Bozoriqtisodiyoti sharoitida investitsion obyektlari.
5
1.2 1-chizma
.
Biz intellectual investitsiyani alohida turgani ajratishkerak, degan iqtisodchilar
fikriga qo'shilamiz.Chunki,ilmiy texnika taraqqiyoti juda tez rivojianayotgan hozirgi
davrda intellektual potensia lishlab chiqarishning eng faol bo'g'ini bo'lib
4
Manba : O’zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligining qonun va normativ-huquqiy hujjatlar to’plami
14
qolmoqda.Shuning uchun hamrivojlangan davlatlarda kadrlar tayyorlash ilmiy
tekshirish va ta'lim sohasiga qilinadigan xarajatlar yil sayin oshib bormoqda.
Intellektual investitsiya kadrlar tayyorlash ,ilmiytekshirish ,ta'lim va boshqa
ko'rinishdagi intellectual salohiyatlarga investorlar qo'yadigan barcha turdagi
boyliklardir.Ishlab chiqarishning fan va texnikani ta'siri kuchayib borishi bilan
intellectual investitsiyalarning
Ahamiyati yanada oshib boradi. Asosiy fondler va aylanma mablag'larga investorlar
qo'yadigan barcha turdagi boyliklar real investitsiyalar deb tushiniladi .Hozirgi
davrdaR espublikamiz xalq xo'jaligi tarmoqlarini tarkibiy qayta qurish uchun
texnika-texnologiya va katta hajmdagi qurilish ishlarini amalga Oshirishning
zarurligi mulkiy investitsiyalarga ehtiyojni yanada oshiradi. Bu ehtiyojni
qondirishning asosiy yo'llaridan biri korxonalarda investitsion jarayonni
rag'batlantirish hisoblanadi. Moliyaviy investitsiyalar deb esa aksiya,obligatsiya va
boshqa turdagi qimmatliqog'ozlar,muddatlidepozitlarga qo'yilgan investitsiyalarga
aytiladi.Respublikamizda moliyaviy bozor endi shakllanayotganligi sababli
moliyaviy investitsiyalar qo'yish hali ancha rivojlantirilishi lozim.Mulkningdavlat
tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonining rivojlanishi bilan qimmatli
qog'ozlar taraqqiy etib,moliyaviy investitsiyalar qo'yish jarayoni faollashadi.
Buholatlarning keng tarzda rivojlanishi va jadallashuvi natijasida iqtisodiyotimizda
umumiy investitsion jarayon faolligi oshadi.
Xorijiy investitsiyalar - bu chet el investorlari tomonidan yuqori darajada
daromad olish, samaraga erishish maqsadida mutloq boshqa davlat
iqtisodiyotining, tadbirkorlik va boshqa faoliyatlariga safarbar etadigan barcha
mulkiy, moliyaviy, intellektual boyliklaridir. Xorijiy investitsiyalari ichki
investitsiyalardan farqli holda tashqi moliyalashtirish manbaiga kiradi. Xorijiy
investitsiyalarning ichki investitsiyalardan farqi shundaki, ularda investor boshqa
mamlakat fuqarosi buladi. Iqtisodiy mazmuniga ko`ra xorijiy investitsiyalar ssuda
kapitali (ya`ni qarz va kredit), xamda bevosita va portfel‘
15
investitsiyalarga bulinadi. Investitsiyalar nimaga yunaltirilganligi ular kaysi
xorijiy investitsiya turiga kirishini belgilaydi.
Xorijiy investitsiyalar qo`shma korxonalarda o`z xissasi bilan katnashib, xorijiy
investorlarga to`liq tegishli bo`lgan korxonalarni yaratish, xususiylashtirishda
katnashish, xorijiy sheriklar bilan bank tuzish, qimmatbaxo qog`ozlarni sotib olishi,
yer va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish xuquqiga ega bo’lishi, erkin
iqtisodiy hududlarda faoliyat olib borishlari
mumkin.
Xorijiy investitsiyalarga asosan 2 gurux omillar ta`sir ko`rsatadi:
1) iqtisodiy omillar:
-ishlab chiqarishning rivojlanishi va iqtisodiy o’sish sur`atlarining bir maromda
ushlab turilishi;
-jahon va alohida mamlakatlar iqtisodiyotida chuqur tarkibiy siljishlarning
amalga oshirilishi (ayniksa, fan-texnika tarakkiyoti yutuqlari va jahon xizmatlar
bozori taraqqiyoti ta`siri ostida olib borilishi);
-ishlab chiqarishni xalqaro ixtisoslashuvi va kooperatsiyalashuvining
chukurlashuvi;
-jahon iqtisodiyotini transmilliylashtirilishini o`sib borishi
(AQSh Transmilliy korporatsiya (TMK)lari xorijiy filiallarining mahsulot ishlab
chiqarish xajmi AQSH tovar eksportidan 4 marotaba ortiqdir);
-ishlab chiqarishning baynalminallashuvi va integratsiya jarayonlarining
chuqurlashib borishi;
-xalqaro iqtisodiy munosabatlar (XIM)ning faol rivojlanishi va boshqalar.
2) siyosiy omillar:
16
-kapital eksporti (importi)ni erkinlashtirish (Erkin iqtisodiy hududlar (EIX),
offshor hududlari va boshqa.);
-rivojlanayotgan mamlakatlarda industirlashtirish siyosatini olib borish;
-iqtisodiy isloxotlarni olib borish (davlat korxonalarini xususiylashtirish, xususiy
sektorni va kichik biznesni qo`llabquvvatlash);
-bandlik darajasini ushlab turish siyosatini olib borish va boshqalar.
Investitsiya faoliyatining rivoji uchun mazkur omillar talilil qilinishi lozim
bo'ladi.Bu tahlil mablag'lari yo'nalishining eng maqbulu sulini tanlash va kelajakda
har bir hududga mos keladigan investitsiya siyosatini belgilash imkoniyatini beradi.
Shuni ta'kidlashl ozimki, investitsion siyosatda faqatgina bozor mexanizmiga
tayanib ish yuritish mumkin emas.Chunki,u iqtisodiyotning tarmoqlariga turlicha
ta'sir ko'rsatadi.
Mamlakatimiz sanoatini yuksaltirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar amalga
oshirilayotgan investitsiya siyosati bilan chambarchas bog‘liqdir. O‘zbekistonda
sarmoyadorlar uchun qulay investitsiya muhiti, imtiyoz va preferensiyalar tizimi
yaratilgan. Iqtisodiyotimizga jalb etilayotgan xorij sarmoyasining yildan-yilga
ortayotgani buning yaqqol dalilidir.
Xalqaro investitsiya huquqining asosiy qoidalarini o‘zida mujassam etgan
O‘zbekiston Respublikasi investitsiya qonunchiligi MDH mamlakatlari
qonunchiligi tizimida eng ilg‘orlardan hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasining “Chet el investitsiyalari to‘g‘risida”, “Investitsiya
faoliyati to‘g‘risida”, “Chet ellik investorlar huquqlarining kafolatlari va ularni
himoya qilish choralari to‘g‘risida”gi qonunlari va boshqa qator me’yoriy-huquqiy
hujjatlar xorijiy investitsiyalarni jalb qilish sohasini huquqiy tartibga solish asosi
bo‘lib xizmat qilmoqda.
|