O`ZBЕKISTОN RЕSPUBLIKАSI
OLIY TA’LIM, FAN VА INNOVATSIYALAR VАZIRLIGI
“TОSHKЕNT IRRIGАTSIYA VА QISHLOQ VA SUV XO`JALIGINI MEXANIZATSIYALASH MUHANDISLARI INSTITUTI”
MILLIY TADQIQOT UNIVERSITETI
«BUХGАLTЕRIYA HISОBI VА АUDIT» KАFЕDRАSI
«MOLIYAVIY HISОB VA HISOBOT» fаnidаn
KURS ISHI
Mаvzu: Materiallarni baholash va harakatini hisobi
Bаjаrdi: “Buхgаltеriya hisоbi vа аudit” yo`nаlishining 330 T -guruh tаlаbаsi
Ilmiy rаhbаr: dotsent, PhD
Tabayev A.Z.
Tоshkеnt – 2023
Reja:
Kirish……………………………………………………………………….
Asosiy qism
1. Materiallarni turkumlash, baholash va ularni hisobga olishning vazifalari
2. Materiallarning harakatini rasmiylashtirish va ularning sintetik hisobini tashkil etish
4. Materiallarning ombor xo’jaligining buxgalteriya hisobi va ularni inventarizatsiya qilish tartibi
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar
KIRISH
Bozor munosabatlari sharoitida xomashyolar, materiallar va yoqilg’ilar xarajatlari salmog’ini kamaytirishga o’xshagan sifat ko’rsatkichlari hal qiluvchi ahamiyatga ega bo’ladi. Bunga ilg’or konstruktiv materiallardan, metall upalari va plastmassalardan, qimmat turadigan materiallar o’rniga mahsulot sifatini pasaytirmaydigan, ishlab chiqarish chiqindilarini kamaytiradigan arzon materiallardan foydalanish yo’li bilan erishiladi. Тabiat resurslaridan kompleks foydalanish zarur, yo’qotishlar va noratsional sarflarga barham berish zarur, xo’jalik aylanmasiga ikkilamchi resurslarni, shuningdek yo’l – yo’lakay mahsulotlarni keng jalb qilish kerak. Ishlab chiqarish jarayonida turli material qiymatliklaridan foydalaniladi. Ularni xo’jalik yurituvchi subyektlarda materiallardan foydalanish usuli va ishlab chiqarish jarayonida foydalanishiga qarab turkumlarga ajratish mumkin (4.1-chizmaga qarang).
Materiallar turkumi
Materiallar turkumlash tasnifi
1.Хom ashyo
Mahsulotning moddiy asosini tashkil etadigan mehnat predmetlari (metall ishlab chiqarishda ruda, tekstil sanoatida momiq paxta tolasi va x. k.)
2.Asosiy materiallar
Хom ashyoga ta’sir etish uchun foydalaniladigan va mahsulot iste’moli xususiyatini berishda ishlatiladigan buyumlardir (mashinasozlikda qora metallar, yog’ochsozlik sanoatida yog’och)
3.Sotib olingan yarim tayyor mahsulotlar
Ma’lum darada ishlab chiqarish jararayonidan o’tgan, biroq pirovard mahsulot darajasiga yetkazilmagan mahsulotlar (stanoksozlikda motorlar, avtomobilsozlikda shinalar)
4.Yordamchi materiallar
Yaratilgan mahsulotni yaratishda mehnat vositalari va ularning tashqi ko’rinishi yaxshilash uchun sarflanadi (moylash materiallari bo’yoq, lak, artish materiallari va x. k.)
5.Chiqindilar
Mahsulot ishlab chiqarishda hosil bo’lgan qo’shimcha materiallar (qirindilar, qipiqlar, truba kesiklari va x. k.)
6.Idish va idish materiallar
Mahsulotlarni o’rash, joylashtirish, tashish va saqlashda ishlatiladigan buyumlar (yog’och, karton va metall idishlari)
7.Ehtiyot qismlar
Asosiy vositalarning quvvatini oshirishda foydalaniladigan buyumlar (ta’mirlash uchun mashina va asbob-uskunalarning ayrim detallari)
8.Inventar va xo’jalik jihozlari
Dostları ilə paylaş: |