Milliy qadriyatlarni tiklash - ularga hozirgi zamonga mos yangi mazmun ato etish demakdir. Xuddi shuning uchun ham, O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mamlakatimizga hozirgi zamon talablariga javob beruvchi umuminsoniy demokratik Qadriyatlar xalqimiz turmush tarziga kirib kela boshladi. Inson haq - huquqlariga rioya qilish, tadbirkorlik erkinligi, matbuot erkinligi, ana shular jumlasidan edi. «Ushbu demokratik qadriyatlar jamiyatimiz uchun muhim ahamiyatga egaligi haqida gapirar ekanmiz, bu qadriyatlar tarixiy jihatdan ham, etnik - madaniy jihatdan ham xalqimizning o’ziga xos xususiyatlariga zid emasligini qayta-qayta takidlashni istardik».
Umuminsoniy demokratik qadriyatlarning eng muhimi - inson haq – huquqlari va erkinliklarini har tomonlama himoya qilishdir. Insoniyat tarixida Buyuk fransuz revolyutsiyasi (1789) qabul qilgan «Inson va grajdanlar huquqlari dekloratsiyasi», 1948 yilning 10 dekabrida BMT Bosh Assambeliyasi tasdiqlagan «Inson huquqlarining eng umumiy dekloratsiyasi» - inson haq - huquqlari va erkinliklarini himoya qilishga qaratilgan tarixiy hujjatlar edi. O’zbekiston davlat musatqilligiga erishishi bilan mustabid tuzum sharoitida oyoq osti qilingan inson haq - huquqlari va erkinliklarini tiklash, uni himoya qilishga kirishdi. Insonning asosiy huquqlari va erkinliklari O’zbekiston Respublikasi Asosiy qonuni – Kons-titutsiyaning umumiy qoidalari va olti bobdan iborat ikkinchi bo’limida huquqiy jihatdan musathkamlandi. Shuningdek, demokratiya, barqarorlik, oshkoralik, tinchlik, hamkorlik kabi umuminsoniy qadlriyatlarning rivoj topishi uchun ham imkon yaratildi.