Milliy tarbiya va ishtimoiylashuv



Yüklə 18,57 Kb.
səhifə1/5
tarix14.04.2023
ölçüsü18,57 Kb.
#98184
  1   2   3   4   5
Milliy tarbiya va ishtimoiylashuv


Milliy tarbiya va ishtimoiylashuv
Keys
Milliy tarbiyaning o’ta muhim ijtimoiy-psihologik omili bor. Bu-harakterning milliyligidir. Milliy harakter kontseptsiyasi turli etnoslarda ularning o’zlarigagina hos milliy harakter mavjudligini: shahsning milliy harakteri ustuvor psihologik hodisa bo’lib, bu uning milliy hulq-atvorida namoyon bo’lishini; ana shu ko’rsatkichlarga asoslanib, u yoki bu halqqa, millatga mansub kishilar harakgerining modelini — o’rtacha milliy harakter namunasini yaratish mumkin, degan hulosalarni asoslaydi.
Bir millatga mansub kishilar uchun umumiy bo’lgan fazilatlarni o’zida mujassamlashtirgan namunaviy milliy shahs siymosi mavjudligini birinchi bo’lib A. Kardiner qayd qildi. U «milliy shahs»ning shakllanishida, eng avvalo, oilaning milliy-tarbiyaviy ta’sirini, undan keyin ijtimoiy tarbiya omillarining etakchi roli-ni alohida qayd qiladi2.
Ikkinchi jahon urushidan keyin Yaponiya va G’arbiy Germaniya aholisining psihologiyasi o’rganilib, millat, uning qadriyatlar tizimi, muloqot usullari va boshqa ko’rsatkichlari milliy madaniyat ta’sirida shakllanishi isbotlandi. Turli mintaqalarda o’tkazilgan ilmiy tadqiqotlar natijalarining umumlashtirilishi: muayyan halqqa hos dunyoqarash, turmush tarzining mavjudligi -halqparning turli «namunalari»ni qosil qilishini; turli «namunalar»ning mavjudligi esa bolalarni tarbiyalashda o’ziga hoslikning mavjudligiga, qadriyatlar tizimining kattalar hulq-atvorida aks etishiga bog’liq ekanligini ko’rsatdi. Biroq, o’tkazilgan etnografik va etnopsihologik tadqiqotlar muayyan bir halqning milliy harakterini o’rganayotgan olimning o’zi boshqa madaniyatga mansubligi tufayli o’rganayotgan millat madaniyatining tub mohiyatini mukammal his qilolmasligi natijasida, tadqiqot ma’lumotlarini talqin qilishda hato va kamchiliklarga yo’l qo’yishi mumkinligini ham isbot-ladi. 50-yillarda Amerika etnopsihologiyasining milliy harakteriga hos kamchilikslari ham aynan shunda edi. Albatta, bu omil milliy harakter kontseptsiyasiga hos ob’ektiv mohiyatni o’zgartirmadi, aksincha, tadqiqot uslubiyatini takomillashtirishga turtki bo’ddi, holos.

Keys
«O’quvchining milliy roli» tushunchasi milliy tarbiyani tahlil qilish ….



«O’quvchining milliy roli» tushunchasi milliy tarbiyani tahlil qilish uchun sotsiologik kalit vazifasini o’taydi. CHunki bu tushunchaning ko’pqirraligi milliy-zamonaviy hayot jabhalarini, milliy tarbiya yo’nalishlarini ilg’ab olish imkonini beradi. Milliy tarbiya tizimini «milliy rol» tushunchasi orqali o’rganish har bir o’zbek o’g’il-qizini ilk yoshlaridan «yahshi bola», «yahshi aka, uka, singil, opa», «yahshi jiyan, tog’a, bo’la...», «yahshi mehmon, mezbon», «yahshi do’st», «odobli bola» kabi «unvonli» munosabatga tayyorlash mehanizmini ochib beradi. Keng ma’noda esa o’quvchining milliy rolini o’zlashtirishi - o’z ichiga milliy fazilatlarni, milliy ahloq me’yorlarini singdirishi, milliy-ijtimoiy hayotga tayyorgarlik ja-rayonlarini ham jamlaydi. Myushiy ijtimoiy rollarni tasniflash, ularning kundalik hayotda, munosabatlarda bajarilishini ilmiy-pedagogik kuzatish — zamonaviy va istiqbolli usuldir. U bolani «qarshisida» turib emas, balki milliy-ilmiy kuzatish imkonini beradi. Bu esa tadqiqotning ob’ektiv natijalarga ega bo’lishining asosiy shartlaridan biridir. Zamonaviy fanlar ijtimoiy rollarning quyidagi tasnifini ilgari suradi:
tug’ma, mavqeli ijtimoiy rollar — odam tug’ilganidanoq yoki hayotining u yoki bu bosqichiga kirishganida «meros qilib olinuvchi» rollar (jinsiy, diniy, milliy, fuqarolik, go’daklik, o’smirlik, yigitlik, mo’ysafidlik va b.);

Yüklə 18,57 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin