Global iqtisodiy rivojlanish fani bo‘yicha:
“Global iqtisodiy rivojlanish” fanining predmeti va uslublari. Jahon
iqtisodiyotini globallashuvi ob’ekti va sub’ekti. Jahon iqtisodiyotini globallashuvi
mohiyati, kelib chiqish sabablari, shart-sharoitlari va darajalari. Jahon iqtisodiyotni
globallashuvining vujudga kelishi va rivojlanishini shart-sharoitlari: texnologik
taraqqiyot; kapitalning konsentarsiyalashuvi va markazlashuvi; xalqaro biznesning
integratsiyalashuvi; jahon iqtisodiyotining erkinlashuvi; xalqaro moliya institutlari
faoliyat doirasining kengayishi; global muammolar tomonidan xavfning
kuchayishi; milliy va xalqaro miqyosda siyosiy tizimlarning o‘zgarishi.
Globallashuv tushunchasining keng va tor ma’nodagi ta’rifi. Globallashuv
tushunchalarining rivojlanish evolyutsiyasi. Globallashuv jarayoni va uning
chuqurlashuv bosqichlari: - integratsiyalashuv; – transmilliylashuv; – globallashuv.
Globalashuv turlari: siyosiy globallashuv; iqtisodiy globallashuv; moliyaviy
globallashuv. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining namoyon bo‘lish shakllari.
Globallashuv jarayonining iqtisodiy, siyosiy, texnik, erkinlashuv omillari. Jahon
iqtisodiyoti
globallashuvining
ustuvor
yo‘nalishlari. Jahon iqtisodiyoti
globallashuvi darajalari: megadaraja; makrodaraja; mezodaraja; mikrodaraja. Jahon
iqtisodiyotining globallashuvi ko‘rsatkichlari. “Global iqtisodiy rivojlanish”
fanining umumiqtisodiy va mutaxassislik fanlari bilan bog‘liqligi, fanning
vazifalari.
9
Globallashuvga bag‘ishlangan ilmiy qarashlarning vujudga kelishi va
rivojlanishi. Globallashuv nazariyalarining rivojlanish bosqichlari: 1950-1990
yillar (R.Robertson, M.Uoters, G.Ternborn, A.Zinovev, I.Vallerstayn, D.Meyer,
N.Luman). 1990-2000 yillar (I.Vallerstayn, G.Ternbon, M.Archer, R.Robertson,
M.Fezerstoun, A.Appadurai, B.Terner, A.Zinovev, N.S.Mironenko). 2000
yillardan hozirga qadar (M.Kastels, L.G.Grinin, R.Roberston). Globallashuv
jarayonining rivojlanishi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi to‘g‘risidagi ilmiy
konsepsiyalar asosiy yo‘nalishlari: giperglobal; skeptik va transformatsion.
Giperglobal ilmiy yo‘nalish vakillari hisoblangan K.Oman, F.Fukuyama va
R.Rayxning iqtisodiy qarashlari. Skeptik ilmiy maktab vakillari S.Xantington,
P.Xirst, G.Tompson, S.Krasnerlarning iqtisodiy qarashlari. Transformatsion ilmiy
maktab vakillari Dj.Rozenau, D.Xeld, A.Mak-Grularning ilmiy qarashlari. Rim
klubi
va
globallashuv
nazariyalarining
rivojlanishi.
Global
iqtisodiy
rivojlanishning ustuvor yo‘nalishlari: “jahon tizimlari” nazariyasi (I.Vallerstayn);
“umumjahon madaniyati” nazariyasi (R.Robertson); “umumjahon boshqaruvi”
nazariyasi; “global kapitalizm” nazariyasi. “Vashington konsensus” yoki AQSh
iqtisodchisi Dj.Vilyamson tomonidan ishlab chiqilgan “Jahon savdosini isloh
etishning 10 tavsiyasi”: 1. Budjet kamomadini minimallashtirish; 2. Korxonalarga
beriladigan subsidiyalarni minimallashtirish; 3. Soliq bazasi keng, soliq stavkasi
esa past bo‘lishi zarurligi; 4. Foiz stavkalari ichki moliya bozorlari tomonidan
belgilanishi zarurligi; 5. Rivojlanayotgan mamlakatlardagi almashuv kursi
eksportni rag‘batlantirishi zarurligi; 6. Tashqi savdo tariflari minimal bo‘lishi
zarurligi; 7. Xorijiy investitsiyalarni rag‘batlantirish siyosati qabul qilinishi
zarurligi; 8. Xususiylashtirish har tomonlama rag‘batlantirilishi zarurligi; 9. Davlat
tomonidan tartibga solishni minimallashtirish; 10. Xususiy mulk huquqi
kafolatlanishi va kuchaytirilishi zarurligi. Dj.Yu.Stiglitsning iqtisodiy qarashlari.
“Transformatsion yo‘nalish”i tarafdorlarining ilmiy qarashlari. XX asr boshlarida
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi nazariyalarining transformatsiyalashuvi va
xususiyatlari.
Jahon iqtisodiyotni globallashuvini harakatlantiruvchi kuchlari: kapitalning
konsentratsiyalashuvi va markazlashuvi, xo‘jalik hayoti transnatsionallashuvi –
yirik transmilliy kompaniyalar va moliya guruhlarining rivojlanishi, jahon va
milliy darajadagi bozor raqobati, fan texnika taraqqiyoti, texnologik innovatsiya
taraqqiyoti, xo‘jalik hayotining erkinlashuvi, tovar, xizmat va kapital bozorlarini
tartibga solishning qisqarishi. Jahon xo‘jaligi erkinlashuvi jarayonining kuchayishi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvining asosiy mexanizmlari: 1. Jahon savdosida
raqobatning kuchayishi 2. Ko‘p millatli ishlab chiqarishning shakllanishi 3.
Xalqaro moliya bozorlarining integratsiyalashuvi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuv jarayonlarining vujudga kelishi va
rivojlanishiga ta’sir etuvchi asosiy omillar: mamlakatlar o‘rtasidagi o‘zaro
iqtisodiy bog‘liqlikning keskin kuchayishi; milliy iqtisodiyotlar iqtisodiy
ochiqligining jadal sur’atlar bilan oshishi; xalqaro savdo va kapitalning
mamlakatlararo harakati asosida jahon iqtisodiyotining milliy iqtisodiyotga
ta’sirining intensivlashuvi. Xalqaro mehnat taqsimoti yangi sifatining shakllanishi;
Jahon moliya bozorining milliy segmentlari o‘rtasidagi aloqalarning kuchayishi va
global moliya bozori shakllanishi; infomatsion va telekommnikatsion taraqqiyot;
10
transmilliy korporatsiyalar faoliyatining global kengayishi; rivojlanayotgan va
o‘tish iqtisodiyoti mamlaktlarining xalqaro savdo, xalqaro kredit, xalqaro mehnat
migratsiyasi jarayonlariga jalb etilishi; jahon iqtisodiyoti sub’ektlari tarkibining
keskin murakkablashuvi; jahon iqtisodiyotiga yangi rivojlanib borayotgan yirik
shaharlar (alfa shahar) ta’siri kuchayishi (Nyu-York, London, Tokio). Jahon
iqtisodiyoti globallashuvining belgilari: xalqaro mehnat taqsimotidagi sifat
o‘zgarishlari; TMK kabi jahon iqtisodiyoti sub’ektlari miqyosi va ta’sir
yo‘nalishining o‘sishi; xalqaro va milliy darajada iqtisodiyotni tartibga solish
tizimining o‘zgarishi; xalqaro iqtisodiy tashkilotlar tizmi shakllanishi va
bajaradigan funksiyalarining o‘zgarishi; xalqaro iqtisodiy aloqalar jahon xo‘jaligi
harakat qilishining muhim shakliga aylanishi.
Jahon iqtisodiyoti globallashuvi belgilari. TMKlarni jahon iqtisodiyotida
yetakchi rol o‘ynashi. Jahon xo‘jaligi munosabatlarining ichki iqtisodiy
munosabatlarga nisbatan yetakchiligi (ustuvorligi). Global axborot-texnologik
taraqqiyotni chuqurlashuvi. Ilmiy-texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishni
integratsiyalashuvini hamma tomonlariga universal, keng qamrovli ta’siri.
Standartlarni uyg‘unlashuvi (texnologik, ekologik, statistik, buxgalter, moliyaviy
va boshqalar). Xalqaro ishlab chiqarishning ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvi
qamrovini turli shakllarda jahon miqyosida kengayishi va intensivlashuvi.
Kapitalning integratsiyalashuvi shakl va mexanizmlarining global miqyosda
kengayishi. Xalqaro iqtisodiy va moliya tashkilotlariningjahon iqtisodiyotini global
tartibga solish rolining vujudga kelishi (Umumjahon savdo tashkiloti, Xalqaro
valyuta fondi, Jahon banki va boshqalar). Jahonning hamma muhim iqtisodiy
mintaqalarining hududiy integratsiya bilan qamrab olinishi. Jahon iqtisodiyotida
integratsion
jarayonlarning
jadal
sura’tlarda rivojlanishi. Globallashuv
jarayonining rivojlanish yo‘nalishlari: bozorlar va tovarlar globallashuvi.
Global
muammolar.
Global
muammolarning
belgilari.
Global
muammolarning guruhlanishi. Siyosiy global muammolar (tinchlikni saqlash,
qurolsizlanish va konversiya, mahalliy urushlar va nizolar, xalqaro terrorizm,
yopiq mamlakatlar). Iqtisodiy global muammolar (transmilliy kapital, iqtisodiy
urushlar va nizolar, rivojlanayotgan mamlakatlar qoloqligining kuchayishi,
demografik global muammolar (rivojlanayotgan mamlakatlardagi demografik
portlashlar, aholi ortiqchaligi, taraqqiy etgan mamlakatlarda aholi soni qisqarishi,
aholi qarishi, migratsiya). Shimol-Janub, xalqaro qarzdorlik, moliyaviy-iqtisodiy
inqirozlar, energetika muammosiva boshqalar). Ijtimoiy global muammolar (aholi
daromadlaridagi tabaqalanishning kuchayishi, ishsizlik va qashshoqlik, to‘yib
ovqatlanmaslik, kasallik va narkomaniyaga qarshi kurash, megopolislar, inson
salohiyatini rivojlantirish muammosi, oziq-ovqat, xavfsizlik, demografik va
boshqalar). Ekologik muammolar (global ifloslanish, radioaktiv ifloslanish, kislota
yomg‘irlari, tuproq eroziyasi, resurslarni cheklanganligi, iqlimning isishi, ozon
qatlami yemirilishi, ekologiya va barqaror rivojlanish, inson xavfsizligini
ta’minlash muammosi, jahon okeani muammosi va boshqalar). Shimol-Janub
muammosi. Kambag‘allik muammosi. Oziq-ovqat muammosi. Demografik
muammo. Jahon iqtisodiyoti globallashuvining siklliligi tarixi va uning rivojlanish
qonuniyatlari. 1-sikl – XIIasr o‘rtalari-XV asr oxiri. 2-sikl – XVIasr o‘rtalari-XVII
asr ikkinchi yarmi. 3-sikl – XVIIIasr. 4-sikl – 1840-1920 yillar. 5-sikl – XX asr 60-
11
yillar oxiri-hozirga qadar. Xalqaro savdoning ustun darajada rivojlanishi.
Globalizatsiyaning siklik rivojlanish qonuniyatlari: xalqaro savdoning ustun
darajada rivojlanishi; inflyatsiya va oltin narxining siklik o‘zgarishi; foyda
normasini pasayishi va narxning baravarlashuvi. Jahon iqtisodiyoti globallashuvi
bosqichlari: 1. 1980-1920 yillar – xom ashyo manbalarini egallab olish. 2. 1920-
1970 yillar – mahsulot sotish bozorlarini egallash. 3. 1970 yildan hozirgi kunga
qadar – investitsiya tarkibining optimallashuvi, global yoki mintaqaviy xalqaro
iqtisodiy integratsiya afzalliklaridan foydalanish, global raqobatbardoshlikni
ta’minlash, saqlash va oshirish asosida jahonni tez o‘sib borayotgan bozorlarida
o‘rnini mustahkamlash. Jahon iqtisodiyotini globallashuvini qarama-qarshiliklari:
mamlakatlar va mamlakatlar guruhi o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, mamlakatlar
va tegishli moliya institutlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, ayrim mamlakatlar
bilan TMK va jahon moliya markazlari o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar, yirik TMK,
TMB va xalqaro moliya markazlari o‘ratsidagi qarama-qarshiliklar.
Global iqtisodiyot shakllanishida xalqaro savdoning o‘rni. Global bozorlar
shakllanishi va ularning xususiyatlari. Globallashuv sharoitida erkin savdo va
proteksionizm savdo siyosatlarini o‘rtasidagi nisbat. Jahon iqtisodiyoti
globallashuvi sharoitida tashqi savdoni tartibga solishni tarif va notarif usullari
o‘rtasidagi nisbat. Xalqaro savdoning geografik va tovar tarkibi hamda ularni
diversifikatsiyalash yo‘nalishlari. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining xalqaro
savdo miqyosi, tarkibi va yo‘nalishlariga ta’siri. Xalqaro savdo dinamikasi va
o‘zgarish xususiyatlari. Xalqaro savdoda rivojlangan mamlakatlarning tutgan o‘rni.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida tashqi savdoning ahamiyati. Xalqaro
savdo rivojlanishida xalqaro iqtisodiy tashkilotlarning roli. Umumjahon savdo
tashkilotining jahon iqtisodiyoti globallashuvi va tashqi savdo erkinlashuvidagi
faoliyati. Mintaqaviy iqtisodiy integratsion birlashmalar doirasida xalqaro savdoni
erkinlashtirish jarayonlari. Umumjahon savdo tashkiloti va O‘zbekiston.
O‘zbekistonningXalqaro savdo tashkilotiga kirishining afzalliklari va yo‘qotishlari.
Global moliyaviy bozorlarning shakllanishi, global moliyaviy bozorlarning
amal qilishi va ularni tartibga solish vositalari. Xalqaro moliya tashkilotlari va
ularning xalqaro moliya munosabatlaridagi o‘rni. Xalqaro valyuta fondi va xalqaro
valyuta munosabatlarini tartibga solish muammolari. Xalqaro moliyaviy
munosabatlarda TMKlarning o‘rni. Xalqaro valyuta fondining vazifalari va jahon
moliyaviy-iqtisodiy inqiroziga qarshi kurash dasturlari. Mintaqaviy va milliy
moliya bozorlarini rivojlanishi va ularni tartibga solish muammolari. Globallashuv
sharoitida
o‘tish iqtisodiyoti mamlakatlarida davlat moliya siyosati.
Rivojlanayotgan mamlakatlar iqtisodiyotida xalqaro moliya munosbatlarining
o‘rni. Rivojlanayotgan mamlakatlarda moliyaviy tizimlardagi islohotlar.
O‘zbekiston Respublikasi moliya bozori, holati, rivojlanish tendensiyalar va
rivojlanish istiqbollari. O‘zbekiston Respublikasini xalqaro moliya bozoriga
integratsiyalashuvi muammolari.
Jahon ishchi kuchi bozori tushunchasining mohiyati, shakllanish sabablari va
rivojlanish omillari. Jahon ishchi kuchi bozorining rivojlanish bosqichlari. Jahon
ishchi kuchi bozori: ob’ektlari, sub’ektlari, amal qilish mexanizmi va vositalari.
Rivojlangan mamlakatlardagi demografik vaziyat va aholi qarishi. Jahon ishchi
kuchi bozorining asosiy markazlari, hududlari. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi
12
va uning asosiy ko‘rinishlari. Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining tarkibi,
yo‘nalishlari va migrantlarni o‘ziga jalb qiluvchi markazlar. Jahon iqtisodiyotida
xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining dinamikasi. Mintaqalararo migratsion
jarayonlar va ularning ustuvor oqimlari. Pul o‘tkazmalari va ularni ishchi kuchini
eksport qiluvchi mamlakatlar iqtisodiyotgia ta’siri. Ishchi kuchi eksportining
eksportyor mamlakat iqtisodiyotiga ta’siri va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
“Aqlning oqib o‘tishi”. Ishchi kuchi migratsiyasini importyor mamlakat
iqtisodiyotiga ta’siri. Global moliyaviy inqirozning jahon ishchi kuchi bozori
miqyosi va tarkibiga ta’siri. Xalqaro ishchi kuchi bozorini tartibga solishning
xalqaro va milliy vositalari. O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini chet ellardagi
faoliyatini tashkil etishni taritbga solish masalalari.
Milliy xavfsizlik tushunchasini mohiyati. Milliy xavfsizlik turlari va ularning
guruhlanishi. Iqtisodiy xavfsizlik va uning turlari. Tashqi va ichki xavflar.
Iqtisodiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari va indikatorlari tizimi. Moliyaviy xavfsizlik
ko‘rsatkichlari va mezonlari. Ijtimoiy xavfsizlik ko‘rsatkichlari va mezonlari.
Oziq-ovqat xavfsizligi. Yoqilg‘i xavfsizligi ko‘rsatkichlari va mezonlari tizimi.
Globallashuv sharoitida iqtisodiy xavfsizlikni ta’minlashda tashqi omillarning
o‘rni. Tashqi iqtisodiy faoliyat va milliy manfaatlarga tahdidlar. Xorijiy
investitsiyalarni jalb etish bilan bog‘liq xavfsizlik va mamlakat raqobatbardoshligi.
Milliy va xalqaro raqobatbardoshlik tushunchalarining mohiyati. Milliy
raqobatbardoshlik ko‘rsatkichlari va mezonlari. Iqtisodiy raqobat munosabatlari
ko‘rinishlari. Mikro, mezo, makro va mega raqobatbardoshlik. Mamlakatning
raqobat ustunliklari nazariyasi. Mamlakat raqobatbardoshligini aniqlash usullari.
Globallashuv sharoitida mamlakat milliy raqobatbardoshligini oshirish omillari.
Mamlakat raqobatbardoshligini oshirishda tarkibiy o‘zgartirishlar siyosatining
o‘rni. Tashqi iqtisodiy aloqalar tarkibini diversifikatsiyalash muammolari.
Mamlakatni barqaror iqtisodiy rivojlanishini ta’minlashda milliy iqtisodiyot
xavfsizligi o‘rnining kuchayib borishi.
Dostları ilə paylaş: |