Milliy xalq o`yinlari asosida bolalarda odob-axloqni tarbiyalash



Yüklə 1,02 Mb.
səhifə5/5
tarix23.05.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#120916
1   2   3   4   5
Sattorova Ulbo‘sin KURS ISHI

 
Metodik ko'rsatmalar. Bu o'yinda tarbiyalanuvchilarning kuch va chaqqonligini oshirishga birdamlik bilan harakat qillishlariga erishish lozim. Bu o'yinni o'g'il bolalar bilan ham, qiz bolalar bilan ham (alohida-alohida) o'tkazish mumkin.
 
Eslatma! Oʻyin kattalar nazorati ostida oʻtkazilishi kerak!



Harakatli o‘yinlar aslini olganda qadimgi xalq pedagogikasining mahsulidir. Qadim vaqtlarda ham oilalarda bolalarni ilk yoshidan boshlab topqirlikka, zukkolikka, chaqqonlikka o‘rgatadigan topishmoqlar, o‘yinlar, maqol-masallar asosida tarbiyalab kelingan, kichkintoylarga dastlabki harakat malakalari bilan bog‘liq bo‘lgan harakatli o‘yinlar o‘rgatilgan. Tez aytish, hisoblash, sanoq o‘yinlari, chori-chambar singari o‘yinlar kichik yoshdagi bolalarni o‘ziga jalb qilgan. Bolalar katta bo‘lgan sayin ularga turli xil harakatlar bilan bog‘liq bo‘lgan xalq o‘yinlari o‘rgatilgan. Xalq og‘zaki ijodidan olingan o‘yin folklori bugungi kunda ham o‘zining badiiy go‘zalligini, tarbiyaviy ahamiyatini yo‘qotmay kelayotganligi uchun ham eng qimmatli vosita sifatida amalda qo‘llanmoqda.


Bugungi kunda maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bolalarga baynalminal tarbiya berish maqsadida ularga turli qo‘shiqlar, raqslar va o‘yinlar o‘rgatish orqali mamlakatimizda yashaydigan barcha xalqlarni xurmat qilishga o‘rgatib bolrilmoqda. Shuning uchun ham turli xalqlarga tegishli bo‘lgan har xil harakatli o‘yinlarni tanlash, o‘rganish va bolalarga o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Milliy o‘ziga hos o‘yin folklori namunalari bilan tanishish va ba’zi bir xalq o‘yinlarini bolalar hayotiga olib kirish turli xalqlar ijodiga, san’atiga va shu orqali o‘sha xalq vakillariga xurmat tuyg‘usini tarbiyalab boradi.
Mashxur pedagog K.D.Ushinskiy rus xalq o‘yinlariga yuksak baho bergan hamda ulardan bolalarni tarbiyalashda keng foydalanishni maslahat bergan edi. K.D.Ushinskiyning fikricha, jamoa bo‘lib o‘ynaladigan o‘yinlar, ayniqsa katta ahamiyatga egadir. Ular bolalarda ijtimoiy hulq-atvorni tarbiyalaydi, “ijtimoiy munosabatlarning dastlabki assotsiatsiyasi” ni boshlab beradi.
Bolani tarbiyalash vositalaridan biri sifatida harakatli o‘yinlarning ahamiyati
O‘yin faoliyati, u qanday shaklda bo‘lmasin, bolalarda hamisha quvonch baxsh etadi. Juda ko‘p kutilmagan quvnoq holatlarni vujudga keltiradigan harakatli o‘yinlar esa bolalarda ijobiy his-tuyg‘ular uyg‘otishda mug‘im rol o‘ynaydi. Mana shu quvnoq hayajon mobaynida o‘yinlarning juda katta tarbiyaviy kuchi yashiringan.
Harakatli o‘yinlarning tematikasi, mazmuni ayniqsa puxta tahlil etilishi va turli yoshdagi bolalarga muvofiq tarzda tanlanishi lozim.
Har qanday o‘yin – u xoh ijodiy. Xoh didaktik,xoh musiqiy, xoh harakatli o‘yin bo‘lmasin, baribir tevarak atrofidagi olamni bilish vositasi sifatida bolaning hayotiy o‘ziga hos, muhim rol o‘ynaydi.
Harakatli o‘yinlar mazmunida bolaga bilim beradigan bir talay material bo‘ladi. Bu material uning bilim darajasini kengaytiradi va uning olam haqidagi tasavvurlarini boyitib, unga aniqlik kiritib boradi. Odamlar, tabiat hodisalari, hayvonlarning hatti-harakatlari tasvirlangan ba’zi bir epizodlar syujetli o‘yinlar tematikasini tashkil etadi. Bular bari bolalar tomonidan shartli o‘yinlar shaklida: “Sayohatchilar”, “O‘quvchilar”, “G‘ozlar-oq qushlar”, “Inida yotgan aymq” va boshqa o‘yinlar o‘ziga hos tarzda ifodalab beriladi. Biroq tevarak atrofidagi olamni bola to‘g‘ri idrok etishi uchuno‘yinchi barcha shartlikka qaramay, obrazxning haqqoniy harakteristikasi hayajonli tarzda pedagog tomonidan o‘yin shartlarini tushuntirish vaqtida ifodalab berilishi kerak. Bunda xalq o‘yinlarini misol qilib olish mumkin. Ulardagi o‘yin vaziyati bolani o‘ziga jalb etadi va uni tarbiya qiladi. Ba’zi bir o‘yinlarda uchrab turadigan dialog tarzidagi suhbatlar esa personajlar va ularning harakatlarini bevosita ko‘rsatib beradi.
Syujetsiz va muayyan o‘yin topshiriqlarigagina asoslangan o‘yinlarda ham juda ko‘p qiziqarli material bo‘ladi. Bu material bolaning umumiy bilimi, tafakkurini rivojlantiradi, uning mo‘ljal olish qobiliyatini o‘stiradi.
O‘yin qoidalarida mujassamlashgan fikrlar juda katta tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Ular butun o‘yinning borishini belgilab beradi, bolalarning harakat faoliyatini, ularning hulq-atvori, bir-biriga bo‘lgan o‘zaro munosabatlarini muvofiqlashtirib, bolalarga ahloqiy-iroda sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi. Qoidalar o‘yin vaqtida muayyan shart-sharoitlarni vujudga keltiradi. Agar to‘g‘ri rahbarlik qilinsa, bunday sharoitda bola o‘zida tarbiyalanayotgan sifatlarni namoyon qilishi shart bo‘lib qoladi. Masalan, “Ayyor tulki” o‘yinida tulkining:”Men bu erdaman” – degan so‘zlaridan keyingina davra ichida turgan bolalar turli tomonlarga qarab yugurib ketishlari kerak. Bu qoida bolada diqqat-e’tiborni, o‘zini boshqarishni, sabr-chidamni, signalga tez reaksiya berishni, fazoda mo‘ljal olishni va boshqa shu singari sifatlarni tarbiyalab boradi.
Qoidalarning so‘zsiz bajarilishini talab qilish maqsadga erishish vaqtida sodir bo‘ladigan xudbinlik his-tuyg‘ulari va intilishlprining oldini olishga yordam beradi. “Qoidalar jamoa talabiga muvofiq ravishda bolaning xulq-atvorini muvofiqlashtirib va yo‘naltiribturuvchi dastlabki ijtimoiy rag‘batlantirish chorasi hisoblanadi. O‘yinlarda teran his-tuyg‘ularning, o‘rtoqlik va do‘stlik sevgisining dastlabki ko‘rsatkichlari paydo bo‘ladi.
Kichik yosh guruppalarida bolalar qoidalarni o‘yin davomida paydo bo‘ladigan javob harakati, ya’ni bajarilishi shart bo‘lgan ish sifatida idrok etadilar. Masalan, quyonchalar faqat ayiq polvon paydo bo‘lgan paytdagina yugurib butalar orasiga kirib ketadilar; avtomobil paydo bo‘lgan vaqtda yo‘l ustidagi qarg‘alar o‘tib ketishadi. Bolalar o‘yin qoidalarini hali garchi “qonun” tarzida anglab etmasalarda, lekin ular vaziyatni o‘z vaqtida reaksiya berishga o‘rganib boradilar: bir tomondan, ular o‘yin syujeti bo‘yicha zarur bo‘lgan harakatni amalga oshirsalar quyonchalar ayiq polvondan qo‘rqishadi., ikkinchi tomondan, ularda shakllanib borayotgan muayyan signalga nisbatan paydo bo‘ladigan shartli refleks sababli beixtiyor harakat qiladilar.
XULOSA
Bolalar jismoniy tarbiya darsining boshqa shakllariga nisbatan o’yinlarda ko’proq so’zlashni eslab qolish va esda tutish imkoniyatiga ega bo’ladilar, bu esa ixtiyoriy xotira xususiyatini chuqurroq ochishga yordam beradi. Bundan esa shunday xulosalar kelib chiqadi.

  1. O’yin bola tomonidan ma’lum rol tanlash va uni ijro etish jarayoni bo’lib, birtalay axborotlarni eslab qolishni talab qiladi.

  1. Shu boisdan personajning nutq boyligini egallash, hatti-harakatini takrorlashdan iborat ongli maqsad bolada oldinroq paydo bo’ladi va oson amalga oshadi.

Milliy xalq o’yinlaridan foydalanishda, ularni qo’llashda shuni hisobga olish kerakki, bu yoshdagi bolalar aniqlikni talab etadigan mayda harakatlarga qaraganda keng, kuchli harakatlarga ancha moyil bo’ladilar.
Bizning fikrimizcha, milliy xarakatli o’yinlarni hamma fazilatlar, qobilyatlar, sifatlarni tarbiyalash bilan bir qatorda aqliy va xarakat ko’nikma hamda malakalarining shakllanishida asosiy o’rinlarni egallaydi.
Shunday qilib, boshlang’ich sinf o’quvchilari jismoniy tarbiyasining quyidagi asosiy vazifalarini bajarishda ham xalq milliy o’yinlarining roli va o’rni nihoyatda katta ekanligi ko’rinadi:

  1. Sog’liqni mustahkamlash, o’quvchilarni to’g’ri jismoniy rivojlantirishga va chiniqtirishga yordam berish.

  2. O’quvchilarga jismoniy madaniyat va sportga oid maxsus bilimlar berish, ularga gigiyenik bilim va ko’nikmalarni singdirish.

3. O’quvchilarda harakat malakalarini va ko’nikmalarini shakllantirish va takomillashtirish, yangi harakat turlariga va harakat faoliyatiga o’rgatish.

  1. Yoshga muvofiq ravishda asosiy harakat sifatlarini (kuch, tezkorlik, epchillik, chidamlilik va boshqalar) rivojlantirish.

  2. Botirlik, qattiylik, nizomlilik, jamoaga birlashish, do’stlik hissini madaniy hulq ko’nikmalarini, mehnatga munosabatini tarbiyalash.

  3. Turganda va yurganda qomatni to’g’ri tutish ko’nikmalarini shakllantirish.

  4. O’quvchilarda jismoniy madaniyat va sport bo’yicha muntazam mashg’ulotlarga barqaror qiziqish va ko’nikmalarini tarbiyalash.

  1. O’quvchilarga tashkilotchilik malakalarini singdirish, jamoatchi jismoniy madaniyat faolini tayyorlash.

Milliy o’yinlar 7-8 yoshli bollarga mo’ljallangan jismoniy tarbiya dasturidagi mashqlar bilan qo’shilib borilganda jismoniy sifatlar rivojlanishi aniqlandi.
Tajriba xalq milliy o’yinlarni jismoniy tarbiya darslariga kiritish uchun:
-ularni turkumlarga bo’lish;
-jismoniy sifatlarini rivojlantirishiga qarab tanlanishni;
-yilning fasllarida qo’llaniladigan o’yinlarni aniqlash zarurligini isbotladi;
Prezidentimiz Sh. M. Mirziyayev bir necha bor ta`kidlaganidek, milliy qadriyatlarimizni, sharqona pedagogikani tiklash hozirgi kunning o`ta dolzrab vazifasidir.

Adabiyotlar:



1. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o’yinlarning rivojlantirishning muommolari. Toshkent-1998 yil
2. “1001 o’yin” T.Usmonxo’jayev Toshkent-1995 yil
3. YU. Portnex “Sport va harakatli o’yinlar”. Moskva-1997 yil.
4. Ayrapyans L.P. “Milliy sport turlari va o`yinlarning rivojlantirishning muommolari. Toshkent-1998 yil
5. “1001 o`yin” T.Usmonxo`jayev Toshkent-1995 yil
6. YU. Portnex “Sport va harakatli o`yinlar”. Moskva-1997 yil.
7.WWW.PEDAGOG.UZ
8. www.ziyonet.uz



1 O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonuni.// Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori.~T., «SHarq», 1997.

2 Kadrlar tayyorlash milliy dasturi.// Barkamol avlod O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori. —T., «Sharq», 1997.

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin