Milliy psixologik qiyofa tushunchasi



Yüklə 63,62 Kb.
səhifə1/2
tarix02.06.2023
ölçüsü63,62 Kb.
#123384
  1   2
MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA TUSHUNCHASI


MILLIY PSIXOLOGIK QIYOFA TUSHUNCHASI

REJA:

  1. Milliy did va estetika .

  2. Milliy didni shakllantiruvchi omillar.

  3. Milliy ong va milliy o‘zini - o‘zi anglash tushunchalari.

  4. Milliy o‘zini - o‘zi anglash va uning xususiyatlari

Urf-odat, ana’na, kadriyatlar, etnos, milliy ong, milliy xarakter, etnopsixologiya, milliy goya. Etnopsixologiya, etnik birlik, millat ruxi, milliy tuygu, kadriyat, urf-odat, an’ana Milliy did, milliy goya, milliy ong, milliy mafkura, millat ruxi, Etnos, kadriyat, an’ana, etnopsixologiya, etnik katlam, etnik ong.


Ma’lumki, har bir individ shaxs sifatida shakllanar ekan, faqat o‘zi yashab turgan davrdagi ijtimoiy munosabatlar ta’siri ostida bo‘lib qolmasdan, shuningdek, tarixiy tajribalar, ajdodlar tomonidan yaratilgan, tuplangan va avloddan-avlodga o‘tib kelayotgan madaniy meroslar, milliy qadriyatlar ta’siri ostida ham shakllanadi. Bunda ayniksa, xar bir xalqka mos bulgan milliy urf- odat va an’analarning roli kattadir.
Shunday ekan etnopsixologiyaning asosiy o‘rganishi ob’ktlaridan urf-odat, an’analar udum va turli marosimlarni atroflicha urganish ularning vujudga kelishi, namoyon bo‘lishi, saklanishi va o‘zgaruvchanligi kabi konuniyatlarini ochib berish ham amaliy jixatdan ahamiyatga molikdir.
Xar bir davrning, xar bir xalqning ijtimoiy –iktisodiy tabiiy –biografik sharoitiga mos bo‘lib turadigan va uni o‘zida aks ettiradigan urf-odat va an’analari bo‘ladi. Odamzod ongli xayot kechira boshlagandan buyon vujudga kelgan urf-odatu marosimlar, udum va an’analarni xisoblab chikish kiyin.
Milliy urf- odat va an’analarda butun bir xalqning ijtimoiy extiyojlari, axlok normalari, manfaatlari, amaliy tajribalari va tarixiy yashash sharoitlari o‘ziga xos ravishda mujassamlangan bo‘ladi.Ular xalqning faoliyati jarayonida tugiladi , xar bir xalq bu tun tarixi davomida yashash sharoitining xarakteri va xususiyatlaridan kelib chikkan xolda kishilar O‘rtasidagi munosabatlarning ma’lum normada yul- yuriklarini yaratadi. Bu norma va yul-yuriklar avloddan-avlodga utish bilan takrorlanib, urf-odatlar va an’analarga aylanib koladi.
Shakllangan urf-odat va an’analar shaxsning ijtimoiy munosabatlarga kirish ishida shaxsning xulq- atvori ijtimoiy jixatdan belgilovchi, boshkarib turuvchi va shakllantiruvchi vazifalarni bajaradi .Qaysi bir urf-odat va an’anani, udum yoki marosimni kelib chikish sabablarini urganmasdan turib karaydigan bulsak, ular bir karashda, bemani, bexuda bo‘lib kurinadi.Aslida esa ularni barchasi kelib chikishi buyicha xalqning ijtimoiy- ikdisodiy va amaliy faoliyati natijasida vujudga kelgan va ularning ma’lum extiyojlarini kondirish uchun xizmat kilgan.
O‘rta-Osiyo va Kavkaz xalqlarining ayrimlarida mavjud va xozirgi kunda eskilik sarkiti, deb koralanadigan «Kalin» berish odatini urganishgan ba’zi olimlar, xozirgi davrga kelib, bu odat faqat ramziy kiymatga ega bo‘lib kolganini kursatishadi.
Ma’lumki, egzogam nigoxi xukm surgan davrlarda kiz olish va kiz berish bir qabila yoki urug doirasida bulmasdan, boshka qabila va uruglar bilan bular edi. Bir qabila boshka qabilaga kiz bergandan keyin, kiz bergan qabila yoki oila zaiflashib kolmasligi uchun ular ham albatta kushni qabilalardan kiz olishar va shu bilan axoli usish nisbatini sozlab turish kerak bulgan.
Lekin ayni shu paytda kushni qabilalarda buyi yetgan kizning bulmasligi yoki bir qabilada uylanadigan yigitning bulmasligi natijasida bunday teng xolat kiz almashtirishlar juda kam paytlardagina amalga oshgan. Bunday xollarda yigit tomoni kiz tomonga berish imkoniyati kelgunga kadar turli-tuman mol-dunyo xisobida kafolat yoki xozirgi tushunchamizga kelin berib turgan O‘rta Osiyo xalqlarida kelin berish xodisasi, deyarli uchramaydi. Uchrasa ham egzogam nikoxi qo‘llaniladiganxalqlar darajasidagi shakl va mazmunda emas. Shuningdek, xar bir xalqda u yoki bu narsalarga nisbatan turli ta’qiqlar, tabu-katagonlar mavjud bo‘ladi.
Kuzatishlar, ilmiy tadkikotlar shuni ko‘rsatadiki turli xollardagi ta’qiqlar, ma’n etishlarning hammasi ham be’mani, zararli bulmay ma’lum zaruriyat bilan vujudga kelar edi. Ya’ni ular xalqning yashash tarziga, extiyojlariga mos kelganligi uchun ham asrlar davomida avloddan-avlodga utib kelgan. Bu misollar shuni kursatadiki, odat va an’analar xalq xayotiga, turmush tarziga ongli ravishda kirib keladi, lekin ularning ta’siri esa stixiyali bo‘ladi. Shuning bilan birga ayrim urf-odatdar va an’analar o‘z umrini utab bulgan bulsa ham, yashovchanlik xususiyatiga ega bulganligi uchun yana o‘zok vakt saklanib, odamlar ongiga ta’sir etib turadi. Bu narsa insonlar psixologiyasi bilan bog‘liq bulgan xolat xisoblanadi. Chunki, mustaxkamlanib kolgan urf-odat va an’analarga amal kilmaslik kupchilik tomonidan koralanadi. Kupchilikni tana-ma’lomatiga kolishdan kurkish va tortinish, jamiyatni xar bir a’zosi urf-odatlarga ongli yoki kur-kurona bulsa ham amal kilishga majbur kilib kuyadi.
Urf-odat va an’analar ko‘pincha sinonim so‘zlar sifatida ishlatilsa ham, bu terminlar tushunchalar o‘rtasida faqat terminologiya tafovut bo‘libqolmasdan, yana ma’no jixatdan ham fark bordir. Urf-odatlar asosan oilaviy, maishiy soxalar bilan bog‘langanbo‘ladi va unda axlokiy, diniy va xukukiy normalari tula o‘z aksini topadi.
An’analar esa ijtimoiy xayotning hamma soxalarida mavjud bo‘lish bilan birgalikda, yana kelib chikish jarayonini ham kamrab oladi. An’anada kishilarning narsa va buyumlarga, tabiatga bulgan munosabatlari ifodalanadi. Ma’lumki, san’at va adabiyotda, armiya va oliy ukuv yurtlarida, sport va ishlab chikarish jamoalarida urf-odat bulmaydi, balki an’analar mavjud. Masalan, armiyaga yangi borgan soldatning kasamyod qabul kilish, oliy ukuv yurtiga kirgan yoshlarni talabalar safiga qabul qilinishi, yirik sport musobakalarida golib sportchi shaniga mamlakat bayrogini kutarilishi va madxiyani yangrashi-bular an’analar xisoblanadi. Bundan tashkari an’analarning ta’siri doirasi nisbatan keng bo‘lib, bitta an’ana bir necha urf-odat, udum va marosimlarni o‘zida kamrab olgan bo‘lishi mumkin. Masalan, xalqimizda mavjud bulgan mexmondustlikni olib karaydigan bulsak, mexmondustlik u yoki bu darajada xar bir xalq va millatga xos bulgan xususiyatdir. Lekin bu narsa yukorida kurib utganimizdek, o‘ziga xos ijtimoiy-tarixiy shart-sharoitlar ta’siri ostida, oilaviy-maishiy xayotdagi munosabatlar natijasida O‘zbekxalqida o‘ziga xos bir yusinda namoyon bo‘ladiki, bu O‘zbekxalqining milliy xususiyatiga, milliy an’anasiga aylanib kolgan. Mana shu mexmondustlik an’anasi bir necha urf-odatlar, udumlar orkali tula namoyon bo‘ladi. Masalan: O‘zbek koidalarida mexmon xar doim ochik chexra va shirin kalom bilan kutib olinadi. Xonadondagi eng noyob narsalar mexmon oldiga kuyiladi. Mexmonni kadr-kiymati uta yukori kadrlanadi.
Endi udum va marosimlarga kelsak, ular kuchli psixologik va xissiy ta’sir etish kuchiga ega bo‘lib, shular yordamida urf-odat va an’analar bevosita yuzaga chiqadi. Udum u yoki bu urf-odat va an’ananing bajarish vaktida amal kilinadigan tartib va koidalar. Marosim esa, udumni ko‘z-ko‘z kilib turadigan tashki bezagi tasviri, ya’ni bajarilishi jarayonidir.
Ikki kushni xalqO‘zbeklar bilan kozoklarning tuy utkazish vaktida bajariladigan turli udum va marosimlarni mashxur yozuvchimiz Oybek «Bolalik» kissasida juda moxirlik bilan tasvirlangan. Mana kozoklar tuyida bo‘ladigan marosimlar kanday tasvirlangan: bir utovda odamlar tikilinch. Ayollar erlardan kochmaydi. Bir-birlarini yelkalarini kokib bemalol xazillashib so‘zlashadi. Birdan kozoklar tipirchilagan osmonga sapchiydigan arg‘umoqlariga minib, uloqni boshlab yuborishadi. Uloqdan sung kizlar utovga bir tuda yasangan yigitlar kirib keladi. Kizlar kushiklar aytadi. Kulgi, qiyqiriq, o‘lan tinglaydi. Kelin bilan kuyov ulan aytishadi.
Endi to‘y marosimi O‘zbeklarda boshkacha kechadi. Karomatning tuyi tasvirida erkaklar va ayollar deyarli kushilishmaydi, marosimni aloxida-aloxida utkazishadi. «Kiz oshi» kuni kizning o‘zok-yakindagi dugonalari va maxallaning kizlari tuplanishadi. Dutorga jur bo‘lishib ashula aytishadi. Tuy kuni turli kungil ochar uyinlar tashkil kilinadi, ayollar «yor-yor» aytishadi va xokazolar.
Mana shu badiiy tasvirdagi ikki xalqda mavjud bulgan tuy utkazish jarayonidagi udum va marosimlar an’ana sifatida bir necha asrlar davomida avloddan-avlodga utib kelgan. Urf - odat, an’ana, udum va marosimlar bir-birini tuldirib, bir-biriga utib turishi mumkin. Ba’zan ma’lum urf-odatlar an’ana ham sanalishi mumkin, deb kursatiladi. Professor N. Sarsenbaev.
Masalan, mexmonga borganda «yuvosh utir» degan O‘zbek makoli bor. O‘zbeklar orasida bu-odat. Boshka millat vakillari doirasida esa bu odat O‘zbekxalqining milliy an’anasi sifatida namoyon bo‘ladi.
Ijtimoiy mazmunini va ahamiyatiga karab urf-odat va an’analar ilgor va kolok bo‘ladi va ijtimoiy rivojlanishga ijobiy ta’sir kursatadi. Kolok urf-odat va an’analar deb, umrini utab bulgan davr ruxiga mos kelmaydigan, ijtimoiy xayot tarakkiyotiga monelik kiladigan urf-odat va an’analarga aytiladi. Xalq xayotiga singib ketgan urf-odat va an’anani farmon berish, ta’qiqlash bilan yuk kilib bulmaydi, eski urf-odatlarni sikib chikarish uchun yangi, jozibali udum va marosimlarni yaratishimiz xalq xayotiga singdirishimiz kerak.

Shuning uchun ham urf-odat va an’analarni urganishda, rioya kilishda, nixoyatda extiyotkorlik bilan yondashish zarur bo‘ladiki, noroziliklarga va to‘zatib bulmas xatolarga olib kelishi mumkin.


O‘zbek oilalarida utadigan biron-bir yigilish, marosim, tantali tuy-tomoshalar, xashar va obodonlashtirish ishlari kattalarsiz, keksalarsiz, ularning maslaxatisiz utmaydi. O‘zok safarga ketayotgan xar bir kishi, kaytayotgan xar bir kishi albatta, maxalla va kishlokning hamma keksalarini va xasta bo‘lib yotgan kishilarni borib ziyorat kilishi zarur. Agar safardalik davrida maxalladagi biror kishi vafot etgan bulsa, birinchi navbatda uning oilasiga borib ta’ziya bildiriladi. Millatimizning asriy an’anaga va urf-odatlari, milliy mafkurani shakllantirish mumkin emas. Bunda Garb xalqlari uchun notanish, ammo milliy tabiatimizga xos bulgan o‘z-o‘zini boshkaruv usuli-maxallani rifojlantirish hamda uning mavkeini oshirish kerak. Jamiyat xayotida totuvlik va ijtimoiy tarbiyani tashkil kilishda maxallaning ahamiyati bekiyosdir. Xech bir avlod o‘zigacha yaratilgan va tuplanib kelingan madaniy meroslarsiz, bilim va an’analarsiz yashay olmaydi.
Ma’lum bir jamiyatda yashar ekan u, ajdodlar tomonidan tuplangan marosimlarni xayotning birinchi kunidanok o‘zlashtirib boradi.
Shuning uchun hamxalq xayotiga singib ketgan urf-odat va an’analarni xech kanday farmoyishi va ma’muriy yul bilan yukotib bulmaydi.
Lekin madaniy merosimizni urganishda ilgor urf-odat va an’analarni eski an’analardan farklashda ba’zan notugri yondashishlar ham bulganligini ta’kidlash kerak.
Masalan: yakingacha axoli O‘rtasida keng tarkalgan «Navro‘z» bayramiga asossiz ravishda diniy tus berilib, notugri asosda tankid kilinib man etib kelindi. Kelib chikish va mazmuniga kura «Navro‘z» bayramini diniy ham, konservativ ham, deb bulmaydi. Uni utkazish rasm-rusmlari, udumlari baxor faslining kirib kelishi va rizki-ro‘z bulgan ekin-tikin ishlarini boshlab yuborish kuvonchlarini tarannum etadigan xalq tantasidir, Navro‘z shark xalqlarida Yangi yilning kirib kelishidir.
Urf-odatlar va an’analar xar bir xalqda abadul-abad berilgan va xech o‘zgarmaydigan narsa emas.
Xayot ularni galvirdan utkazib, puchini-puchakka, sarasini-sarakka ajratib boradi. Yangi davrga moslasha olgani saklanib koladi. Shuning bilan birga xar bir davr o‘zining udum va marosimlarini, urf-odatlar va an’analarini yaratadi. Yangi vujudga kelayotgan urf-odatlar o‘z-o‘zidan, kuruk yerda paydo bulmasdan, asosan ikki man’ba-birinchisi, ilgari mavjud bulgan ilgor an’analar o‘zgartiriladi.
Tuy-marosim, marakalar?. Izoxlang.
Ba’zi joylarda eski, kolok urf-odatlarning saklanishi, odamlarga yokkanligi yoki unga kuchli e’tikod kilganliklari uchun emas, balki ularni inkor kiluvchi sikib chikaruvchi, ular urnini bosuvchi yangi marosimlar va urf-odatlarning yukligidir.
Kolok urf-odat va an’analarning farmoyish va buyrukbozlik bilan osonlikcha yukotib bulmaydi. Ular kuchli va jozibali yangi urf-odat va marosimlar bilan sikib chikariladi.
Milliy tuygu etnopsixologik xususiyatlarini tashkil etuvchi komponentlar ichida nisbatan kam urganilgan soxa xisoblanadi. Ijtimoiy xodisalar ichida milliy tuygu o‘zining kelib chikishi bilan o‘zok utmishga borib takaladi. Shuning uchun uni urganishda nixoyatda extiyotkorlik ziyraklik bilan ish olib borishlik talab etiladi.

Milliy tuygular asosida milliy manfaat va extiyojlar, ayniksa, uning muvaffakkiyati yoki muvaffakkiyatsizligini tinchligi va notinchligini ta’minlovchi narsalar yetadi. Milliy tuygular kishining milliy vokelikdagi barcha narsa va xodisalarga milliy jarayonlarga, ona tabiat va zaminga, shuningdek xalqning tarixi va ma’naviy merosiga milliy kadriyatlarga bulgan munosabati shaklida namoyon bo‘lib milliy ma’naviy xayotida katta ahamiyatga egadir. Milliy tuyguning ta’sirchanligi, ayniksa, zero xar bir xalqning milliy xususiyatlari til orkali o‘z ifodasini topadi. Milliy tilga bulgan munosabatning salgina bulsa ham bo‘zilishi xalqlar va millatlar O‘rtasidagi munosabatlarga katta zarar yetkazadi .


I.M. JABBOROVNING « O‘zbekxalq etnografiyasi » kitobida turli xalqlar o‘z tilini yaxshi kurishi va tilda gaplashadigan boshka xalq vakilarini xurmat kilishi xakida bundan 1000 yil avval yozilganligi misol keltiriladi.
Farzandlarimiz ongida vatanga, boy tariximizga, milliy kadriyatimizga nisbatan xurmat- extiromni karor topdirish xar xil yot mafkura kadriyatlariga ergashmaydigan milliy immunitetni shakllantirishimiz darkor. Buning uchun ularning tafakkurida o‘zligini anglash va unutmaslik karor topishi o‘z tarixi, utmishi buyuk ajdodlari xayoti milliy kadriyatlarini milliy urf- odatlarini yaxshi bilib o‘zlashtirishlari lozim.
Vatanga muxabbat, vatanparvarlik tuygusi odamning kalbida tabiiy ravishda tug‘iladigandek tuyiladi. Aslida tuyg‘ularning ham shakllanishida ma’lum ta’lim –tarbiyaviy tadbirlarga e’tibor berish zarur. Inson o‘zligini anglagani nasl –nasabini bilgani sari yuragida vatanga muxabbat tuygusi ildiz otib yuksala boradi. Bu ildiz kancha chukur bulsa, tugilib usgan yurtga muxabbat ham shu kadar cheksiz bo‘ladi. Bunda ayniksa ona tiliga bulgan munosabat yetakchi urinda bo‘ladi.
Chunki « Ona tili-bu millatning ruxidir, o‘z tilini yukotgan xar kanday millat o‘zligidan judo bo‘lishi mukarrar ».
Shurolar davrida bizning tariximiz ukitilmadi yoki ataylab bo‘zib, soxtalashtirib berildi. Bobomiz Amir Temur konxur, jallod, shaxs sifatida tasvirlandi. Tarixini bilmagan, utmishdan maxrum kilingan xalqda, tabiiyki, milliy tuygular, gurur, faxr bulmaydi. O‘zgalar tobeligida yashashga urganib faqatbiologik extiyojlar kuliga aylangan xalq mankurtlashadi. Unda milliy ozodlik, mustakillik tuygulari bulmaydi. Bizda ham afsuski mankurtlik xususiyatlari shakllana boshlagan ediki, buyuk bobomiz Amir Temur xakida latifalar tukib chikara boshladik. Bu xil latifalarni «ijod»kilishdao‘zimizning yozuvchilarimiz ozmuncha ter to‘kishmadi.
Milliy tuygular tarixiy kategoriya bo‘lib shu milliy va xalq vakillariga tashki ob’ektiv omillarning doimiy ta’sir etib turishi natijasida vujudga keladi. Shaxsda milliy tuygu va ongni shakllantirish, rivojlantirish uchun xalqimiz tarixini, milliy kadriyatlarni, buyuk ajdodlarimiz xayotini, boy ma’naviy merosini chukur urganish lozim.
Milliy tuygularning namoyon bo‘lish kuchi va intensivligi hamma xalq va millatlarda bir xil bulavermaydi. Bu tuygular kichik, kam sonli etnoslarda katta, kup sonli xalqlardagiga karaganda, shuningdek, kam tarakkiy etgan mamlakatlarda rivojlangan mamlakat xalqlaridagiga karaganda kuchli va yorkin namoyon bo‘ladi.
Ayniksa, ilgari jabr - zulm kurib kelgan, ezilgan va ranjitilgan xalqlarda milliy tuygular nixoyatda sezgir va ta’sirchan bo‘ladiki, xatto xazil shaklida millat sha’niga aytilgan fikrlar ham norozilik tugdirishi, xissiyotlarni jumbushga keltirishi, milliy nizolarni keltirib chikarishi mumkin.
Milliy tuygular xilma- xil bo‘lib, unga axlokiy, estetik, intelektual va maishiy tuygular kiradi. Ular vatanparvarlik, milliy iftixor, hamkorlik, xayrixoxlik yoki garazguylik, dushmanlik kabi kurinishlarda o‘z ifodasini topadi. Vatanparvarlik va o‘z ona tabiatiga mexr- muxabbat tuygulari, milliy tuyguda muxim urin tutadi. Vatanparvarlik asrlar va ming yillar davomida birgalikda yashagan etnik guruxda shakllangan eng chukur tuygulardan biridir. Yetuk vatanparvarlik tuygusi maxalliy, xududiy parchalanishlar va turli-tuman mayda etnik tafovutlar tugatilib, elat va millatlarning shakllanishi jarayonida vujudga kela boshlaydi.
Ma’lumki, 19 asrning 70 yillarigacha, xozirgi O‘zbekiston xududida uchta xonlik Kukon va Xiva xonligi, Buxoro amirligi mavjud edi. O‘zbek elati shu uchta xonlik va amirlikda yashasa ham, xududiy, iktisodiy, siyosiy parchalanish yagona O‘zbek millatini vujudga keltirmaydi. Demak, shu davrda yagona milliy tuyguning mavjudligi tugrisida so‘zbo‘lishiham mumkin emas edi. O‘zbekistonrespublikasining tashkil topishi, O‘zbek elatini millat darajasiga kutardi. Natijada, milliy tuygu shakllanadi va rivojlanib boryapdi.
Xaqiqiy vatanparvarlik deb kursatgan edi, amerikalik etnopsixologlar B.Gonniy va V.Jeromlar, faqatxalqi va vatanining jaxon mikyosida tutgan mavkedan faxrlanish bilangina namoyon bulmaydi. Millat xayotida shunday davrlar va xolatlar bo‘ladiki bunda Xaqiqiy vatanparvarlik tuygusi uyalish va orlanish bilan tulib toshishi mumkin. Darxakikat, millatning ukimishli vakilari, ziyoli va olimlari, yozuvchilari millat xayotiga, milliy jarayonga teran ob’ektiv ko‘z bilan karab, millat xayotidagi ayrim kamchilik va nuksonlarini ruy-rost ayta olishgan tankid kilishgan. Tanikli O‘zbek ma’rifatparvari Abdulla Avloniy « Turkiy guliston yoki axlok » kitobida bunday yozadi: «Bizlar na uchun xarakat kilmaymiz, kimirlamaymiz? Boshka millatlarni ugillari, kizlari kecha demay, kundo‘z demay, yoz demay, kish demay ilm yulida jonlarini fido kilib, kovushib, yugurishib, ko‘zlarimizni kamashtirib turgan bir zamonda ,bizlarhamon uykudan jaxolatdan boshimizni kutarmaymiz, ibrat olmaymiz»…Milliy tuygular kupincha milliy iftixor sifatida namoyon bo‘ladi. Lekin shuning bilan birgalikda o‘z millatini ortikcha kuklarga kutarish, uning kandaydir boshka xalqlarda bulmagan fazilatlari tugrisida «kuyib - pishib» ta’kidlash, o‘zxalqini boshka xalqlarga karama –karshi kuyishi boshka xalqlarga nisbatan mensimaslik ruxini keltirib chikarishi mumkin.
Bularning barchasi real vokelikning, xayotning xolisona taxlili bulmay, ayrim individlarning sub’ektiv fikrlari ularok vujudga keladi. Buni ajoyib « xalq » kitobining muallifi mashxur franso‘z tarixchisi Jyul Mishle misolida kurish mumkin. Uning vatanparvarligi ayrim urinlarda millatchilik bilan almashib ketadi. Masalan, Fransiya tarixini hamma xalqlar uchun namuna bo‘ladigan tarix deb kuklarga kutaradi. «Barcha xalqlarning tarixi kandaydir kiskartirilgan bo‘lib, faqat Fransiya tarixigina tulik kurinishga ega »,- deb kursatadi, muallif. Italiya tarixida oxirgi asrlar yetishmaydi. Angliya va Germaniya tarixida boshlanish davrlar yetishmaydi. Faqat Fransiya tarixini urganib, siz butun dunyo tarixini bilib olishingiz mumkin.
Milliy tuygular va kayfiyat millat vakillarining jipslashuvi va irodasini namoyon bo‘lishida katta rol uynaydi. Millatning birgaligida, milliy tuygu, milliy kizikishlarning umumiyligi, tarixiy xodisalar va milliy kadriyatlar mexr –muxabbat, milliy iftixor tuygulari sifatida namoyon bo‘ladi.
O‘zxalqining kup asrlik boy tarixi, ajoyib ma’naviy merosi bilan xakli ravishda faxrlanish, ayrim tadkikotchilar uylaganidek utmishni kumsash emas, balki kadimiy tarixni xalq yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni kengrok urganish va ochib berish, ularni yangi avlodlar tomonidan ajdodlar merosi sifatida o‘zlashtirishni ta’minlashdan iboratdir.
Shuni ham kursatib utish kerakki, bu davrda millatning xoxish, irodasini ifodalovchi ilgor tuygular bilan birga, milliy xudbinlik, millatchilik va ular bilan bog‘liq xolda milliy xurofiy tuygular ham namoyon bo‘lib koladi.Idrok etilayotgan vokealar va tashki odamdagi narsalarni bilishdan vujudga keladigan xissiy-ruxiy reaksiya turli xollarda o‘ziga xos ravishda namoyon bo‘ladi. Etnos yashayotgan turfa xil tibbiy sharoitlar-urmon, chul, dashtlik, tog, suv xavzalari, vodiy va voxalar, shuningdek tarixiy tarakkiyotdagi o‘ziga xoslik xalqlarning idrok etishiga o‘z ta’sirini kursatadi.
Milliy did - bu xalq va millatni kupchilik vakillarida tarixiy jixatdan vujudga kelgan go‘zallik va xukuklik tugrisida beriladigan baxodir. Milliy did o‘zida milliy o‘ziga xoslikni mujassamlashtirgan bo‘lib, xissiy va ruxiy jixatdan milliy psixologik kiyofaning xarakterli xususiyatlaridan biri sifatida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham uni xalq xayoti va turmushidan ajratib tushunib bulmaydi. Ma’lum milliy muxitda yashab va voyaga yetar ekan xar bir shaxsning ruxiy xususiyatlari millatning psixologik xususiyatlaridan kuchirma oladi.
Shaxs ajdodlar tomonidan tuplangan madaniy meroslarni o‘zlashtirib boradi va uni urab turgan milliy zamin ta’siri ostida unda atrof-muxit, iklim sharoitlari, xayvonot olamini idrok etishga nisbatan maxsus did va xis-tuygular shakllanadi. Odam eng avvalo uni ilk bolalik davridanok urab turgan, unga xar kun xar soat sayin ta’sir etib turgan, uning amaliy maksadlari va moddiy extiyojlarini kondiradi, narsalarning xususiyatlarini boshka xalq vakillariga nisbatan chukurrok idrok etishga urganadi. Shuning uchun ham tabiat va jamiyatdagi biror narsa va xodisa bir millat va elat vakillarida kuchli xissiy-ruxiy reaksiyani keltirgan xolda, boshka millat va elat vakillari uchun befark bo‘lib kolish mumkin. Masalan, chul kozok xalqi uchun bir necha yuz yillar mobaynida xayot kechirish manbai, ularning tabiiy boyligi bo‘lib kelgan. Shu boisdan kozok xolkida uni idrok etishga nisbatan o‘ziga xos did vujudga kelib, chul chukur xurmat bilan kuylanib kelinadi.
Bir xalq vakillari boshka xalq orasiga tushib kolishganda, ularda mavjud bulgan o‘zaro munosabatlarni kurib (rejalash) taa jjublanishi mumkin. Chunki bu narsalar unga kandaydir gayri- tabiiy bo‘lib kurinadi.
Kuddusni (plastinki ) iste’lo kilib olgan franso‘zlar arablarning kup xotinlik odatiga nafratlanib karashgan, arablar esa franso‘z xonimlarining ochik yuz bilan yurishini xayosizlik deb xisoblashgan, deb yozadi etnograf L. N. Gumilov.
XX asrning yirik yozuvchisi Ch. Aytmatov asarlarini ukisak, unda kirgiz va kozok xalqlaridagi odatni - kiz olib kochish xodisasini kuramiz. " Osmon yuli " kissasida Kosim ovuliga kaytishda sevgani Aminani olib ketadi, " Sarvkomat dilbarim "da Ilyos Asalni, "Jamila"da Doniyor Jamilani o‘zi bilan olib kochib ketadi. Albatta bunday an’analarga ega bulmagan xalqlar uchun bu xil xatti- xarakatlar gayri -tabiiy kurinishi mumkin. Lekin xar bir urf -odat va an’analarning vujudga kelishida yukorida aytganimizdek, ma’lum iktisodiy, ijtimoiy omillar ta’sir etgan bo‘ladi.
Faoliyat jarayonida vujudga keladigan milliy did millatning ham moddiy, ham ma’naviy extiyojlarida namoyon bo‘ladi. Kishilarning moddiy extiyojlarini kondirilishi asosan ishlab chikarishning rivojlanishi darajasi bilan belgilanadi. Shuning bilan birga tabiiy geografik shart- sharoitlarining xususiyatlari ham moddiy iste’mol xarakterga ta’sir kursatadi.
Yeyish va ichishning kanday bo‘lishi shu xalqning Qaysi turi bilan shugullanishiga, uni urab turgan borlikka va xayvonot olamiga kup jixatdan bog‘liqbo‘ladi.
Xech bir odam o‘zi kurmagan, mazasini tatib kurmagan narsalarga nisbatan extiyoj xosil kilmaydi.
Dexkonchilik va bogdorchilik bilan shugullanadigan respublikamiz axolisining asosiy ovkati guruch, sabzavot va mevalar xisoblanadi.
Shunga kura, ularda kishlok xujalik va usimlik maxsulotlarini ishlab chikarishga, ularda turli tuman ozik -ovkat maxsulotlar tayyorlashga nisbatan, malaka va odatlar rivojlangan bo‘lib, shunga kura tab va didlar ham shakllangan. Chorvachilik bilan shugullanuvchi xalqlarda esa gusht va gusht maxsulotlariga nisbatan extiyoj va did shakllangan.
Milliy estetik didning o‘ziga xosligi milliy ma’naviy xayotining kup soxalarida namoyon bo‘ladi. Ayniksa, ular me’morchilik kurilishlarida, tasviriy san’atda, musikada, rakslarda, adabiyotda, milliy kiyimlarda va uning bezaklarida ayollarning xushruyligida va ijtimoiy xayotning boshka soxalarida tula o‘z ifodasini topadi. Go‘zallik tabiatda va jamiyatda ob’ektiv jixatdan mavjud. Avstraliyadagi ayrim qabilalar kizlarining ko‘zlarini yoshligidanok gilay kilishga xarakat kilib, bosh kiyimining chekka tomoniga yaltirok narsa osib kuyishar ekan. Chunki bu yerda gilay ko‘zli ayol go‘zallik belgisi xisoblanadi. Odam o‘zining yashab turgan tabiiy sharoitini boshka joylarga uxshata olmaydi, chunki inson o‘zi yashab turgan joyiga nisbatan dinamik steriotip xosil kilgan.
Izoxlang?
Rossiya podshosi Anna Ivanovna saroyiga balga taklif kilingan Xitoy elchilari, malikaning shu yerda xozir bulgan xonimlardan Qaysi birini ular eng go‘zal, deb xisoblaydilar, deb bergan savoliga Pyotr 1 ning kizi Yelizavettani afzal kurganliklarini aytishadi. Yelizavetta darxakikat juda go‘zal bulgan, lekin u kanchalik go‘zal bulsa ham, uning shaxlo ko‘zlari urniga kisikrok bulganida yanada go‘zal bo‘lishini e’tirof etishgan. Umuman keyingi yillarda respublikamizda san’atni barcha turlariga e’tibor kuchayib rivoj topib bordi. Shulardan kurinadiki, san’atning u yoki bu turini tugri tushunish va tula idrok etilishi uchun uning milliy zaminida nechoglik ildiz otgan bo‘lishi, unga nisbatan xalqda kanchalik ta’b va didning shakllangan bo‘lishiga bog‘liq bular ekan. Mexnat faoliyati, iktisodiy uklad va yashash sharoitlari asosida vujudga keladigan milliy did bu sharoitlarning o‘zgarishish bilan ma’lum darajada o‘zgarishlarga uchraydi. Lekin kadimiy ta’b va didlar butunlay izsiz yukolib ketmaydi. Chunki o‘zok vakt kishilar iste’molida bulgan u yoki bu ta’blar, xalq xayotining ma’naviy va moddiy tomonlarida o‘zining chukur izini koldirgan bo‘ladiki, ularning o‘zgarishi yoki yukolib ketishi, yangi did va ta’blarning shakllanishi uchun un va yuz yillar kerak bo‘ladi.Falsafa, etnografiya, ijtimoiy psixologiyaga oid aksariat adabiyotlarda milliy ong va milliy o‘zini - o‘zi anglash tushunchalari deyarli farklanmasdan, sinonim so‘zlar sifatida ishlatib kelinadi. Tugri, ular O‘rtasida mazmunan o‘zviy bog‘liq va yakinlik bor. Ular bir jarayonning turli boskich darajalaridir.

Millatning o‘zini- o‘zi anglashi-etnik psixologiyasining ancha keyin vujudga keladi murakkab fenomeni xisoblanib, u milliy ong asosida vujudga keladi va uning to‘zilmasiga kiradi. Milliy o‘zini - o‘zi anglash millatning o‘z manfaati, maksadi va motivlarini anglab yetish darajasini bildiradi. Shuningdek, u millat tomonidan o‘zining utmishi tarixi, etnik kelib chikishi, milliy goyalari, kelajagi jaxon jamiyatida tutgan urnini bilishi bo‘lib vatanparvarlik, milliy gurur, sha’n, burch kurinishlarida namoyon bo‘ladi.


Agar insonning milliy ongi mansubligini anglash orkali millat xayotidagi vokea vakillar ongida katta o‘zgarishlar bo‘lishiga, milliy o‘zini - o‘zi anglashning rivojlanishiga va boyishiga olib keladi. Milliy o‘zini - o‘zi anglashda millat ziyolilari katta rol uynaydilar. Ular o‘z milliy tilida san’t va adabiyotini rivojlantirishi, milliy kadriyatlari uchun kaygurish orkali milliy manfaatga goyalar uchun kurashib, milliy o‘zlikni rivojlantirishga xizmat kiladi. Bu kurash, ayniksa milliy til, milliy kadriyatlar kamsitilgan, milliy manfaatlar xavf ostida kolgan paytlarda kuchayadi.
Milliy o‘zini-o‘zi anglashda malum subektivizm mavjud bo‘lib, u muayyan tarixiy va ijtimoiy davrlarda o‘z yunalishini o‘zgartirib turishi mumkin. Bazan bu yunalishi o‘z chegarasidan chikib ''millatchilik'' degan xafli, xatarli xolatni tugdiradiki, milliy o‘zlikni boshka etnik guruxlarga karama - karshi kuyish, milliy maxdutlik kabi nomakbul kurinishlarga aylanadi.
Milliy mansublikni anglash bilan bog‘liq xususiyatlar ancha barkaror bo‘lib, doimo ijtimoiy siyosiy tarixiy o‘zgarishlar ta’siriga berilmasligi yoki nisbatan kam berilish mumkin. Shuning uchun bulsa kerak, tarix takozosi bilan o‘z VATANidan ajrab boshka yurtlarga borib kolgani va u yerdao‘zok vaktlar davomida yashayotgan kam sonli millat vakillarida milliy ongni shakllanishi o‘ziga xos konuniyatlar asosida kechadi. Ularning milliy tilni saklashi, milliy urf odat va ananalarga rioya kilish kadriyatlar bilan bevosita alokasi malum darajada saklangan. Bunday sharoitda xech bir avlod vakilida etnik ong katta avlod tomonidan berilayotgan malumotlar, oila azolari va yakin karindoshlar O‘rtasida so‘zlashuvlar vositasi xisoblangan ona til, milliy madaniyat xakidagi bilimlar asosida vujudga keladi. Turli davrlarda o‘zok ajnabiy yurtlarga borib kolgan millatdoshlarimizning xayoti misol bo‘ladi.
Xususan Amerikada yashayotgan O‘zbeklar bir-birlari bilan yakin munosabatlarni saklash, o‘zaro suxbatlarni ona tilida olib borish, milliy taomlar tayyorlashga va yana eng muximi o‘zaro kuda-andachilik rishtalarini tiklashga xarakat kiladilar. Umuman bir necha un va yuz yillar davomida ajnabiy yurtlarda yashayotgan millatdoshlarimizning psixologik xususiyatlarni ilmiy asosda urganish tadkikotchiga muxim ma’lumotlar berish mumkin.
Etnik birlik kattarok va kuchlirok etnos kurshovida kolganda yoki tazyikka uchraganda etnik ong ananaviy moddiy va manaviy madaniyatning turli shaklariga( til, din, urf-odat, kadimiy kushiklar, milliy kiyim va x.o) tasir kursatib, etnik xususiyatlarni ximoyalashga, saklab kolishga yordam beradi. Shulardan kurinib turibdiki, etnik, ong etnik jarayonlarning maxsuli bo‘libgina kolmay, shuningdek etnik jarayonning manaviy soxasiga tasir etuvchi omillar rolini uynaydi .
Totalitar to‘zum- shurolar davrida O‘zbek millatining o‘zini-o‘zi anglashi o‘z tarixi madaniy merosi, buyuk ajdodlar xayoti va ijodini urganishga kizikishning ortishiga milliy tilning ijtimoiy va xukukiy vazifalarining kengaytirishdagi xarakatlarda, moddiy va manaviy boyliklarni saklashdagi intilishlarda, O‘zbekistonning real mustakilligini ta’minlash uchun kilingan siyosiy say-xarakatlarda kurinadi.
Milliy ozodlik uchun kurashayotgan millatda milliy ong ezuvchi millatga nisbatan millatchilik kurinishida namoyon bo‘lishi tabiiy jarayon xisoblanadi. Zero milliy o‘zini -o‘zi anglashning dastlabki boskichlarida o‘z millatining tarixi buyuk, shaxslari bilan faxrlanish, uni kuklarga kutarish, o‘z ezuvchilari bulgan millatga karshi kuyish tarzida bo‘ladi. Buni biz barcha milliy ozodlik xarakati boshidan kechirgan xalqlar tarixida kurishimiz mumkin. Xususan XIX asr boshlarida ijod kilgan Bexbudiy, Fitrat, Chulpon, A. Kodiriy, Avloniy kabi ijodkorlar faoliyati bunga misol bula oladi. 80- yillar oxiri sobik Ittifok deb atalmish imperiyaning kulashi arafasida buyuk bobomiz Amir Temur nomining tiklanishi, milliy bayrok misoli kutarilishi, shu bayrok ostida millatni birlashtirish uchun xarakat kilinishi bejiz emas edi. Buning uchun bobomiz, xayoti va faoliyati, kaxramonliklari xakida yozilgan kitoblar chop etila boshladi tarixiy xakikat tiklanib, uning jaxon tarixidagi urniga berilgan baxolar bilan millat tanishtirish millatning egilgan sha’ni, gururi tiklana boshlandi. Alloma bobolarimizning Buxoriy, Yassaviy, Nakshbandiy, Najmiddin Kubro, Zamaxshariy qabilarning nomlarini xalqka kaytarilishi ularni kitoblarini chop etilishi kabi jarayonlar millatning o‘zini-o‘zi tanishini yukorirok boskichga olib chikdi.
Afsuski, xozirgi paytgacha fanda individga o‘zining etnik birlikka mansubligini anglash, ya’ni etnik ong necha yoshdan vujudga kelishligi va bu jarayon kanday boskichlarda utishligi aniklanmagan. Shvesariyalik psixolog Jan Piaje ikki yuzga yakin bolalarni muayyan vakt davomida ko‘zatish va urganish orkali ularda xech kanday millatchilik va milliy mansublikni anglash kabi bilim va xususiyatlar bulmasligini, ya’ni bolalar o‘zlarining eng dastlabki rivojlanish boskichlarida "internatsional" bo‘lishligi, etnik xususiyatlar va etnik ong keyinchalik, ma’lum ta’lim-tarbiya va ijtimoiy muxit orkali shakllanishni aniklagan.
Bizning fikrimizcha, bolalar o‘zlarining u yoki bu etnik birlikka mansubliklarini, avvalo, ota-onalarining Qaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orkali bilib oladilar.
Ota-onalari turli millatga mansub bulgan ota-onalardan birining qabul kiladi. Bu esa yashayotgan mamlakatdagi siyosiy, ijtimoiy -iktisodiy xukukiy, madaniy -maishiy kabi bir kancha vaziyatlarga bog‘liqbo‘ladi.
Kupincha bunda etnik vaziyatlar, ota-ona mansub bulgan etnoslarning son nisbati ham muxim rol’ uynaydi.
Milliy mansublikni anglash, insonning butun umri davomida saklanib boshka yurtlarda yashayotganda ham unutilmaydi. Aksincha, o‘z etnik guruxini, yurtini, yurtini soginish, kumsash sifatida namoyon bo‘ladi. Shaxsning xulq - atvorlariga va boshka ruxiy xususiyatlariga ta’sir etib turadi.


Yüklə 63,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin