Mineral o'g'itlar. Mineral oʻgʻitlar



Yüklə 139,42 Kb.
səhifə5/6
tarix12.02.2022
ölçüsü139,42 Kb.
#52447
1   2   3   4   5   6
Mineral o\'g\'itlar

Kas-suyuq azotli o'g'it


Suyuq azotli o’g’it (KAS) - karbamid va ammiakli selitradan iborat bo’lgan suyuq holdagi o’g’itdir. KAS qishloq xo’jaligida mineral o’g’it sifatida qo’llash uchun mo’ljallangan.





Kompleks o’g’it – o’g’itli aralashma

Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma, o’simliklarda rux yetishmovchiligida va tanqisligida, ularga ishlov berish uchun qo’llaniladigan maxsus tarkibdir.   U kukun holida yoki suvli eritma holida qo’llaniladi. Kompleks o’g’it - o’g’itli aralashma suvda eriydi va tarkibida uchta asosiy ozuqa elemenlarni:  azot, fosfor va kaliyni o’z ichiga oladi. Mikroelement sifatida rux qo’shilgan bo’lib, u asosiy makroelementlarni o’zlashtirilishiga imkon beradi.





Texnikaviy magniy sulfat

Texnikaviy magniy sulfat - tarkibida 9% gacha magniy bo’lgan o’g’itdir.  Suvda eriydi, yopishib qolmaydi, yaxshi sochiladi. Magniy o’simliklarni tuproqdan fosforni olishini va  o’simliklar tomonidan uning o’zlashtirilishini yaxshilaydi. Tuproqda magniyning yetishmasligi, barglarni marmar tusga kirishini va o’simliklarda xlorozni keltirib chiqaradi. Bunday hollarda magniy o’g’itini  qo’llash zarur.





Fosfomochevina

Fosfomochevina - azotli o’g’it karbamid va fosforli o’g’it - ammofosni mexanik aralashtirish yo’li bilan hosil bo’ladigan aralashtirilgan o’g’itdir. Nordon va nordon bo’lmagan tuproqlar uchun karbamidni fosforli o’g’itlar bilan birga qo’shilgan holda qo’llash ayniqsa samarali hisoblanadi.





Sulfomochevina

Sulfomochevina qishloq xo’jaligi uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan, karbamid va ammoniy sulfat - mineral o’g’itlarning ikki turini birga qo’shish bilan olinadigan mahsulotdir.





Kaliy sulfat

Kaliy sulfat- tarkibida kaliy miqdori 48% dan kam bo’lmagan yuqori samarali konsentrlangan kaliyli o’g’itdir. Kaliy sulfat qishloq xo’jaligi va chakana savdo uchun o’g’it sifatida mo’ljallangan.






Yüklə 139,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin