Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


II-bob Tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan ana’naviy va zamonaviy talablarning me’yoriy xujjatlar va qo‘llanmalarda aks etishi



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə12/20
tarix02.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#78260
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

II-bob Tarbiya fanini o‘qitish jarayoniga qo‘yiladigan ana’naviy va zamonaviy talablarning me’yoriy xujjatlar va qo‘llanmalarda aks etishi.
  • 2.1. O‘quvchilar ahloqiy fazilatlarini shakllantirish masalasini me’yoriy xujjatlarda ifodalanishi
  • Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy
    • baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda2.
    • Mustaqillik bayrami arafasida mamlakatimiz shahar va tumanlarida
    • “Ma’naviyat – eng ta’sirchan va qudratli qurolimiz” tamoyili asosida targ‘ibot ishlari davom etmoqda. Ana shunday shukuhli kunlarda Prezidentimizning xalqimiz ma’naviy hayoti uchun o‘ta muhim Qarori qabul qilindi.
    • Prezidentimizning 2017 yil 28 iyulda imzolangan “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi PQ-3160 sonli qarori milliy ma’naviyatimiz tarixining yorqin voqealaridan biri bo‘ldi. Barcha sohalar kabi ma’naviyat va ma’rifat, tarbiya sohasini yangi bosqichga ko‘tarishning huquqiy, siyosiy, tashkiliy, moliyaviy shart- sharoitlarini yaratib berdi.
    • O‘tgan yillar davomida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘anievich Karimov tashabbusi bilan bu borada juda katta ishlar qilindi. Biroq, mavjud tizimni dunyoda yil sayin kuchayib borayotgan globallashuv, yangi tahdid va xatarlar, murakkab va tahlikali vaziyat talablariga javob bermayotgan edi. Zamon mavjud holat, bajarilgan ishlarni tanqidiy baholashni, zamonning talab va shiddatiga mos takomillashtirishni talab etmoqda edi.
    • Qaror o‘ta muhim tashkiliy, metodologik, huquqiy yangilik va xususiyatlarga ega. Biz uning ayrim jihatlariga to‘xtalamiz.
    • Mafkura kerakmi? U qanday bo‘lishi kerak? Milliy g‘oyamiz qanday maqsad, vazifalarni ifodalashi kerak? degan savollarga javob topildi. MDH mamlakatlarida
    • birinchilardan bo‘lib o‘z milliy g‘oyamizni angladik. Prezident Qaror, farmoyishlari bu umummilliy g‘oyaviy harakatga madad bo‘ldi. Milliy g‘oya mahalla, korxona,
    • ta’lim muassasalariga kirib bordi. Erishgan natijalarimizga o‘zining hissasini qo‘shdi.
    • Qarorning eng muhim tashkiliy, huquqiy-siyosiy jihati ma’naviyat,
    • ma’rifatning maqomi oliy darajaga ko‘tarilganida ko‘rinib turadi. Chunki Qarorda
    • 2O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi 2017 yil 28 iyul qaroridan.
    • “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Respublika Ma’naviyat va ma’rifat Kengashiga raislik qilishi belgilab qo‘yildi. Bu maqom mamlakatimizda ma’naviyat va ma’rifat sohasini yangi bosqichga ko‘tarilishining oliy kafolati bo‘ldi. Buni ma’naviyatchilarimiz bir-birlari bilan ko‘rishganida, telefonda, ijtimoiy tarmoqlarda bir-birlarini shodon qutladilar. Bu bejiz emas, chunki jahon tarixida davlat rahbari o‘z xalqi ma’naviyati, farzandlari tarbiyasining g‘amxo‘ri, rahnamosi bo‘lgani kamdan kam uchraydi.
    • Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi va Milliy g‘oya va mafkura ilmiy- amaliy markazlarining ilmiy va tashkiliy kuchlari birlashdi. Ularning negizida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi qayta tashkil etildi. Bu chora ilgari bir maqsadga xizmat qilayotgan ikki markazni - ilm bilan amalni birlashtirdi.
    • Xodimlarning umumiy cheklangan soni ikki karradan ziyodga oshirildi. Ilgari goh alohida, goh bir-birining vazifalarini takrorlab kelayotgan ikki Markaz bir jismga, bir maqsad yo‘lida yangi, yagona va qudratli Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markaziga birlashdi.
    • Mazkur soha ilmga tayanmasa, rivojlanmaydi. Shu bois Markaz tuzilmasida sohaning ilmiy ta’minotiga alohida e’tibor qaratilgan. Ayni vaqtda Markazning
    • hududlar, jamoat tashkilotlari, madaniyat va sport tashkilotlari, ta’lim-tarbiya muassasalari bilan ishlashga ixtisoslashgan, bu boradagi ishlarning axborot-tahlili
    • bilan shug‘ullanuvchi bo‘limlar ish boshlamoqda.
    • Qaror sharofati bilan
      Yüklə 0,67 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
    1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin