Milliy va harakatli o‘yinlarni o’rgatish metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari


Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi



Yüklə 40,21 Kb.
səhifə2/8
tarix10.06.2023
ölçüsü40,21 Kb.
#128076
1   2   3   4   5   6   7   8
Milliy va harakatli o‘yinlarni o’rgatish metodikasi fanining maq

1. Harakatli o’yinlarning kelib chiqishi va rivojlanish tarixi.

Harakatli o’yinlarining kelib chiqish tarixi uzoq o’tmishimiz bilan bog’lanib ketadi.


Afrosiyob, Dalvarzin tepa, Sirdaryoning quyi qismlarida (Toshkent viloyati), shuningdek Xorazm va Qoraqalpog’iston xududlarida o’tkazilgan arxeologik qazilmalar, qidiruv ishlarining natijalari asosida topilgan turli xil buyumlar, ashyolar, bezaklarning guvohlik berishicha bundan 3-4 ming yillar avvalgi ajdodlarimiz xilma-xil o’yinlar, jismoniy mashqlar bilan mashg’ul bo’lgan. Yovvoyi hayvonlarni tutish, ov qilish, quvlash, nayza sanchish, olishish va boshqa juda ko’p murakkab harakatli faoliyatlar tasvirlarda, sopol va metall buyumlarda ifoda etilgan. Shuningdek Omonqo’ton (Samarqand), Chorvoq atrofidagi (Toshkent viloyati) yassi toshlar, g’orlarda odamlarning ov qilish va hayvonlar bilan jang qilish (olishish), turli xil o’yinlar bilan shug’ul-lanishlari aks ettirilgan. Bunday holatlar Surxon va Qashqa vohasidagi g’orlar, sohillardagi toshlar, Farg’ona vodiysidagi tog’li manzillarda (chotqol tog’lari) ham ko’p uchraydi.
Qadimgi ajdodlarimiz hozirgi Markaziy Osiyo xududlaridagi barcha xalqlar (Qozoq, Qirg’iz, Turkman, Tojik, Uyg’ur va h.k) bilan yaqin aloqadorlikda hayot kechirgan. Ularning ijtimoiy turmush madaniyati bir-biriga o’xshash bo’lib, urf-odatlari, turli marosimlari ham tutashib ketgan. Shu sababdan ham milliy harakatli o’yinlar o’zaro aralashib ketgan. M: ko’pkari-uloq, poyga, qiz quvmoq, otdan ag’darish, otda qilichlashish (savalash), nayza sanchish, dorboz, kurash kabi murakkab harakatli o’yinlar Markaziy Osiyoning barcha xududlarida keng tarqalgan. Ijtimoiy-madaniy turmush sharoitidan kelib chiqqan “quloq cho’zma”, “Eshak mindi”, “Oq suyak”, “CHillik” (chillak), “Qalpoq tepish”, “Piyoda poyga”, “Poda to’p”, palaxmon va shaxmondan tosh otish, kamondan (yoy) nayza (o’q) otish, “Xo’rozlar jangi”, “Mushuk va sichqon”, “Bo’ta soldi”, “To’qqiz tosh”, “Shuvoq”, “Bekinmachoq” kabi yuzlab milliy harakatli o’yinlar ham barcha xalqlar, elatlar, urug’-aymoqlar hayotida chuqur o’rin egallagan. Bu o’yinlarning tarixi 2-3 ming yildan kam emas.
“Alpomish”, “Go’ro’g’li”, “Kun tug’mush”, “Qiriq qiz”, “Toxir va Zuxra” kabi xalq og’zaki ijodi durdonalari kabi minglab harakatli o’yinlar ham yozma bo’lmaganligi sababli og’izdan og’izga o’tib bizgacha yetib kelgan. CHunki o’g’il uylantirish, qiz chiqarish, beshik, sunnat, payg’ambar yoshi kabi ulug’ to’ylar, Navro’z, Hosil yig’ish bayramlari (qovun sayli, gul sayli va h.k), hayitlar, gashtaklar (gaplar) va juda ko’p marosimlar xalqdan xalqqa o’tib kelgan. Ularning mazmunida asosan ko’pkari-uloq, poyga, otdan ag’darish, qiz quvmoq, kurash kabi o’yinlar qatorida “Piyoda poyga”, “Quloq cho’zma”, “Xo’rozlar jangi”, “To’qqiz tosh” (qizlar o’yini), “Gardkam” (oshiq o’yinlari) kabi xilma-xil qiziqarli o’yinlar ham o’rin olgan.
Harakatli o’yinlarning mazmunlarini yozib olish, ularni yoshlarga o’rgatish masalalari asosan XIX asrning ikkinchi yarmiga to’g’ri keladi. Bunda rus sayyohlari, arxeologik va tarixiy qidiruv ishlarini olib boruvchi olimlarning rolini tan olish kerak bo’ladi. L.Bajenko (1840), A.Borj (1848), G.Vamper (1877), A.Arandarenko (1889) kabilarning xizmati kattadir. XX asr boshlarida arxeologik va tarix sohasidagi olimlar V.Bartolьd, A.Vinogradov, S.P.Tolstov, A.SHishkin hamda O’zbekiston arxeologi Ya.G’ulomov kabilar harakatli o’yinlarga katta e’tibor berishgan.
Xalqning haqiqiy vazifalarin ita’lim jarayonidagi muammolarni bartaraf etuvchi va tanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalashdir. Virtual munosabatlar orqali insonlarni xulqini tarbiyalashda qiyinchiliklar bo'lishi mumkin. Bu biz insonlar bir qator bir-biri bilan muloqotda bo'lgan vaziyatda, ayniqsa, muhimdir. Biz so'nggi yillarda sohada katta taraqqiyot ko'rdik, va biz asta-sekin yana odamlar o'yinlarni virtual real vaqtda ilovalar, kiritilgan. Ushbu maqolada, biz xususan, belgi, piyoda xarakat bilan band, multi-agent tutish modellashtirish haqida o'ylash va yo zarracha asoslangan yoki qoidalarda ishlatiladigan eng mashhur yondashuvlarning ko'p to'g'ri qo’llay olish uchun murakkab qoidalar talab etilgan. O'tgan bir necha yil davomida biz ham ba'zi ma'lumotlarning yuritmali usullarini adabiyotlarda ko'rdik.
E’tirof etish lozimki, sobiq sovetlar hokimiyati yillarida (1917-1991) harakatli o’yinlar bo’yicha bir qator to’plamlar nashr etilib, ular asosan o’quv yurtlarining muhim o’quv qo’llanmalari sifatida xizmat qildi. Lekin ularning tarkibida o’zbek xalq milliy harakatli o’yinlari umuman uchramaydi.
Rus tilidagi harakatli o’yinlarini tarjima qilib, uning mazmunini milliy harakatli o’yinlar bilan to’ldirgan va ilk bor (1963) nashrdan chiqarganlar T.S.Usmonxo’jaev va H.Tojiboevlar edi. So’nggi yillarda, ayniqsa mustaqillik yillari davrida “Harakatli o’yinlar” to’plamlarini qayta nashr qilish, yangi o’yinlar bilan ularni boyitishda yana T.S.Usmonxo’jaev va A.SH.Qosimov, F.N.Nasriddinov, O.O.Po’latov, F.Xo’jaev, H.Meliev kabilar o’z hissalarini qo’shdilar.
O’zbekiston Davlat jismoniy tarbiya instituti (O’zDJTI), viloyatlardagi jismoniy tarbiya fakultetlarida “Harakatli o’yinlar” maxsus fan sifatida o’qitiladi. Mustaqillikning sharofati tufayli jismoniy tarbiya, fakulьtetlarida “Milliy harakatli o’yinlar” fani yangidan tashkil qilingan. Ularning asosiy maqsad va vazifalari jismoniy tarbiya va sport sohasidagi bo’lajak mutaxassislarning nazariy bilim va amaliy ko’nikmalari hamda malakalarini chuqurlashtirishga qaratilgan. Shu sababdan harakatli o’yinlardan deyarlik barcha sport turlari bo’yicha, o’tkaziladigan darslar, sport mashg’ulotlarida (trenirovka) maqsadli foydalanish yo’lga qo’yilgan. Bu o’z navbatida milliy harakatli o’yinlarning nufuzini oshirishga ko’mak beradi.
O’zbekiston Respublikasining “Ta’lim to’g’risida” (1997), “Jismoniy tarbiya va sport to’g’risida”gi (2000, 2015 yil yangi taxriri) qonunlarga rioya qilish hamda O’zRning davlat ta’lim standartlari, kadrlar tayyorlash milliy dasturi, sog’lom avlod davlat dasturini amalda bajarishda “Milliy harakatli o’yinlar” fani asosida yangi vazifalar mujassamlashadi. Ularni quyidagi yo’nalishlarda ijro etish maqsadga muvofiq bo’ladi, ya’ni:
1. Harakatli o’yinlarni shug’ullanuvchilarning yoshiga qarab belgilash va turkumlarga ajratish (jismoniy sifatlarni tarbiyalovchi).
2. Bolalar bog’chalarida tashkil etiladigan harakatli o’yinlarning tartib va tizimlarini qo’llash.
3. Boshlang’ich (I-IV) va yuqori sinflarda (V-VII, VIII-IX, X-XI) o’tiladigan harakatli o’yinlarning ijtimoiy-tarbiyaviy xususiyatlariga e’tiborni kuchaytirish.
4. Aholi istiqomat joylari, istirohat va ko’ngil ochish bog’lari, o’quvchi-yoshlar va talabalarning yozgi dam olish oromgohlari, sog’lomlashtirish sport markazlarida tashkil etiladigan harakatli o’yinlarni sharoitlarga qarab belgilash va h.k. Eng muhimi esa talabalarga harakatli va milliy o’yinlarning ijtimoiy-madaniy, tarbiyaviy, sog’lomlashtirish xususiyatlari, shuningdek mehnat va Vatanga sadoqat tuyg’ularini his etishdagi ijtimoiy-pedagogik jarayonlarni mukammal, chuqur singdirish davr talabidir.

“Bizning ota-bobolarimiz kishilar bilan uchrashganda yoki xayrlashganda, avvalo, chin yurakdan salomatlik tilashgan. Bizning zamonamiz bahodirlarga va himoyachilarimiz bo’lgan polvonlar va botirlarga bu an’analar boy meros hisoblanadi va ularni mehr bilan parvarish qilib kelmoqda. Bugungi kunda hamma joyda sportning milliy turlari qayta tiklanmoqda. O’zining salomatligi haqida shaxsan g’amxo’rlik qilib borish madaniyatini yoshlikdan, maktab, mahalla, sog’liqni saqlash tizimi, jismoniy tarbiya va sport tashkilotlari ko’magida singdirish kerak”, - deb haqli ravishda aytgan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov

Harakatli o’yinlar o’z nomi bilan inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham ongli ravishda chuqur bilishgan va amal qilishgan.
Boshda takidlanganidek kurash, ot o’yinlari, kamondan (yoy) nayza (o’q) otish, nayza sanchish, kaltak, tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib yovvoyi hayvonlarni ov qilishgan.
Ijtimoiy tuzumlar (formatsiya) almashishi va rivojlanishi tufayli turmush sharoit ham o’zgargan, rivoj topgan. Mehnat qilish, oilada bolalarni tarbiyalash, ov qilish, dushmanlarga qarshi jang qilish va boshqa juda ko’p sabablarga ko’ra harakatli o’yinlar, turli jismoniy mashqlar maqsadli hamda keng qo’llangan.
Jismoniy tarbiya va jismoniy madaniyatning ibtidoiy jamoa davrida paydo bo’lishi haqidagi N.I.Ponamarevning monografiyasida (Leningrad, 1972 y) ta’kidlanishicha qadimgi kishilar yashash, mehnat qilish uchun tabiat bilan qarama-qarshi turishgan. Osiyo, Yevropa qit’alarida yashagan odamlar asosan ov bilan shug’ullanib, turli xil harakatli o’yinlarni nashr etishgan. Bunda hayvonlarning hatti-harakati, tabiatdagi turli o’zgarishlarga qiyos qilishgan.
Yovvoyi-yirtqich hayvonlardan saqlanish, ov qilish jarayonlarida epchillik, kuchlilik, chidamlilik kabi jismoniy sifatlar sarf-qilinishini tushungan qabila, urug’ boshliqlari, yoshlarni maxsus tayyorlashga kirishganlar. Bunda jismonan baquvvat, epchil kishilarni tarbiyachi yo’liga o’rgatib, ulardan bolalarni tarbiyalashda foydalanilgan.
Quldorchilik tuzumi davrida mayda hunarmandchilik va keyinchalik ishlab chiqarish rivojlangan. Natijada metall buyumlardan qilich, nayza, pichoq, bolta, o’roq kabi jang va mehnat qurollarini yasashgan. Ulardan turli marosimlarda o’yin sifatida foydalanganlar.
Ilk bor davlat paydo bo’lgan Greklar, Rimliklar va ularning atrofidagi xalqlarning ijtimoiy turmush sharoitida urushlar ko’p bo’lganligi sababli harbiy qurollarni yasash asosiy o’rinda turgan. Mohirona jang qilish uchun esa askarlarni har tomonlama jismoniy jihatdan tayyorlashgan. Jang mashqlarining ba’zi qismlarini (element) o’yinga aylantirib, xalq orasida keng tarkalgan.
Kadimgi Greklarning sparta tizimi,.Italiyaning Rim tizimi va shunga uxshash tarbiya maskanlarida eng murakkab mashklar,jang amallari urgatilib, ularni omma o’rtasida tomosha sifatida namoyish etishgan (“Spartak”, “Geraklning jasorati” va shunga o’xshash kinofilьmlarni eslab ko’ring).
Feodalizm jamiyati davrida boy feodallar va dehqonlarning yumushlari asosida turli xil yangi o’yinlar vujudga kelgan. Ular qilichlashish, nayza uloqtirish, kamondan o’q otish kabi turlar bilan bir qatorda mushtlashish (boks), kurash, tosh ko’tarish, suvda suzish kabi o’yinlar bilan mashg’ul bo’lishgan.
O’rta asr va keyingi bir necha yuz yilliklar davrida yuqorida tilga olingan murakkab harakatli o’yinlar musobaqa shakliga o’tib, kuch va matonat sinash, jang qilish quroliga aylangan. E’tirof etish lozimki, har bir xalqning o’z milliy o’yinlari va ularni tashkil qilish marosimlari mavjud bo’lgan.
Arab mamlakatlarida asosan otda poyga, otni sakratish, chovg’on o’yinlari milliy o’yinlar hisoblansa, xindistonda fillar, ilonlarni tutish, ularni o’yinga o’rgatish hamda chimxokkey milliy hisoblanadi. Afrika mamlakatlarida yo’lbars va boshqa yirtqich hayvonlarni ushlash, ularni o’rgatish, nayza, kamondan otish kabi turlar eng qadimgi davrdan buyon davom etib kelayotgan o’yinlardir.
Anjir. 3. Birinchi biz, masalan so'rovning (qizil rang) dan piyodalar bilan (ko'k rang) piyoda mos va keyin biz juftliklar o'rtasidagi masofa yig'indisining quyidagi o'lchov vazifasini yordamida hisoblanadi o'lchash barcha N doirasida orqali g’olib aniqlanadi.
Xitoy, Yapon, Koreya, Tayvan kabi sharq mamlakatlarida o’zlariga xos yakka kurashlar (ushu, taekvando, karate, kikboksing va h.k) uzoq davrlardan buyon qo’llanilib kelinadi.
Kavkaz xalqlarida kurash, ot o’yinlari, chexarda va boshqa o’yinlar mashhur hisoblanadi.
Rossiya xalqlari yashash xududlariga qarab (shimol, sharq va janub) chang’ida yurish, konьkida uchish, mushtlashish (boks), kurash, muzda cho’milish, ot, bug’i, itlarga arava, chana qo’shib poyga qilish kabi milliy o’yinlar tarixi qadimgi avlodlariga borib taqaladi. Eslatish zarurki, qadimda o’yin sifatida foydalangan juda ko’p turlar keyinchalik sportga aylanadi. Bularni Yevropada XIX asrning birinchi yarmida ilk bor tashkil etilgan musobaqalar misolida ko’rish mumkin. Bu faoliyatlar xalqaro miqyosga aylanib, keyinchalik turli federatsiyalarning tuzilishiga sababchi bo’ladi. Shu asosda Yevropa va jahon birinchiliklari hamda olimpiya o’yinlarining tashkil etilishiga olib keladi.
Shunday bo’lsada harbir mamlakatda o’zlarining milliy harakatli o’yinlari mavjud. Ulardan asosan bolalarni jismoniy tarbiyalash, bayramlarda xordiq chiqarish, ba’zan esa musobaqa tariqasida foydalaniladi.
Takidlash lozimki, sobiq ittifoq davrida harakatli o’yinlar asosan jismoniy tarbiya darslaridagina keng qo’llanilib kelingan. Shu sababdan maxsus to’plamlar tayyorlanib, ularda ko’proq Rossiya va uning atrofidagi mamlakatlarning harakatli o’yinlari joy olgan. Shu tariqa deyarlik barcha harakatli o’yinlar sobiq ittifoqchi respublikalarining xalqlari orasida asosiy o’yin bo’lib xizmat qilib kelgan. Sir emaski, O’zbekistonda o’qitilayotgan jismoniy tarbiya darslarida qo’llaniladigan harakatli o’yinlarning 70-80% xorijiy mamlakatlarning (asosan Rossiya) harakatli o’yinlaridir. Shunday bo’lsada o’yinlarning mazmuni, maqsad va vazifalari umumxalq ehtiyojiga mos kelishini inkor qilib bo’lmaydi. Chunki ularning mazmunida barcha jismoniy sifatlarni tayyorlashga loyiq bo’lgan tarbiyaviy jarayonlar mujassamlashgan. Xulosa qilib aytganda harakatli o’yinlar (umum ma’noda) barcha xalqlarning ezgu-niyatlari, maqsad va vazifalarini o’zida saqlab kelmoqda. ulardan maqsadli foydalanish va milliy xususiyatlarga moslashtirish lozim bo’ladi. Harakatli o’yinlar deb yurish, yugurish, sakrash va uloqtirish harakatlarining har xil turlaridan tashkil topgan o’yinlarga aytiladi.
Harakatli o’yinlar o’z nomi bilan inson faoliyatini ta’minlovchi mazmunga egadir. Buni eng qadimgi ajdodlarimiz ham ongli ravishda chuqur bilishgan va amal qilishgan.
Yuqorida ta’kidlanganidek kurash, ot o’yinlari, kamondan (yoy) nayza (o’q) otish, nayza sanchish, kaltak, tosh va boshqa moslamalarni uloqtirib yovvoyi hayvonlarni ov qilishgan.
Ijtimoiy tuzumlar almashish va rivojlanishi tufayli turmush sharoit ham o’zgargan, rivoj topgan. Mehnat qilish, oilada bolalarni tarbiyalash, ov qilish, dushmanlarga qarshi jang qilish va boshqa juda ko’p sabablarga ko’ra harakatli o’yinlar, turli jismoniy mashqlar maqsadli hamda keng qo’llanilgan.
2. Harakatli o’yinlarning turkumlari va rivojlanish bosqichlari.
Harakatli o’yinlar o’z vazifasiga ko’ra quyidagilarga bo’linadi:
- bilim beruvchi;
- sog’lomlashtiruvchi;
- hordiq chiqaruvchi.
Harakatli o’yinlar quyidagi turkumlarga bo’linadi;
- kichik yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar;
- o’rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar;
- katta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o’yinlar;

Yüklə 40,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin