Kurs ishining maqsadi. Qishloq xoʻjaligida chorvachilik korxonalarini tashkil etish masalalari yuzasidan xulosa va takliflar tizimini ishlab chiqishdan iborat.
Kurs ishining vazifalari. Mazkur maqsadni amalga oshirish uchun bir qator vazifalar belgilandi, jumladan:
– O’zbekistonda chorvachilik holati va taraqqiyoti haqidagi ma’lumotlar bilan tanishish;
– chorvachilikda iqtisodiy samaradorlikni oshirish yo’llarini o‘rganish;
– chorvachilik korxonalarini tashkil etish va boshqarish mexanizmlari borasida tadqiqot olib borish;
– sutchilik qoramolchiligida mashhur zotlardan foydlanish tajribasini qo’llash;
– chorvachilik korxonalarida oziqlantirishga e’tibor berish masalalarini chuqur tahlil etish.
Kurs ishining obyekti. O‘zbekiston Respublikasida qishloq xoʻjaligida chorvachilik masalalari bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaror, farmon, farmoyishlari hamda Vazirlar Mahkamasining qarorlari, shuningdek, sohaga doir ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan.
Kurs ishining predmeti. Mazkur kurs ishining predmeti chorvachilik korxonalaridir.
Kurs ishining tarkibiy tuzilishi. Ushbu kurs ishi kirish qismi, 2 bob, 4 fasl, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat. Kurs ishi hajmi 32 sahifani tashkil etadi.
I BOB. CHORVACHILIK SOHASINI RIVOJLANTIRISH O‘zbekistonda chorvachilik holati va taraqqiyot istiqbollari
Chorvachilik – mamlakatimiz qishloq xo'jaligining muhim tarkibiy qismidir. Chunki bu tarmoqda inson salomatligi uchun zarur, oqsil moddalariga boy bo'lgan turli xildagi oziq-ovqat mahsulotlari yetishtiriladi. Go‘sht, sut, tuxum – aholining asosiy oziq-ovqat mahsulotlari bo'lib, ularsiz oziq moddalarga bo'lgan talabni qondirib bo‘lmaydi.
Chorvachilik sanoat uchun jun, teri, go'sht, sut kabi xomashyo yetkazib beradi. Natijada sanoat tarmoqlarining rivojlanishiga shart-sharoit yaratiladi. Chorvachilik tarmog‘i dehqonchilikni mahalliy o‘git bilan ta’minlaydi. Bu esa yerlaming mahsuldorligini oshirishda muhim ahamiyatga ega.
Chorvachilik yurik tarmoq bo'lib, hayvonlar turlari va yetishtiriladigan mahsulotlar xususiyatidan kelib chiqqan holda quyidagi tarmoqlarga bo'linadi:
- qoramolchilik;
- qo‘ychilik;
- parrandachilik;
- cho'chqachilik;
- yilqichilik;
- mo‘ynachilik;
- baliqchilik;
- asalarichilik va boshqalar.
Shuning uchun respublikamiz hukumati chorvachilikni rivojlantirishga qaratilgan yirik dasturiar ishlab chiqib, ularni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha qator chora-tadbirlarni amalga oshirmoqda. Masalan, shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollarini ko‘paytirishni rag‘batlantirish dasturini amalga oshirish yuzasidan bajarilayotgan chora-tadbirlar bugungi kunda sezilarli natijalar bermoqda.
Qoramolchilik chorvachilik tarmoqlari tarkibida alohida ahamiyatga ega. U aholini qimmatli oziq-ovqat mahsulotlari - sut va go‘sht bilan ta'minlaydi. Ularning terisida esa ko‘p turdagi charm mahsulotlari tayyorlanadi. Boshqa turdagi chorva mollari bilan taqqoslaganda, qoramollar yuqori sut mahsuldorligiga ega. Bir yil mobaynida bir bosh qoramoldan 5-8 ming kilogramm, bir sutkada esa 25 kilogrammgacha sut sog‘ib olish mumkin. Bundan tashqari, qoramollar ratsioni tarkibiga kiruvchi ozuqalar ham boshqa turdagi chorva mollari ozuqasiga nisbatan ancha arzon bo‘lib, asosan dag‘al xashak iste'mol qiladi. Qo'ychilik ham chorvachilikning muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, go‘sht, jun, teri, qorako‘l teri, sut va boshqa mahsulotlar beradi.
Mamlakatimizda 2021-yil holatiga 20846,2 ming gektar yaylovlar mavjud bo‘lib, ushbu yaylovlarda qo‘ychilikni rivojlantirish uchun zarur shartsharoitlar mavjuddir. Parrandachilik chorvachilikning eng mahsuldor, samaradorlik darajasi yuqori bo‘lgan tarmoqlaridan biridir. Parrandachilik aholini to‘yimli parhez oziq-ovqat mahsuloti va oqsilga boy tuxum bilan ta'minlaydi. Keyingi yillarda mamlakatimizda baliqchilikka ham alohida e'tibor berilmoqda. Baliqchilikni rivojlantirish bo‘yicha maxsus dastur va me’yoriy hujjatlar qabul qilinib, baliq yetishtirishga ixtisoslashgan fermer xo‘jaliklari tashkil etilmoqda.
Chorvachilik O‘zbekiston qishloq xo‘jaligining jadal rivojlanayotgan sohalaridan biri bo‘lib, mamlakatda ishlab chiqarilgan qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 46,3 foizi uning ulushiga to‘g‘ri keladi. Shuning uchun ham Respublika aholisining oziq-ovqat bilan muntazam ta’minlab borishda qishloq xo‘jaligi hayvonlari, parrandalari, baliq va asalarilarni ko‘paytirish, shuningdek, mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini oshirish bugungi kunning dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Shularni hisobga olgan holda Chorvachilik tarmoqlarida nasldorlik va mahsuldorlik ko‘rsatkichlarini yaxshilash, seleksiya-naslchilik ishlarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish va keng ko‘lamli seleksiya ishlarini yuritish muhim vazifalardan sanaladi.
Mamlakatimiz mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlab shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarini rivojlantirishga katta e’tibor byerilayotganligi, aholiga qo‘shimcha yyer maydonlari ajratilganligi, Shuningdek davlat tomonidan tizimli yordam ko‘rsatilganligi tufayli aholida chorva bosh soni ko‘payishiga, buning natijasida ichki iste’mol bozorini chorvachilik mahsulotlari bilan to‘ldirishda, sezilarli natijalarga yerishishga imkon yaratildi. Mamlakatimizda faoliyat yuritayotgan shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklarida chorva mollari sonini ko‘paytirishni rag‘batlantirish, syervis xizmatlari tarmog‘ini tashkil yetishga doir chora-tadbirlar dasturining amalga oshirilishi natijasida chorvachilikni rivojlantirishda ijobiy siljishlar qayd yetilmoqda. Amalga oshirilayotgan ishlar natijasida barcha toifa xo‘jaliklarida qoramollar bosh soni 10607,0 ming boshga yetkazilib, 2021- yilga nisbatan o‘sish darajasi 4,6 foizga, Shundan sigirlar bosh soni 4020,5 ming bosh yoki 2,2 foizga, qo‘y va echkilar bosh soni 17720,2 ming bosh yoki 3,5 foizga, otlar bosh soni 6583 ming bosh yoki 3,3 foizga, parrandalar bosh soni 52337,2 ming bosh yoki 10,2 foizga oshganligi kuzatilgan.
Yuqorida qayd yetilgan raqamlar asosida shuni ta’kidlash lozimki, chorva mollari sonini xo‘jaliklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak o‘tgan davr mobaynida qoramollar bosh soni barcha toifadagi xo‘jaliklarda jami 10607,3 ming bosh (100%) ga yyetgan bo‘lsa, ushbu ko‘rsatkichni, fermer xo‘jaliklari 539,9 ming boshni yoki 5,1% ni, dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) 9957,4 ming bosh yoki 93,8%ni, qishloq xo‘jalik korxonalarida esa 109,8 ming bosh yoki 1,1 foizini tashkil yetgan. Shu jumladan, sigirlarni 4,6 foizi fermer xo‘jaliklarida, 94,5 foizi dehqon xo‘jaliklarida (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan), 0,9 foizi esa qishloq xo‘jalik korxonalarida urchitilmoqda. Urchitilayotgan jami (100%)qo‘y va echkilarning 83,3 foizi, otlarning 83,4 foizi, jami parrandalarning 63,4 foizi dehqon xo‘jaliklarida (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) hisobiga to‘g‘ri kelgan. Shuning uchun ham fermer xo‘jaliklari faoliyatini dunyo tajribasiga asoslangan holda samarali faoliyatini yo‘lga qo‘yish lozim. Shuningdek, o‘tgan yilning Shu davriga nisbatan 115 ming tonna yoki 7,0 foiz ko‘p tirik vaznda go‘sht, 573,8 ming tonnaga yoki 7,8 foiz ko‘p sut, tuxum ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 506 mln.donaga yoki 113,1 foizga ko‘payib, bir tovuqdan olingan tuxum 16 donaga yoki 110,6 foizga oshganligi kuzatilgan, faqatgina qorako‘l tyeri ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 56,3 ming donaga yoki 5,0 foizga kamayganligi qayd yetilgan. Jun ishlab chiqarish hajmi 1,4 ming tonnaga yoki 104,5 foizga oshgan. Asal ishlab chiqarish o‘tgan yilga nisbatan 2155,5 tonnaga yoki 144,1 foizga, baliq yyetishtirish esa 12270,9 tonnaga yoki 147,4 foizga oshgan. Ishlab chiqarilayotgan Chorvachilik mahsulotlarini xo‘jaliklar kesimida tahlil qiladigan bo‘lsak, asosiy mahsulot dehqon xo‘jaliklariga to‘g‘ri kelgan. Barcha toifadagi xo‘jaliklarda ishlab chiqariladigan 7884733 kg (100 foiz) sutning 285589 kilogrammi yoki 3,6 foizi fermer xo‘jaliklarida, 7547203 kilogrammi yoki 95,7 foizi dehqon xo‘jaliklarida, 51941 kilogrammi yoki 0,7 foizi qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘g‘ri kelgan. Shunga mos ravishda jami ishlab chiqarilgan 5 go‘shtning 2,8 foizi fermer xo‘jaliklari, 95 foizi dehqon xo‘jaliklari, 2,7 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilgan bo‘lsa, tuxumning 11,4 foizi fermer xo‘jaliklari, 54,9 foizi dehqon xo‘jaliklari, 33,7 foizi qishloq xo‘jalik korxonalariga to‘g‘ri kelgan. Shuningdek qirqib olingan junning 6,9 foizi fermer xo‘jaliklari, 86,8 foizi dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga), 6,3 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari, qorako‘l tyerining 4,8 fermer xo‘jaliklari, 75,6 foizi dehqon xo‘jaliklari (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga), 6,4 foizi qishloq xo‘jalik korxonlariga, asalning esa 16,8 foizi fermer xo‘jaliklari, 76,8 foizi dehqon xo‘jaliklari, 6,4 foizi qishloq xo‘jalik korxonlari tomonidan ishlab chiqarilgan. Shuningdek ovlangan baliqning 29,8 foizi fermer xo‘jaliklari, 11,1 foizi dehqon xo‘jaliklari, 59,0 fozi esa qishloq xo‘jalik korxonalari tomonidan yyetishtirib byerilgan. Olingan tahliliy ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, ishlab chiqariladigan mahsulotning (60-90 %) asosiy qismi dehqon (aholining shaxsiy yordamchi xo‘jaliklari bilan birga) xo‘jaliklari zimmasiga to‘g‘ri kelgan.
Mamlakat viloyatlarida qoramollarning bosh soni bo‘yicha farq kuzatilgan. Aytaylik Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari xo‘jaliklarida bir yarim million boshdan ziyod Buxoro, Andijon, Qoraqalpog‘iston, Farg‘ona, Surxondaryo va Xorazm viloyatlarida bir million boshga yaqin, Toshkent, Jizzax, Namangan viloyatlari yarim milion boshdan ortiq hamda Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida yarim milion boshdan kam qoramollar urchitilmoqda. Sut ishlab chiqarish bo‘yicha ham viloyatlar kesimida xuddi Shunday farq mavjud. Jami yyetishtirlgan sutning asosiy qismi ya’ni: 12,7; 10,5; 9,7; 9,5 foizini tegishlicha Samarqand, Qashqadaryo, Xorazm, Farg‘ona, Toshkent viloyatlari byergan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich bo‘yicha oraliq o‘rinni, Andijon, Buxoro, Surxondaryo, Namangan va Jizzax viloyatlari (8,9; 8,5;8,5;6,3 va 5,4 %) hamda oxirgi o‘rinni Navoiy, Sirdaryo viloyatlari va Qoraqalpog‘iston Respublikasi egallashgan (4,3; 3,2; va 3,0 foiz).
2021-ishlab chiqarish yili yakuni bo‘yicha mamlakatimizda jami 1,8 mln. tonnaga yaqin go‘sht ishlab chiqarilgan, shundan 6 1,0 mln. tonnadan ziyodini qoramol go‘shti tashkil qilgan. Ushbu ko‘rsatkich bo‘yicha ham sezilarli darajada farq kuzatilgan. Joriy yilda fermer xo‘jalikarini rivojlantirish asosida Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan dasturlar ijrosi bo‘yicha bir qancha ishlar amalga oshirildi. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi chorva mollariga mavjud 2591 ta zoovyetyerinariya punktlari orqali 9792,1 mln. so‘mdan ortiq zoovyetyerinariya syervis xizmatlari ko‘rsatilgan. Shaxsiy yordamchi, dehqon va fermer xo‘jaliklaridagi chorva mollari naslini yaxshilash maqsadida joriy yilda 1920 ming boshdan ortiq sigir va urg‘ochi tanalar sun’iy urug‘lantirilgan. Sun’iy urug‘lantirishni amalga oshirish maqsadida o‘zimizda mahalliy sharoitda naslli buqalarning muzlatilgan urug‘larini qadoqlash tashkil yetilgan bo‘lib, joriy yilda joylarga 3671,2 ming dozadan ortiq naslli buqalarning urug‘i yetkazib byerilgan. Respublikamizda hozirgi kunda faoliyat yuritayotgan 448 ta qoramolchilik naslchilik xo‘jaliklarida bugungi kunda 8,7 ming bosh naslli mollar tayyorlanib auksionlarda sotish tashkil yetilgan. 2013 yil mobaynida xorijiy mamlakatlardan 8327 bosh naslli mollar olib kelinib, o‘tgan yilga nisbatan o‘sish darajasi 70,4 foizga ko‘p. Ularning umumiy soni 34 ming 927 boshni tashkil qiladi. Tahlil Shuni ko‘rsatmoqdaki, ishlab chiqarilayotgan Chorvachilik mahsulotlarining salmog‘i inson organizmida normal fiziologik, biokimyoviy jarayonlar kechishi uchun iste’mol qilinishi lozim bo‘lgan me’yor darajasidan ancha past. Muammoni hal yetish uchun bir qancha tashkiliy, iqtisodiy, ijtimoiy tadbirlarni amalga oshirish, jumladan, chorvachilikda iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish kerak.
Respublika hududlarining, xo‘jaliklarning yo’nalishlarini e’tiborga olgan holda Chorvachilik tarmoqlarini maqsadga muvofiq joylashtirib, ularni ixtisoslashtirish jarayonlarini rivojlantirishga e’tibor berish lozim. Chorvachilik fyermalarining zamonaviy talablarga javob byeradigan moddiy-texnika bazasini bosqichma-bosqich rivojlantirishga alohida e’tibor berish kerak.