Milliy tarbiya konsepsiyasi i-bob Tarbiya fanini o‘qitishning me’yoriy-xuquqiy asoslari


Nega olib borilayotgan targ‘ibot har bir fuqaro, yigit-qizga yetib bormayapti?



Yüklə 0,67 Mb.
səhifə16/20
tarix02.01.2023
ölçüsü0,67 Mb.
#78260
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20
Milliy tarbiya konsepsiyasi

Nega olib borilayotgan targ‘ibot har bir fuqaro, yigit-qizga yetib bormayapti?
  • Andijon viloyatida 2017 yilning 5 oyida ijtimoiy-ma’naviy muhitni
  • sog‘lomlashtirish bo‘yicha 3200 dan ortiq tadbir o‘tkazilgan. Bir qaraganda bu juda
  • katta raqam, katta ish. Lekin bir savol tug‘iladi: “Shuncha tadbir o‘tkazilibdi. Unda o‘tgan 12 oyda DEO a’zolari nega 96 taga oshgan?” Bunga sabablar ko‘p. Birinchidan, bir kollejda, bir mahallada, bir korxonada, bir mavzuda o‘tkazilgan tadbir boshqalarida o‘tkazilmaydi. Natijada, bir tadbir 50-100-300 kishi bilan o‘tkaziladi. Qolgan yuz minglab aholi, yoshlar bexabar qolmoqda. Biz esa: “Hamma qamrab olindi”, deb qo‘shib yozayapmiz. Ikkinchidan, tadbirlar fotolavhalariga qarasangiz, bir xil, faol odamlarni qayta-qayta ko‘rasiz.
  • Tadbirlar har xil, qatnashchilar – bir xil. Muammoli odamlar, yoshlar chetda
  • qolib ketayapti. Uchinchi sabab – tadbirlardan qanday natijaga erishish ko‘zda tutilmaganida. Aslida “tadbir qilish” bu – biror muammoni yechish, kasalni davolashdek aniq maqsadli, aniq natijali ish bo‘lmog‘i kerak. Tadbirning sifati, ta’sirchanligi, natijasini o‘ylamay, ko‘r-ko‘rona o‘tkazaversak, bu – o‘zini o‘zi aldash bo‘ladi.
  • Tadbirlarni natijali qilish uchun nima qilish kerak?
  • tadbir nomini davrning dolzarb masalalari hamda mahalla, kollej, maktab, institutda o‘rganilgan muammolardan kelib chiqib, “diagnoz-retsept” asosida belgilash kerak;
  • Tadbir qamrovini 100 % ga yetkazish zarur. Nega bir bino 100 % bitmagan bo‘lsa, “Yo‘q. Bino 90 % bitgan. Chala”, deb uni qabul qilishmaydi? Nega bir
  • dolzarb muammoga bag‘ishlangan tadbir bilan tuman aholisi 20 % qamralsa ham, “ish bitirilgan”, deb, hisobotni qabul qilamiz? Bu ko‘zbo‘yamachilik bo‘lmaydimi?!
  • Burchga, siyosatga, Vatanga xiyonat bo‘lmaydimi?
  • tadbirdan maqsad – uni o‘tkazish emas. Odamlarga, yoshlarga mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar, tadbirkorlik usullari yoki diniy
    • ekstremizm kirdikorlarini ochib berib, tushuntirish. Ko‘rsatib, o‘rgatish. Shuning uchun rejalarimizda endi “tadbir o‘tkazish”, emas, “tushuntirish, o‘rgatish”, degan maqsadlarni qo‘yishimiz kerak.
    • har bir ishning natijasi – unga qanday tayyorgarlik ko‘rilishiga bog‘liq. Afsuski, tadbirlarimiz tayyorgarliksiz o‘tmoqda. Ertaga tadbir bo‘lsa, bugun e’lon qilib, shoshib borib, “o‘tkazib” ketilmoqda. Buni tinglovchilar ham ko‘rib, sezib turishadi. Bu o‘z ishiga, kasbiga behurmatli emasmi?! Demak, har bir tadbirga bir oy tayyorgarlik ko‘rib, kamida 10 kun oldin xabar va mundarijani tarqatib, ma’ruzachilar bilan oldindan, pishiq ishlashimiz kerak.
    • tadbir natijasini baholash yo‘q. Tadbir oxirida: “E’tiboringiz uchun rahmat. Shu bilan tadbirimiz tugadi”, deb chiqib ketayapmiz. Tadbir yakunida 5-6 tinglovchidan so‘rash, "Siz o‘zingizni DEOdan himoya qilish uchun nima qilishni bilasizmi?" “Bugungi tadbirdan nimalarni o‘rganib oldingiz?”, deb so‘rashimiz kerak. Ular bergan to‘g‘ri javoblarni tinglovchilar yana bir marta eshitib olishadi. Olgan bilimlari mustahkamlanadi.
    • Mafkurasi sog‘lom yoshlarimizni DEOdan qanday himoya qilishimiz kerak?
    • Prezidentimizning Andijonda so‘zlagan ma’ruzasida “Bir jaholatga o‘n ma’rifat” degan profilaktik g‘oya ko‘tarildi. Shu g‘oya qaysi mahallada amalga oshsa, o‘sha mahalla yoshlariga DEO chang sola olmaydi. Chunki bunda har bir oilaning har bir a’zosining mafkuraviy immuniteti, ma’naviyati diagnostik asosda davolanadi, kuchaytiriladi. Chunki ular mabodo yot g‘oyaga duch kelib qolsalar ham nima qilishni va nima qilmaslikni o‘rganib olishgan. Buning uchun masalaga xuddi tibbiyotdagi kabi, individual, ro‘yxat va “diagnostika-retsept” asosida shoshmay ishlashimiz kerak. Prezidentimiz o‘z ma’ruzalarida “Har bir DEO a’zosi bilan kerak bo‘lsa, 1 kun, 10 kun, kerak bo‘lsa, 1 oy individual ishlash kerak”, dedilar. Biz mana shu yondashuvni profilaktik maqsadda sog‘lom oilalarda ham, maktab, kollej, institutlarda ham har bir o‘quvchi-talaba bilan amalga oshirishimiz kerak. Ana shunda biz millatning mustahkam mafkuraviy himoya qobig‘ini yaratgan bo‘lamiz. Yurtimizda ijtimoiy-ma’naviy muhit sog‘lomligi kafolatlanadi.
    • Ichkarida g‘oyaviy bo‘shliq bo‘lmasa, tashqaridan kelayotgan balo kira olmaydi, sig‘maydi. Aylanib, bo‘shliq izlab boshqa tomonga ketadi. Shu bois Qaror avvalo “ichkari”ni – jamiyatning ichki, sog‘lom ijtimoiy-ma’naviy muhitini to‘kis, barqaror, mukammal qilishimiz zarurligini talab qilmoqda.
    • Qaror diagnostik, profilaktik va manzillilik xususiyatlariga ega. Unda jahondagi mafkuraviy vaziyat, tendensiyalar bilan birgalikda mamlakatimizdagi og‘riqli 7 ma’naviy-mafkuraviy muammo ochiq va achchiq qayd qilindi. Bular:
    • 1) oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi samarasizligi; 2) chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy- tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani; 3) jinoyatchilik; 4) diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish; 5) milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik; 6) erta turmush qurish; 7) oilaviy ajralishlar kabi boshi tarbiyaga borib taqaladigan ma’naviy illatlarga siyosiy diagnoz qo‘yib berdi.
    • Chunki ilm-fanga asoslanmagan sohaning kelajagi yo‘q. Buyuk bobomiz
    • Imom Buxoriy biz avlodlariga “Ilmsiz najot yo‘q va bo‘lmag‘ay”, deya haqiqatni yozib qoldirgan edi. XXI asr – texnologiyalar asri ana shu haqiqatning bugungi isboti. Shu sababli Prezident Qarori bizdan yuqoridagi ma’naviy illatlarning sabablarini, ildizlarini, omillarini ilmiy o‘rganishni talab qilmoqda. Masalan, bundan 100, 1000 yillar ilgari ham ajdodlarimizda oilalar buzilgan. Ularni faqat 1 ta sabab – o‘lim ajratgan. Boshqa hech narsa ajralishga sabab bo‘lmagan. Qaror bizni “g‘oyaviy-tarbiya ishlarining yuzaki tarzda olib borilayotgani”dan ogohlantirib, bu ahvolga chek qo‘yishni talab qilmoqda. Yuzaki ishlash bu – masalaning “ichiga kirmasdan”, noilmiy, ya’ni natijasiz, xo‘ja(yin)ko‘rsin uchun “shug‘ullanish” degani. Qarorning mana shu joyi soha xodimlari, barcha vazirlik, idoralarning katta- kichik rahbarlarimizning ma’naviyat va ma’rifat, milliy g‘oya, tarbiya masalalariga munosabatlarini qayta ko‘rib chiqishlarini taqozo qilmoqda.
    • Qarorning profilaktik jihati ma’naviy hayotimizda uchrayotgan “salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda
    • kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda3”, degan dasturiy ko‘rsatmada mustahkamlab qo‘yilgan. Ichki va tashqi tahdid o‘z ishini qilganidan keyin emas, balki oldini olish isbot talab qilmaydigan haqiqat. Shu sababli Qaror profilaktik, preventiv targ‘ibot, tarbiyaga ustuvorlik talabini qo‘ymoqda.
    • Qarorda to‘qqiz yo‘nalishdagi asosiy, kompleks yo‘nalishlar vazifalar
    • belgilab berildi. Ularda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, qabul qilinayotgan qonun hujjatlari, davlat dasturlari targ‘ibotini tizimli va izchil amalga oshirish, jahonda kechayotgan mafkuraviy jarayonlarni har tomonlama yoritish, terrorizm, diniy ekstremizm, aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa tahdidlarga qarshi g‘oyaviy kurashish, milliy g‘oyani keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, xalqimizning ertangi kunga ishonchini kuchaytirish, targ‘ibot- tashviqot ishlariga aholining xususiyatlarini hisobga olgan holda maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish, sohaning ilmiy asoslangan, muntazam monitoringini ta’minlash, yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish, Internetdan foydalanish madaniyatini oshirish, ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish, uyushmagan yoshlar bilan ishlash, xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash, dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik, mehr-oqibat muhitini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy etish vazifalari belgilab berildi.
    • Ushbu vazifalar ijrosi mamlakatimizda ma’naviyat-ma’rifat sohasini yangi bosqichga ko‘tarib, Vatanimizning mafkuraviy himoyasini yanada mustahkamlashi shubhasiz.
    • O‘zbekistonda davom etayotgan milliy mustaqillikni mustahkamlash jarayoni ta’lim va tarbiya targ‘ibotini ham isloh qilishni, ma’naviy va ma’rifiy ildizlarga
    • 3“Ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 28 iyul PQ-3160-son qarori.
    • payvand qilishni; yosh avlodlarda O‘zbekiston vatanparvarlariga xos fazilatlarning tarixiy o‘zaklarini aniqlashni; o‘zbek xalqi tarixi, tili, ma’naviyati, adabiyoti, san’ati, an’analari va urf-odatlarini milliy tarbiyaviy tadqiq qilishni talab etmoqda. Ana shu nuqtai-nazardan tadqiqotimiz mavzusi milliy pedagogik tarix qirralarini ham o‘rganishni talab qiladi. Chunki tarix o‘zbek xalqi oldiga qachon, qanday tarbiyaviy talablar qo‘yganligini; davr o‘zgarishi bilan milliy tarbiya maqsadida – fe’l- atvorimizda qay sifatlar, qaysi tomonlarga o‘zgarganligi, qaysi sifatlar o‘zgarmay, avloddan-avlodga meros bo‘lib yetib kelganligini aniqlash respublikamizda milliy ma’naviyatni o‘rganish, tiklash va istiqbolini belgilash nuqtai-nazaridan g‘oyat qimmatlidir.
    • Markaziy Osiyo xalqlari, ularning turmush tarzi, odatlari bilan jahonning atoqli tarixchilari qiziqib kelishgan. Buni tarixchi Strabonning asarlaridagi
    • massagetlar axloqiy tasavvurlari haqidagi ma’lumotlardan ham ko‘rish mumkin. Uning yozishicha, qadim zamonlarda ajdodlarimiz o‘lkamiz hududida ko‘plab
    • qabilalarga bo‘linib yashagan. Ular uchun o‘zaro halollik, adolatlilik hamma narsadan ustun qadriyatlar hisoblangan.
    • O‘tmishda ajdodlarimiz qanday fazilatlarga ega bo‘lgan farzandni orzu
    • qilishganini anglash uchun xalqimiz uzoq tarix davomida yaratgan afsona, ertaklar, dostonlarga murojaat qilish kerak. O‘zbek xalq og‘zaki ijodiyoti namunalarida tarannum qilingan vatanga muhabbat, erkparvarlik, g‘ururlilik, sadoqatli (jon do‘sti) do‘st bo‘la olish, o‘z burchini, o‘z so‘zini oqlash, mardlik, jasoratga qodirlik eng zarur fazilatlar bo‘lgan. O‘zbek olimi, professor Y.Jumaboevning qayd qilishicha, “
    • ... o‘z burchini ado etish, dushman ustidan g‘alaba qilish yo‘lida qahramonlarcha o‘z jonidan kechishga, har qanday mashaqqatlarga bardosh berishga, sevgi, muhabbatdan kechishga, o‘z qabiladoshlarining or-nomusi uchun to oxirigacha kurashishga shay” turganlar.
    • Ajdodlarimizda milliy vatanparvarlik fazilatining qanday namoyon
    • bo‘lganligini Sak qabilasiga mansub cho‘pon Shiroqning eramizdan avvalgi 519 yilda ko‘rsatgan mashhur jasoratidan bilish mumkin. Grek tarixchisi Gerodot shax Doroning O‘rta Osiyoga qilgan hujumi haqida hikoya qila turib, Shiroqning
    • mingboshi Ranosatga qarata aytgan quyidagi so‘zlarini keltiradi; - Men g‘alaba qildim, chunki saklarni, mening yurtdoshlarimni sizlarning hammangizdan saqlash uchun men siz forslarni ochlik va chanqoqlik azobiga mubtalo etib, holdan toydirishga muvaffaq bo‘ldim”.
    • Markaziy Osiyo xalqlari hayoti, madaniyati, urf-odatlari orasida tarixiy umumiylik mavjud. Demak, mazkur umumiylik ushbu xalqlar orasida tarbiyada ham umumiylik mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi. Bu haqda islomgacha davr madaniyati tarixi, qadimiy yozma obidalar: Avesto, Urxon-Yenisey yozma obidalar, manixeylik, mazdakizm kabi oqimlar ta’limotlarini o‘rgangan olimlarning ilmiy xulosalari mavjud. Jumladan, Avestoni o‘rganish O‘rta Osiyo, Ozarbayjon, Eron, Yaqin va O‘rta Sharq xalqlarining o‘sha davrlardagi axloqiy g‘oyalari haqida boy ma’lumotlar beradi. Avestoning eng eski qismlaridan biri “Yasna”da chorvadorning adolatli, oqil va hurmatga sazovor bo‘lishi maqsadiga yetkazishini e’tiqod darajasiga ko‘tarishgan. Lekin qo‘lida qurol bilan, zo‘rlik ishlatib, yaylovlarni yer bilan yakson qilib, merosga qolgan mol-mulkini talon-taroj qiluvchi ko‘chmanchilarni manfur dushman hisoblaganlar. Natijada, qadimgi ajdolarimiz nazdidayoq adolatsizlik natijasida “biz” - “ular” (bosqinchilar) antitezasi paydo bo‘lgan. Bu esa, o‘z navbatida, yosh avlodlarda vatanparvarlik, millatparvarlik, fidoiylik kabi fazilatlarni shakllantirishni qabilaviy tarbiya vazifalariga aylantirgan.
    • Ajdodlarimiz farzand tarbiyasining negizi sifatida axloqiy uchlik: uy, niyat- so‘z-ish birligini yaratishgan. Mazkur uchlik negizini keyinchalik lug‘atimizga kirib kelgan “vijdon” so‘zi bilan ham ifodalash mumkin. “Men Yaxshi niyat, Yaxshi so‘z va Yaxshi ishga shon-shavkat baxsh etaman. Men yaxshilikdan iborat Mazda qonuniga shon-shavkat baxsh etaman”, -deb yozilgan “Yasna”da. “Yaxshi fikr deganda... yaqin kishisiga mehribon bo‘lish, muhtoj va xavf-xatar ostida qolganda ko‘maklashishga shaylik, yovuzlikka qarshi, kishilar baxt-saodati uchun faol kurashishga shaylik, hamma bilan ahil va totuvlikda, o‘z maslakdosh birodarlari bilan do‘stlik va hamkorlikda yashashga intilish ruhidagi niyatlar va fikrlar musaffoligi tushuniladi. Inson o‘z fikri- xayolida boshqalarga hasad qilmasligi lozim, yaxshi niyatli kishi darg‘azab bo‘lmaydi va boshqa jaholatlarga berilmaydi,
    • chunki bunday holatida yaxshi niyatini yo‘qotadi, burch va adolat haqida unutadi va nojo‘ya harakatlar qiladi” – deb hisoblangan.
    • Bu axloqiy fazilatlar kishini elga qo‘shilishga, el bilan birga bo‘lishga, elning
    • tashvishi bilan yashashga tayyor turuvchi xalqparvar kishini tarbiyalashga qaratilgani o‘z-o‘zidan ko‘rinib turibdi. Zamonlar o‘tib, odamlar orasidagi munosabatlarning boyishi, savdo-sotiqning yuzaga kelishi bilan qabilaviy tarbiyaga qo‘yiladigan talablar ham o‘zgarib, zamonaviylasha bordi. Ajdodlarimiz o‘zlaridagi xislatlarning nafaqat xudo tomonidan ato qilingan, balki shakllantirilishini tobora chuqurroq ilg‘ay bordilar. Jumladan, Yaxshi so‘zlar –ahdga vafodorlik, berilgan va’dani oqlash, hamma oldi-berdilarda halol bo‘lish, o‘zgalarning haqini yemaslik, buzuqlikdan o‘zini to‘xtata bilish kabi yangi sifatlar bilan boyiy bordi.
    1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   20




    Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
    rəhbərliyinə müraciət

    gir | qeydiyyatdan keç
        Ana səhifə


    yükləyin