vaziyatda dunyodan ortda qolmaslik uchun taʼlim sohasida jiddiy sa samarali
oʻzgarishlar qilish zarur. Bu harakat esa mustahkam, puxta oʻylangan dastur asosida
amalga oshirilishi kerak.
Taʼlimni isloh qilish boʻyicha keng amaliy harakatlar 2017-yildan boshlandi. Umumiy
oʻrta taʼlimda eski davlat taʼlim standartlari (DTS) oʻrnini bosadigan va taʼlimga
oʻzgarishlar kirita oladigan Milliy oʻquv dasturi ishlab chiqilmoqda.
Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturi (MOʻD) oʻquv-meʼyoriy hujjat boʻlib, u
oʻquv reja va fanlarning oʻquv dasturlari, oʻqitish metodologiyasi va baholashni ishlab
chiqishga asos boʻladi. U boʻyicha yaratilayotgan yangi darsliklar, oʻqituvchilar uchun
metodik qoʻllanmalar, mashq daftarlari, oʻquv-metodik materiallar taʼlimni
rivojlantirishga xizmat qiladi. U pedagogik amaliyotni va baholash yondashuvlarini
qoʻllab-quvvatlaydi va ushbu elementlarning barchasini birlashtirishga imkon beradigan
dasturdir.
Yangi Oʻzbekistonning 2022–2026-yillarga moʻljallangan taraqqiyot strategiyasida 100 ta
maqsad belgilab olingan. Undagi 5 ta maqsad va 18 ta vazifa bevosita umumiy oʻrta
taʼlim bilan bogʻliq.
Taraqqiyot strategiyasining 42-maqsadiga koʻra, 2026-yilga qadar oʻquv dasturlari va
darsliklar ilgʻor xorijiy tajriba asosida toʻla qayta koʻrib chiqilib, amalda joriy etiladi
92
.
Milliy oʻquv dasturiga asosan 2026-yilga qadar 699 nomdagi, shu jumladan, 2022-yilda
296 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, oʻqituvchilar uchun metodik
qoʻllanmalar hamda mobil ilovalar yaratiladi. Milliy oʻquv dasturi boʻyicha yangi
metodikalarga oʻqituvchilarni oʻqitish maqsadida Elektron malaka oshirish platformasi
uchun 2026-yilga qadar jami 769 ta videodars yaratiladi. Umumtaʼlim maktablarida
darslik va oʻquv-metodik majmualarni tajriba-sinovdan hamda chet ellik mutaxassislar
ishtirokida ekspertizadan oʻtkazish tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Milliy oʻquv dasturini joriy qilish boʻyicha ishlarni Xalq taʼlimi vazirligi huzuridagi
Respublika taʼlim markazi amalga oshiradi. Xalq taʼlimi vazirligining 2020-yil 31-martdagi
“Umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturini ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi buyrugʻi
asosida xalqaro talablarga javob beruvchi umumiy oʻrta taʼlimning Milliy oʻquv dasturini
ishlab chiqish boshlangan
93
. Uning loyihasi yuqori salohiyatli milliy va xalqaro ekspertlar,
UNICEF, USAID va boshqa xalqaro tashkilotlarning maslahatchilari ishtirokida
92
2022–2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekistonning taraqqiyot strategiyasi toʻgʻrisida. Oʻzbekiston Respublikasi
Prezidentining 28.01.2022-yildagi PF-60-son farmoni va uning 1-ilovasi – // Elektron manba. Oʻzbekiston Respublikasi
Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi:
https://lex.uz/uz/docs/-5841063
93
Zamonaviy darsliklar qanday boʻlishi kerak? – // Elektron manba. Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi sayti:
http://uza.uz/posts/208815
[325]
tayyorlandi. Bunda Finlandiya, Singapur, Koreya Respublikasi, Angliya kabi taʼlim tizimi
rivojlangan mamlakatlarning tajribalari oʻrganildi.
Ushbu davlatlarning tajribalari oʻrganilishiga taʼlim sifatini baholash xalqaro
dasturlarining tadqiqotlari natijalari ham asos boʻldi. Tanlab olingan davlatlarning PISA,
PIRLS, TIMSS reytingidagi oʻrinlari, bunday natijalarga erishish yoʻllariga eʼtibor qaratildi.
Shu asosda xalqaro tajriba va andozalarga moslashtirilgan yangi oʻquv dasturlari,
darsliklar joriy qilinmoqda.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD)ning 15 yoshli oʻquvchilarning ona tili,
matematika va tabiiy fanlar boʻyicha savodxonlik darajasini baholashga qaratilgan PISA –
oʻquvchilar yutuqlarini baholash xalqaro dasturi, Ta’limiy yutuqlarni baholash xalqaro
uyushmasi (IEA)ning TIMSS – matematika va tabiiy fanlar taʼlim sifatining xalqaro
monitoringi dasturi tadqiqotlari natijalari eʼtiborga molik.
O‘quvchilarni PISA, PIRLS, TIMSS xalqaro dasturlari imtihonlariga tayyorlash, tadqiqot
natijalariga koʻra zarur xulosalar chiqarish, taʼlim mazmuni va jarayoniga kerakli
oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Shu bois Milliy
oʻquv dasturi asosida yangilanayotgan darsliklarga xalqaro baholash dasturlarining
baholash mezonlari va mexanizmlariga javob beradigan, oʻquvchilarni ana shu
dasturlarning imtihonlariga tayyorlashga xizmat qiladigan materiallar ham kiritilyapti.
Masalan, “Ona tili va oʻqish savodxonligi” darsligidan o‘quvchining mantiqiy fikrlashini
va amaliy ko‘nikmalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, PISA va PIRLS xalqaro baholash
dasturlari talablariga mos keladigan matnlar bilan ishlashga mo‘ljallangan amaliy
topshiriqlar joy olgan. Bunday topshiriqlar vositasida oʻquvchida matnni tushunish,
tahliliy, tanqidiy fikrlash va munosabat bildirish malakalarini shakllantirish ko‘zda
tutiladi.
Matematika fani boʻyicha ham tadqiqotlar natijalariga asoslangan holda yangiliklar
kiritilyapti. Jumladan, matematika fanini o‘qitishga xalqaro baholash dasturlarining
mazmuni, baholash me’zonlari va mexanizmlari mahalliy sharoitdan kelib chiqqan holda
joriy etilmoqda.
Biologiya fani boʻyicha esa PISA va TIMSS xalqaro baholash dasturlari talablariga mos
keladigan, oʻquvchilarning mantiqiy fikrlashi va amaliy koʻnikmalarini shakllantirishga
yoʻnaltirilgan amaliy mashgʻulotlar, laboratoriya ishlari hamda mustaqil bajarishga va
ijodiy, kreativ fikrlashga undovchi topshiriqlar ishlab chiqilmoqda.
Milliy oʻquv dasturi asosida tayyorlanayotgan boshqa fanlarning darsliklari, mashq
daftarlari va oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanmalarda ham xalqaro baholash
dasturlariga tayyorlash, ularning oʻlchov va meʼzonlarini hisobga olish koʻzda tutilgan.
[326]
Taʼlim sifatini baholash boʻyicha xalqaro dasturlar turli fanlar boʻyicha umumiy bilim
darajasi va sifatini solishtirishga hamda milliy ta’lim tizimidagi farqlarni aniqlashga
ko‘maklashadi.
Ayni paytda Milliy oʻquv dasturi asosida yaratilgan va sinov-tajribadan oʻtgan 1- va 2-sinf
darsliklari allaqachon amaliyotga joriy etildi. Respublika taʼlim markazi maʼlumotiga
koʻra, 110 nomdagi 1-sinf, 74 nomdagi 2-sinf darsliklari 7 ta tildagi tarjimalari bilan
tayyorlandi. Darsliklarni tayyorlashda 200 ga yaqin muallif qatnashdi. Darsliklarning
asosiy isteʼmolchisi boʻlgan oʻquvchilar fikrini olish maqsadida taʼlim muassasalarida
tajriba-sinovdan oʻtkazish tizimi joriy etildi.
Milliy oʻquv dasturi 6 ta qismdan iborat: umumiy oʻrta taʼlimning malaka talablari;
umumtaʼlim fanlarining konsepsiyalari; umumiy oʻrta taʼlimning oʻquv rejasi;
umumtaʼlim fanlarining oʻquv dasturlari; umumtaʼlim fanlarini oʻqitish metodologiyasi;
baholash tizimi.
Mutaxassislar fikricha, “Milliy oʻquv dasturi amaldagi davlat taʼlim standarti, oʻquv
dasturlarini tanqidiy tahlil qilish, keng jamoatchilikning darsliklarning mazmuniga
nisbatan bildirgan fikr-mulohazalari, taʼlimning keyingi bosqichi hamda zamonaviy
mehnat bozorining real talablari asosida, xorijiy davlatlarning taʼlim sohasida erishgan
natijalarini inobatga olgan holda ishlab chiqilmoqda”
94
.
Xoʻsh, Milliy oʻquv dasturi asosida qanday yangilik va oʻzgarishlar joriy etilmoqda?
Oldingi oʻquv dasturlari mazmuni asosan foiz nazariyadan iborat boʻlib, oʻqitish
metodikasi yodlatishga yoʻnaltirilgan edi. Endi oʻquv mazmunining yarmi nazariya, yarmi
amaliyotdan iborat boʻladi va asosiy urgʻu oʻquvchining mustaqil faoliyatini qoʻllab-
quvvatlashga beriladi.
Ilgari oʻquv dasturlarida baholash faqat eslab qolingan bilimlar hajmini aniqlagan. Yangi
dastur asosida oʻquvchilarda shakllangan koʻnikmalar baholanadi.
Fanlar soni va oʻquv yuklamalari optimallashtirilib, oʻquvchilar qiziqishiga koʻra fanlarni
tanlab oʻqish imkonini beruvchi variativ oʻquv dasturlar asosida hayotga va kasbiy
faoliyatga tayyorlash imkoni ham yaratiladi.
Milliy oʻquv dasturi asosida fanlar chiziqli tartibda emas, spiralsimon tarzda oʻqitiladi.
Bunda asosiy eʼtibor mustaqil oʻrganish, tanqidiy fikrlash, jamoada ishlash, ijodkorlik,
tizimli va mantiqiy fikrlash kabi XXI asr koʻnikmalarini shakllantirishga qaratiladi. Endi fan
94
M. Pardayeva. Umumiy oʻrta taʼlimning milliy oʻquv dasturini yaratish: tanqiddan-tahlil, tajribadan-natija, sifatdan-
taraqqiyot sari // Umumiy oʻrta taʼlim sifatini oshirish: mazmun, metodologiya, baholash va taʼlim muhiti. Xalqaro onlayn
ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2020. – 4-bet.
[327]
mavzulari darsliklardan bir-birini mantiqan davom ettiruvchi hamda soddadan
murakkabga tomon yoʻnaltirilgan tarzda joy oladi.
Ilgarilari oʻquv materiali asosan darslik bilan cheklangan boʻlsa, endi darslikdan tashqari
oʻqituvchilar uchun metodik qoʻllanma, oʻquvchi mashq daftari, multimedia vositalari va
raqamli kontent ham taqdim etiladi. Bugungi kun oʻquvchisi internetga oshno,
zamonaviy texnika va texnologiyadan toʻlaqonli foydalana oladi. Demak, uni darsga,
kitobga, bilimga qiziqtirish, eʼtiborini egallash uchun zamonaviy yondashuv talab etiladi.
Darsliklar bilan birga multimedia ilovalari va boshqa raqamli mahsulotlar ham ishlab
chiqilayotgani bu yoʻldagi muhim qadamdir.
Yangilanayotgan darsliklar va boshqa oʻquv materiallari oʻquvchilarni mustaqil fikrlashga
oʻrgatishga, ularda tanqidiy va ijodiy tafakkurni oʻstirishga qaratilgan. Zamonaviy bilim
va koʻnikmalarga ega boʻlgan yoshlar esa mamlakatning ertangi istiqboli va
taraqqiyotining hal qiluvchi kuchidir.
Dostları ilə paylaş: |