partiyalar va fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining faol
ishtirokini ta’minlash;
saylovlarni majoritar va proporsional saylov tizimlarini
uyg‘unlashtirgan holda o‘tkazish, ya’ni vakillik organlariga
deputatlarning yarmini bir mandatli saylov okruglari,
qolgan yarmini partiyalar ro‘yxati asosida shakllantirishni
taklif etish;
davlat darajasidagi, hududiy va boshqa dasturlarni
ishlab chiqishga fuqarolarni keng jalb etishning zamonaviy
mexanizmlarini joriy etish;
10
O‘ZBEKISTON «MILLIY TIKLANISH» DEMOKRATIK PARTIYASI
davlat va hududiy dasturlar loyihalarini barcha
darajadagi deputatlarga, shuningdek, Oliy Majlis Qonun
chilik palatasi hamda xalq deputatlari viloyat, tuman va
shahar Kengashlariga ko‘rib chiqish uchun majburiy
taqdim etish va ularning takliflarini olish tizimini joriy etish;
Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, davlat qo‘mitalari
va idoralari tomonidan ishlab chiqilgan normativhuquqiy
hujjatlar loyihalarini tegishliligiga qarab siyosiy partiyalarga
ekspertiza uchun yuborish amaliyotini joriy etish;
qabul qilingan qonunlarning samaradorligi, ularning
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy oqibatlarining sotsiologik
jihatdan o‘rganilishini yo‘lga qo‘yish;
davlat va jamiyat boshqaruviga oid xalqaro rey
tinglarda ishtirok etishni kengaytirish, xususan, davlat
siyosatiga ishonch reytinglarida keng ishtirok etish.
1.2. Xalq hokimiyatchiligini rivojlantirish, jamoat
chilik nazoratini kuchaytirish, xalq deputatlari mahalliy
Kengashlari faoliyatini takomillashtirish sohasida:
“Xalq davlat hokimiyatining birdanbir manbayidir”,
degan konstitutsiyaviy tamoyilni amalda ta’minlash
choralarini ko‘rish;
mahalliy
davlat hokimiyati tizimida xalq deputatlari
mahalliy Kengashlarining o‘rni va rolini oshirish, ularning
vakolatlarini aniq belgilash;
xalq deputatlari mahalliy Kengashlarining mahalliy
ijro hokimiyati organlari ustidan nazorat vakolatlarini
yanada kengaytirish, xususan, mahalliy ijro organlarining
ular oldidagi hisobdorligini oshirish;
mahalliy ijro organlari rahbarlarini lavozimga
tayinlashdan oldin xalq deputatlari mahalliy Kengashlari
muhokamasidan o‘tish, unda o‘zining aniq ko‘rsatkichlarga
|