32
2018-yilda Investitsiya dasturi doirasida moliyalashning barcha manbalari hisobidan
umumiy qiymati qariyb 2 milliard 700 million dollardan iborat bo‘lgan 150 ta ishlab
chiqarish yo‘nalishidagi loyihani amalga oshirish ishlari nihoyasiga yetkazildi.
Bular qatorida Toshkent issiqlik elektr markazida kogeneratsion gaz turbinali
texnologiyani joriy etish; Janubiy O‘rtabuloq – Muborak gazni qayta ishlash zavodi
gaz quvurini va kompressor stansiyasini barpo etish orqali Somontepa va Janubiy
O‘rtabuloq konlarini to‘liq jihozlash; «Angren» konini modernizatsiya qilish orqali
Yangi Angren issiqlik elektr stansiyasining 1-5-energiya bloklarini yil davomida
ko‘mir bilan ishlashga o‘tkazish; «Angren» maxsus
industrial zonasi hududida
«Ohangaron» podstansiyasini rekonstruksiya qilish, «Bekobod sement» ochiq
aksiyadorlik jamiyatida yangi liniya qurish hisobidan faoliyat ko‘rsatayotgan sement
ishlab chiqarish jarayonini modernizatsiya qilish, “Quyuv-mexanika zavodi” sho‘ba
korxonasida metall quyishni rekonstruksiya qilish va boshqa yirik loyihalar borligini
alohida qayd etish lozim.
Shu bilan birga, Toshkent va Namangan viloyatlarida
zamonaviy to‘qimachilik komplekslari, Jizzax va Xorazm viloyatlarida yigiruv va
to‘quv, Samarqand viloyatida sport poyabzallari ishlab chiqarish korxonalari tashkil
etildi. Oziq-ovqat sanoati bo‘yicha 21 ta korxonada ishlab chiqarish modernizatsiya
qilindi va texnik qayta jihozlandi.
Ma’lumki, biz mamlakatimizdagi ishlab chiqarish korxonalarini modernizatsiya
qilish
va yangilash, zamonaviy innovatsiyalarga asoslangan va yuksak samarali
texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha o‘z oldimizga katta maqsadlar qo‘yganmiz.
Ularni amalga oshirishda kerakli imtiyozlarga ega bo‘lgan maxsus industrial
zonalarni tashkil etish yo‘lida oxirgi yillarda biz ko‘pgina
tajribalarga ega
bo‘lmoqdamiz. Buning amaliy tasdig‘ini «Navoiy» va «Angren» maxsus industrial
zonalari faoliyati misolida ko‘rish mumkin.
Navoiy» erkin industrial-iqtisodiy zonasi tashkil etilganidan buyon uning hududida
umumiy qiymati 100 million dollardan ziyod bo‘lgan 19 ta investitsiya loyihasi
33
bo‘yicha ishlab chiqarish korxonalari ishga tushirildi. Jumladan,
yuksak
texnologiyalar asosida modem va televizorlar uchun pristavkalar, elektr energiyani
elektron hisoblagichlar, yuqori kuchlanishga chidamli kabellar, issiqlik va suv isitish
qozonlari, mobil va statsionar telefon apparatlari, tayyor dori vositalari va boshqa
turdagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi.
«Angren» maxsus industrial zonasi hududida qisqa muddatda umumiy qiymati
qariyb 44 million dollar bo‘lgan 5 ta loyiha asosida energiyani tejaydigan diodli
yorug‘lik
lampalar, turli kattalikdagi mis quvurlar, ko‘mir briketlari kabi yuksak
texnologiyalar asosidagi mahsulotlar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. Shuningdek,
shakar ishlab chiqarish bo‘yicha yangi zavod va boshqa korxonalar tashkil etildi.
Dostları ilə paylaş: