Milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 88,58 Kb.
səhifə6/11
tarix24.12.2023
ölçüsü88,58 Kb.
#191597
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
soliqjoriy 4

P = Pst x S / 100, bu yerda:
P - to’lov summasi;
Pst - asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi boshlang’ich (qayta tiklash) qiymati (31 dekabr);
S - foizda belgilangan to’lov miqdori.
Masalan, mazkur Nizomning 2-bandida nazarda tutilgan mezonlarga javob beradigan asbob-uskunaning hisobot davri oxiridagi (ya’ni, 31 dekabr holatiga) boshlang’ich qiymati 50000 ming so’mni tashkil etadi, 2011 yil uchun to’lov miqdori esa 0,25 foiz miqdorida belgilangan. U holda byudjetga to’lanadigan to’lov summasi 125 ming so’mni tashkil etadi (50000 x 0,25 / 100).
To’lovni o’z vaqtida byudjetga o’tkazmaganlik uchun soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni o’z vaqtida to’lamaganlik uchun qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda penya hisoblanadi.
3.Mol-mulk solig`i bo`yicha imtiyozlar va yengilliklar
Yuridik shaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq hisoblab chiqarilayotganda soliq solinadigan baza quyidagilarning o’rtacha yillik qoldiq qiymatiga (o’rtacha yillik qiymatiga) kamaytiriladi:
1) kommunal xo’jaligi ob’ektlarining. Kommunal xo’jaligi ob’ektlariga quyidagilar kiradi: vodoprovod tarmoqlari (suv chiqarish inshootlari bilan), kanalizatsiya tarmoqlari (tozalash inshootlari bilan), gaz va issiqlikni taqsimlash tarmoqlari (ulardagi inshootlar bilan), kommunal-maishiy ehtiyojlar uchun qozonxonalar (shu jumladan asbob-uskunalar);
2) madaniyat va san’at, ta’lim, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport, ijtimoiy ta’minot sohasiga kiradigan ijtimoiy-madaniy soha ob’ektlarining;
3) sug’orish va kollektor-drenaj tarmoqlari ob’ektlarining;
4) tabiatni muhofaza qilish va sanitariya-tozalash maqsadlari, yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarning. Ob’ektlarni tabiatni muhofaza qilish, sanitariya-tozalash maqsadlari va yong’in xavfsizligi uchun foydalaniladigan ob’ektlarga kiritish tegishli tabiatni muhofaza qilish yoki davlat yong’in nazorati organining ma’lumotnomasi asosida amalga oshiriladi;
5) umumiy foydalanishdagi temir yo’llar va avtomobil yo’llari, magistral truboprovodlar, aloqa va elektr uzatish liniyalarining, shuningdek ushbu ob’ektlarning ajralmas texnologik qismi bo’lgan inshootlarning;
6) konservatsiya qilinishi to’g’risida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori qabul qilingan asosiy ishlab chiqarish fondlarining;
7) soliq to’lovchining balansida bo’lgan hamda tadbirkorlik faoliyatida foydalanilmayotgan, fuqaro muhofazasi va safarbarlik ahamiyatiga molik ob’ektlarning;
8) shahar va shahar atrofidagi yo’nalishlarda yo’lovchilar tashiydigan shahar yo’lovchilar transporti tashkilotlari transport vositalarining (avtobuslar, tramvaylar, trolleybuslar, metropoliten poezdlari);
9) tuzilgan shartnomalarga muvofiq yuridik shaxsning buyurtmasi bo’yicha ishlar bajarish uchun kasanachilarga bepul foydalanishga berilgan asbob-uskunalarning (foydalanish davriga);
10) telekommunikatsiyalar tarmoqlarida tezkor-qidiruv tadbirlari tizimi texnik vositalarining;
11) ko’pi bilan o’n yil davomida ishlatib kelinayotgan mashina va asbob-uskunalarning.

Yüklə 88,58 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin