Oldin o‘quvchilar berilgan sonlardan (232-mashq) tenglamani yechish uchun mos keluvchi sonni tanlaydilar. So‘ng o‘quvchilar x-7=63, c:3=6, 72:x-8 tenglamalarni yechadilar (og‘zaki yechish ham mumkin).
234-masala Sizning rahbarligingizda yechiladi. Masalani o‘qing. Tushib qolgan ma'lumotlarni qo‘yib, masalani qisqacha yozing:
- 400 kg.
- ?, 80 kg ortiq
Masalani tushuntirishlar bilan ammllar bo‘yicha mustaqil yeching.
Tekshirish. Masala yechimini doskadagi yozuv bilan taqqoslash (sinf o‘quvchilari bilan parallel ravishda bir o‘quvchi doskada yechadi):
400+480=880 (kg) - hamma o‘quvchilar to‘plagan. Javob: o‘quvchilar 880 kg temir-tersak to‘plashgan.
235- mashq og‘zaki yechiladi, 1 sutka necha soat? Sutkaning oltidan bir qismi necha soat? Bolalar haftada necha soat mashq qiladilar? (24:6=4 (soat.)) [20]