Pul evolyutsiyasi1
Pul evolyutsiyasi2
Qadimgi Misrda misrliklar orasida eng keng tarqalgan “valyuta” don mahsulotlari edi. Donli mahsulotlar ko‘rinishidagi oylik ish haqi boshqa tovarlarni olish uchun barter savdosida ishlatilgan.
Okeaniyada bir necha yuz vulqon orollaridan iborat Mikroneziya shtati hududida - Yap Orol davlati mavjud. Mahalliy aholi “rai” deb ataydigan dumaloq teshikli ulkan tosh disklardan foydalangan va bu disklar har xil o‘lchamlarga ega bo‘lgan (baʼzi “tangalarning” og‘irligi besh tonnaga, diametri bir necha metrga yetadi, boshqalari esa atigi 10 santimetr bo‘lgan).
G‘arbiy Afrikada metall uzuklar pul sifatida ishlatilgan va bu 1948 yilgacha davom etgan. Odatda qullar uchun pul to‘lash uchun oddiy emas, balki qimmatbaho metallardan yasalgan uzuklar ishlatilgan.
Sharqdagi yana bir g‘ayrioddiy pul ekvivalenti presslangan choydan qilingan g‘isht edi. Shunga o‘xshash “valyuta” qadimgi Xitoy, Tibet va Mo‘g‘ulistonda savdoda ishlatilgan. Bunday “pul” baʼzi Sharqiy mintaqalarda o‘tgan asrning o‘rtalariga qadar ishlatilgan.
Dunyoning baʼzi qismlarida hatto tuz ham haqiqiy valyuta hisoblangan. Butun dunyoda va insoniyat tarixi davomida tuz:
Foydali va shifobaxsh mahsulot
Ҳаётнинг рамзи
Yovuzlikdan himoya
Ko‘pgina mamlakatlarda tuz oltindan qimmatroq edi.
bu shunday maxsus tovarki, u hamma boshqa tovarlar uchun umumiy ekvivalent vazifasini bajaradi
shunday kuchga ega bo‘ladiki, u umumiy ijtimoiy qiymatga ega barcha tovarlarni xarid qilish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
tovar ishlab chiqarish va ayirboshlash jarayonida isteʼmolchilar o‘rtasidagi ijtimoiy munosabatlarni ifoda etadi.
Dostları ilə paylaş: |