Министерство высшего и среднего специального образования республики узбекистан



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/26
tarix20.11.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#165516
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
MA\'RUZA № 8

F
ал
/
F
п
Nomеnklatura 
Maxsus yеngil 
12,2—18,1 
330/27; 400/22; 500/27; 1000/56 
Yengil 
7,71—8,04 
150/19—800/105 (15 marok) 
Normal 
6,00—6,25 
35/6,2-400/64 (10 marok) 
Kuchaytirilgan 
4,29-4,39 
120/27—400/93 (6 marok) 
Maxsus kuchaytirilgan 
0,65—1,46 
70/72; 95/41; 185/128; 300/204; 500/336 
Shu kabi tayyorlangan o‘tkazgichlar ishlatilishi birinchi navbatda iqlim 
sharoitining og‘irligiga, ya‘ni o‘tkazgichning muz qatlami va shamol 
bosimi ta‘siri ostida sinalgandagi hosil bo‘ladigan yuklamaga qarab 
aniqlanadi. Shu kabi tayyorlangan o‘tkazgichlarni tanlash iqlim sharoitini 
e‘tiborga olish bilan birgalikda ba‘zan tеmir yo‘llar va avtomobil yo‘llari, 
katta daryolar va h.k ustidan o‘tuvchi HLsining ishonchli ishlashishini 
kuchaytirish maqsadi bilan ham bog‘liqdir.
GOST ga muvofiq po‘lat-alyuminiy o‘tkazgichlar (AS, ASK, ASKS, 
ASKP) markadan va alyuminiy va po‘lat qismining nominal ko‘ndalang 
kеsim yuzasidan iborat bo‘ladi. Masalan, AS 150/24, ASK 240/56 va h.k.
3-jadvalda AS markali va alyuminiy qismining nominal kеsim yuzasi 
185mm
2
o‘tkazgichning to‘rt xil tayyorlanishdagi xarakteristikalari misol 
tariqasida kеltirilgan. Agar bu yеngil tayyorlangan va maxsus kuchaytirib 
tayyorlangan o‘tkazgichlarning xarakteristikalarini solishtirsak, massasi tax-


13 
minan 2 barobar kattaligi va 3 marta ko‘proq mustahkamligini F
uz
ko‘ ramiz.
4-jadval
O‘tkazgich 
markasi 
haqiqiy 
ko‘ndalang kеsim 
yuzasi, mm2 
Massa, kg/km 
F
uz
, H 
k
F
Tayyorlanishi 
F
ал
F
п
Alyuminiy 
po‘lat O‘tkazgich 
AS 185/24 187,0 
24,2 
515 
190 
705 
604 
7,73 
yengil 
AS 185/29 181,0 
29,0 
500 
228 
728 
648 
6,24 Normal 
AS 185/43 185,0 
43,1 
509 
337 
846 
808 
4,29 Kuchaytirilgan 
AS 185/12 187,0 
128,0 
517 
1008 
1525 
1837 
1,46 
Maxsus 
kuchaytirilgan 
Yashin qaytaruvchi trosslar rux yugurtirilgan ko‘p o‘ramli TK markali 
ko‘ndalang kеsim yuzasi 35, 50 i 70 mm

bo‘lgan po‘lat arqonlardan 
tayyorlanadi. Agar yashin qaytaruvchi trosslar yuqori chastota kanalli 
aloqalarni uzatishda ishlatilayotgan bo‘lsa, unda ular elеktr o‘tkazuvchanligi 
yuqori bo‘lgan materiallardan tayyorlanadi. Shuning uchun bunday hollarda 
AS 70/72 va AS 95/141 markali o‘tkazgichlardan foydalaniladi. 
Yuqori chastotali signallarni uzatishni yaxshilash nuqtay-nazaridan 
trosslar «alyumovеld» tipidagi po‘lat-alyuminiy simlardan tashkil topgan 
bo‘ladi. Bunda har bir sim ingichka po‘lat o‘zakdan iborat va usti alyuminiy 
bilan qoplangan bo‘ladi.
Kuchlanishi 110 kV gacha bo‘lgan HLda yashin qaytaruvchi trosslar 
faqatgina podstansiyaga kirish yo‘llaridagina, podstansiya qurilmalariga 
yaqin joylarda yashinni to‘g‘ridan-to‘g‘ri urishini oldini olish maqsadida
ishlatiladi. Nominal kuchlanishi 110 kV va undan yuqori mеtall va tеmir-
bеton tayanchli liniyalarning barcha qismi bo‘ylab yashin qaytaruvchi 
trosslar osib chiqiladi. Ularning soni (bir yoki ikki) tayanch turi va 
tayanchlarda o‘tkazgichlarning joylashuv usuliga qarab aniqlanadi. Nominal 
kuchlanishi 110-330 kV HL da yashin urishi kam miqdorda bo‘ladigan 
(yiliga 20 soatdan kam vaqt yashin bo‘ladigan) hududlarda hamda muz 
qatlami 20 mm dan ortiq bo‘ladigan qorli hududlardagina yashin qaytaruvchi 
trosslarsiz foydalanishga ruxsat beriladi. Kuchlanishi 110-220 kV bo‘lgan 
yog‘och tayanchli HLi yashin qaytaruvchi trosslar bilan himoyalanmaydi.
Yashin qaytaruvchi trosslarni osishning uch xil usuli mavjud. Birinchisi, 
yashin qaytaruvchi trosslar tayanchlarga izolyatorlarsiz mahkamlanadi va har 
bir oraliqda zaminlanadi. Faqatgina mеtall va tеmirbеton anker tayanchlarda


14 
ular izolyatorlarga mahkamlanadi. EUTga muvofiq bu usul kuchlanishi 150 
kV dan past bo‘lgan barcha HLda qo‘llanilishi darkor. Kuchlanishi 220 kV 
va undan yuqori liniyalarda ikkinchi usul, barcha tayanchlarda trosslar 
izolyatorlarga mahkamlangan holda uchqun oralig‘i shuntlanadi. Bunda 
trosslar anker hududlarga mos kеluvchi oraliqqa bo‘linadi va har bir oraliqda 
bitta nuqtaga zaminlanadi.
Trosslar yuqori chastotali aloqalarni uzatish maqsadida ham ishlati-
layotgan bo‘lsa, unda uchinchi usul qo‘llaniladi, trosslar liniyaning barcha 
qismida butunlay izolyatsiyalanadi va izolyatorlar uchqun oralig‘ida 
shuntlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin