Milliy universitetining jizzax filiali



Yüklə 335,1 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/2
tarix12.05.2023
ölçüsü335,1 Kb.
#112437
  1   2
2 5400247971092636383



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA 
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI 
MIRZO ULUG‘BEK NOMIDAGI O‘ZBEKISTON 
MILLIY UNIVERSITETINING JIZZAX FILIALI
 
 
 
 
Iqtisodiy ta’limotlar tarixi
Fanidan 
MUSTAQIL ISH 
Mavzu:
Neolibiralizm g‘oyalarining J.M. Keyns ta’limotidan 
farqi, umumiylik va xususiylik 
BAJARDI: Uzoqov Shohjahon
Jizzax_2023 


REJA: 
 
1. Neoliberalizmning asosiy xususiyati va belgilari. 
2. Neoliberalizmning umumiy xususiyatlari. 
3. Neolibiralizm g‘oyalarining J.M. Keyns ta’limotidan farqi 
1. 
Liberalizmning asosiy belgilari erkin raqobat davridagi tovarli iqtisodiyotning 
o‘ziga xosligini aks ettirgan. Liberalizm iqtisodiy siyosat sifatida, erkin 
tadbirkorlik tizimini xo‘jalikni tashkil etishning ancha qulay shakli, deb qaragan. 
Erkin bozor mexanizmi iqtisodiy resurslami optimal taqsimlash va foydalanishni 
ta’minlaydigan yagona tartiblovchi mexanizm hisoblangan, davlat esa ba’zi bir 
ijtimoiy munosabatlami tartibga solib turuvchi kuch sifatida amal qilgan (A.Smit 
bo‘yicha “tungi qorovul”). XX asming 30-yillari o‘rtalariga kelib, 
keyinschilikning rivojlanishi bilan iqtisodiy nazariyada va amaliyotda liberal 
yo‘nalish inqirozi namoyon bo‘la boshladi. Uning natijasida: bir guruh 
iqtisodchilar o‘zlarining qarashlaridan voz kechgan holda keynschilikka 
qo‘shilib ketdi va bu yangi ta’limotni ancha to‘g‘ri, deb hisobladi; ikkinchi guruh 
iqtisodchilar bozor munosabatlarida davlatning xarakteri, o‘rni va roli 
to‘g‘risidagi o‘z qarashlarini himoya qildi va ulami qayta o‘zgartirgan holda 
neoliberalizm guruhini tashkil etdi. Keyinchalik iqtisodiy fanda neoliberal 
konsepsiyaning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi va ulaming amaliyotda amal 
qilishi ko‘rsatib berildi, neoliberalizm oqimi va maktabi shakllantirildi, 
shuningdek, mazkur konsepsiyaning mohiyati va mazmuni to‘g‘risida bir butun 
tushunchalar yaratildi. Neoliberalizm, bozor munosabatlari tizimi xo‘jalik 
yuritishning ancha samarali shakli ekanligi, u iqtisodiy rivojlanish va o‘sish 
uchun eng qulay shart sharoitlarni yaratib berishi to‘g‘risidagi qoidaga 
asoslanadi. Neoliberallar iqtisodiyotni erkinlashtirish, bahoning erkin shakllanish 
tamoyillaridan, iqtisodiyotda xususiy mulkning va nodavlat xo‘jalik 
tuzilmalarining yetakchilik rolidan foydalanish tarafdori hisoblanadi. Bunda ular 
davlatning iqtisodiyotni tartiblashdagi rolini futbolni boshqarib boradigan, lekin 
o‘yinda ishtirok etishga haqqi bo'lmagan hakamga o‘xshatishadi. Iqtisodiyotni 
davlat tartiblashining neoliberal konsepsiyasi vakillari L.Erxardning - “mumkin 
bo‘lgan barcha joy da — raqobat, qayerda zarur bo‘lsa o‘sha yerda - tartiblash” 


qoidasiga amal qilgan holda iqtisodiy jarayonlarda davlat ishtirokini kamaytirish 
va iqtisodiy otdagi nomuvozanatlikni bartaraf etishning sharti sifatida 
tadbirkorlaming erkin va barqaror amal qilishga ko‘maklash zarurligini isbotlab 
berdi. Neoliberalizmning asosiy belgilari: - bozor mexanizmi va erkin raqobat 
ustunligini e’tirof etgach, neoliberallar raqobat muhitini shakllantirish va unga 
amal qilishni nazorat qilish bo‘yicha davlatning iqtisodiyotga aralashuvini 
mumkin, deb hisoblaydi; - zamonaviy iqtisodiyotning samaradorligini 
ta’minlashda iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining erkin amal qilishini qo‘llab-
quvvatlaydi; - monopoliyani milliy xo‘jalikning har tomonlama rivojlanish 
yo‘lidagi to‘siq, deb e’lon qiladi va iqtisodiyotdagi monopol moyillik bilan 
kurashning zarurligini asoslab beradi; - o‘zini keynschilikka va xo‘jalik hayotiga 
faol aralashuv tamoyiliga asoslangan totalitarizmga qarshi raqib, deb hisoblaydi. 
XX asming 30-yillaridayoq erkin raqobat tizimini cheklovchi iqtisodiyotni davlat 
tartiblashining keynschilik g‘oyalariga qarshi davlatning iqtisodiyotga 
aralashuvining muqobil neoliberal chora-tadbirlari turli mamlakatlarda ishlab 
chiqarila boshladi. Hozirgi zamon sharoitida “neoliberallar” nomi bilan ataluvchi 
bir qancha maktablar amal qiladi. Unga Chikago (M.Fridman), London 
(F.Xayek), Frayburg (V.Oyken, L.Erxard) maktablarini kiritish mumkin. 
“Ordoliberalizm ’’ nima? Ikkinchi Jahon urushidan keyin neoliberalizm g‘oyalari 
eng avvalo, G‘arbiy Germaniya amaliyotida muvaffaqiyatli qo’llanila boshladi. 
Bu yerda 1948-yildan neoliberalizm Bonning rasmiy doktrinasiga aylandi. 0‘sha 
yili V.Oykenning muharrirligi ostida xo‘jalik va ijtimoiy tuzum to‘g‘risidagi 
neoliberallaming yillik jumalining birinchi soni “Ordo” nomi bilan chop etildi. 
V.Oyken ishlatgan “Ordo” so‘zi “Tabiiy tuzum ... erkin bozor xo‘jaligi” 
tushunchasini bildiradi. Germaniyada neoliberalizm doktrinasi “Oyken maktabi” 
ta’sirida hatto “ordoliberalizm” deb atala boshladiA Ordoliberal konsepsiyasi 
asosida “ijtimoiy bozor xo‘jaligi” konsepsiyasi ishlab chiqildi. Uni ishlab 
chiqqan iqtisodchi professorlar Alfred Myuller-Armak, Aleksandr Ryustov, 
Vilgelm Repke va Lyudvig Erxardlar hisoblanadi. 
2. 
Neoliberalizm keynschilik bilan deyarli bir vaqtda paydo bo'ldi va asming 30- 
yillarida iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishning mustaqil qarashlar 
majmuasidan iborat. Ilmiy nazariya va amaliy hayotda neoliberal iqtisodiy 
jarayonlarga davlatning ma’lum darajada aralashuvi tufayli cheklanmagan erkin 
raqobat g‘oyasining ustuvorligiga asoslanadi. Agar keynschilik iqtisodiyotda 
davlatning faol aralashuvini boshidanoq zarur deb qarasa, neoliberalizm 
davlatning nisbatan passiv tartibga solishini qo‘llaydi. Keynschilik modellarida 


iqtisodiyotning turli sohalarini investitsiyalash, hukumat buyurtma va xaridlari 
hajmini kengaytirish, soliq siyosatini kuchaytirish bo'yicha davlat chora- 
tadbirlari majmuasiga ustuvorlik beriladi. Bu siyosatning o‘ta keng qo‘llanilish 
oqibatlari iqtisodiy tarixdan ma’lum bo‘lgan davlat budjeti kamomadi va 
inflatsiyaga olib kelishida ko‘rinadi.
Neoliberalistlar iqtisodiyotni liberallashtirishni, erkin baho shakllanish 
prinsiplaridan foydalanishni, iqtisodiyotda xususiy mulk va nodavlat 
tuzilmalarining yetakchi bo‘lishini qo'llaydilar.
Neohberalizmning eng yirik markazlati Germaniya, AQSH va Angliyada 
vujudga kelib, shunga muvofiq Frayburg maktabi (yetakchi vakillari - V.Oyken, 
V.Ryobke, A.Ryustov, L.Erxard va b.), Chikago maktabi, uni «monetar 
maktab» deb ham ataydilar (yetakchi vakillari - L.Mizes, M.Fridmen, A.Shvari 
va b.), London maktabi (yetakchi vakillari - F.Xayek, L.Robbins va b.).
Fransiyada neoliberal g'oyalaming taniqli vakillari sifatida iqtisod- chilar 
J.Ryueff, M.Alle va boshqalami keltirish mumkin. Bu olimlar o‘sha davrdayoq 
yagona ilmiy-amaliy platformani ishlab chiqish uchun harakat boshladilar. 1938-
yih Parijdagi konferensiyada neoliberalizm- ning asosiy prinsiplari xalqaro 
ko‘lamda e’lon qilindi. Bu neoliberallar- ning yig‘ilishi (forumi) «Lippman 
kollokviumi» deb ham ataladi. Bu- ning sababi shuki, o‘shayili amerikalik 
iqtisodchi AUolter Lippman «Erkin shahar» kitobini e’lon qildi va undagi 
g'oyalar neoliberal prin- siplar bilan hamohangdir. Parijdagi qo‘llab-quwatlangan 
neoliberal umumiy prinsiplaming mohiyati shundan iboratki, davlatlar erkin 
raqobat qoidalarini qaytarishga g'amxo'rlik qihshlari va ulami barcha xo'jalik 
subyektlari tomonidan bajarilishini ta’minlashlariga ko‘maklashuvi so'raladi. Bu 
hujjatda xususiy mulk ustuvorligi sharti, bitimlar erkinligi va bozorlar erkinligi 
davlat yo‘li bilan faqat ekstremal (urush, stixiyali ofat, falokat va b.) 
holatlardagina qayta ko‘rilishi mumkin deb hisoblanadi

3. 
Keynschilikka muqobil ravishda AQSHda neoliberalizmning Chikago maktabi 
vujudga keldi. Uning monitar (pul bilan bog'liq) g'oyalari Chikago 
universitetida 20-yillarda paydo bo'ldi. Ammo neoUberal yo‘nalish harakatida 
Amerika monetarizmi mustaqil keyinschilik ilg‘orlik pozitsiyalami faqat 50-
yillar oxiri - 60-yillar boshida egalladi. Bunda M.Fridmen (1912-2006) nashrlari 
muhim ahamiyat kasb etdi (1976- yilgi iqtisodiyot bo‘yicha Nobel mukofoti 
laureati). Fridmen va uning safdoshlari Keynsning pulsiz omillari (masalan, 
investitsiyalar) o‘miga aynan pulli omillarni afzal ko‘rdilar.
1958-yilda A.U. Fillipsning empirik egri chizig‘i paydo bo‘lishi bilan pul 
hisohidagi ish haqining yillik foiz o‘zgarishi va ishsizlik dara- jasi (hissasi) 


o'rtasidagi bog‘lanish aniqlandi. Bunda 1861-1913-yillar Anglivadagi real 
ma’lumotlardan foydalanilgan. 1964-yil P.Samulson o‘zining mashh’ir 
«Ekonomiks» darsligining 6-nashriga shu grafikni kiritdi vauni «Fillips egri 
chizig'i» deb atadi. Avvalgi tadqiqotlarda (masalan, Keyns) inflatsiyasiz to‘la 
bandlik iqtisodiy siyosatning maqsadi sifatida qarab kelinar edi. Bu egri 
chiziqqa ko‘ra, baholar mo'tadilligi va ishsizlik nomuvofiq hodisalar bo'lib 
chiqdi. Ular askincha, konfliktli maqsadlar ekan: ishsizlikni kamaytirishga 
inflat- siyani kuchaytirish yo‘li bilan erishiladi, inflatsiyani pasaytirish esa, 
odatda, ishsizlar ko‘payishini taqozo etadi. Shunday qilib, bir vaqti- ning o'zida 
turg‘un baholar va to'la bandlikka bo'lgan ishonch, barqa- ror baho va to'la 
bandlik o‘rtasida tanlash bilan o‘rin almashdi.
M.Fridmen va uning safdoshlari Fillips egri chizig'ini har tomon- lama o'rganib, 
(egri chiziq) har doim ham turg'un emasligini aniqladi. Ayniqsa, 60-yillar oxirida 
ko‘pgina mamlakatlarda inflatsiya o'sishi «mantiq»qa qarama-qarshi 
ishsizUkning pasayishi emas, balki uning o'sishi va 70-yillar boshida esa 
inflatsiya va ishsizlikning bir vaqtda o'sishi bilan ro'y berdi. 
Xulosa 
Neoliberalizm keynschilik ta’limoti davrida yuzaga keldi, ammo davlatning 
iqtisodiyotga aralashuvi ancha boshqacha talqin etiladi. Davlat «sport sudyasi» 
vazifasini bajarishi, ya’ni erkin iqtisodiyot qonun- qoidalarini tartibga solishi 
kerak, xolos. Bu yo'nalishning yirik uch markazi Germaniya, AQSH va 
Angliyada paydo bo'ldi. Germaniyada ijtimoiy bozor xo'jaligi konsepsiyasi 
ilgari surildi va amalda yaxshi natijalar berdi, davlat iqtisodiy siyosati darajasiga 
ko'tarildi. Bu boshqa mamlakatlarda. xususan, mustaqil 0‘zbekistonda ham 
muvaffaqiyatli amalga oshirilmoqda.
Chikagoda paydo bo'lgan monetarizm maktabi M.Fridman nomi bilan 
mashhur bo'ldi. Uning konsepsiyasidagi asosiy masala davlatning qattiqqo'l pul 
siyosatidir. Har yili konyunkturaga bog'lanmagan holda pul massasini 3-4% 
oshirish taklif etiladi, bu yo'l AQSHda yaxshi na- tija berdi. 

Yüklə 335,1 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin