22
-ni tashkil qilgan bo’sa 2019 – yilga kelib bu ko’rsatkich turar joy qurlishiga 13.4%
qayta ishlash sanoatiga 36.6% elektr gaz bilan ta’minlash 3.3 %chakana
savdoga2.9% qishloq xo’jaligi 15.5%,tashish va saqlash 4.9% tog’ kon sanoati 0.3%
qurilish 1.6% texnik faoliyat 0.4%,xizmatlar ko’rsatish 0.5%, sog’liqni saqlash 4.2%
boshqa faoliyat turlari 16.4% tashkil qilib kelmoqda.
Uzoq yillar mobaynida Markaziy Osiyo mamlakatlari bo’yicha olingan natijalarga
qaraganda, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarning iqtisodiy o’sishga hissa
qo’shishi va bu mezbon mamlakatning avtoritar rejim sifatida tavsiflangan
O’zbekistonga qaramasdan, demokratik rejimga ega bo’lishi muhimdir. Markaziy
Osiyoning ko’pgina mamlakatlari qishloq xo’jaligi va
ishlab chiqarish sohasida
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirishdi, O’zbekiston esa tog’-kon,
qishloq xo’jaligi, energetika, xizmat ko’rsatish, to’qimachilik va sayyohlik
sohalarida ko’plab to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirdi.
Shunga
qaramay, har ikki holatda ham tabiiy resurslar ko’pligi sababli mamlakatlar
to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdi. Nihoyat, Markaziy Osiyo
mamlakatlari uchun qonun ustuvorligini ta’minlash muhimdir, biroq O’zbekistonga
nisbatan amalga oshirilgan huquqiy islohotlar ko’proq xorijiy investitsiyalarni jalb
qilish
uchun yetarli emas edi, biroq O’zbekiston hukumati mintaqaning boshqa
mamlakatlariga nisbatan muvaffaqiyatli atrof-muhit siyosatini qo’lladi.
2018 yilga kelib ham mamlakatimizda investitsiyaga doir qator ijtimoiyiqtisodiy
islohotlar amalga oshirildi. 2018 yil 21 iyunda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
Shavkat Mirziyoyev raisligida tarmoqlar va hududlarda
investitsiya loyihalarini
amalga oshirish holati, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va
o’zlashtirish natijalari tahliliga bag’ishlangan videoselektor yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Mamlakatimizda investitsiya muhiti yaxshilangani natijasida iqtisodiyot tarmoqlari
va hududlarga to’g’ridan-to’g’ri sarmoyalar faol kirib kelmoqda. Xususan, 2018-
yilning besh oyida 776 ta yangi qo’shma va xorijiy korxona ro’yxatdan o’tkazildi.
Bu o’tgan yilning mos davriga nisbatan 496 taga ko’pdir. Yig’ilishda Prezidentimiz
investitsiyalarni, eng avvalo, to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish va
23
samarali o’zlashtirishni ta’minlash – barcha darajadagi
rahbarlarning eng muhim
vazifasi ekanini alohida ta’kidladi. Xorijiy davlatlarga tashriflar va muzokaralar
natijasida qiymati 17 milliard dollar bo’lgan 182 ta istiqbolli loyihani amalga
oshirish to’g’risida birlamchi kelishuvga erishilgan.
Ushbu investitsiyalarni
o’zlashtirish biznes-reja va texnikiqtisodiy asoslarni tayyorlash bilan bog’liq. Shu
bois bu boradagi ishlarni jadallashtirish, xorijiy investitsiyalarni istiqbolli
loyihalarga yo’naltirish va yuqori samaradorlikka erishish bo’yicha ko’rsatmalar
berildi. Keng imkoniyatlari bo’lishiga qaramay,
Buxoro viloyatida xorijiy
investitsiyalar ishtirokida 10 ta loyiha, Navoiyda 9 ta, Qashqadaryoda atigi 1 ta
loyiha amalga oshirilmoqda. Ayniqsa, Qashqadaryoda 13 tumanda, Farg’onada 11,
Surxondaryoda 10, Toshkent, Buxoro, Jizzax viloyatlarida 8 tadan, Xorazm, Navoiy
viloyatlarida 7 tadan, Qoraqalpog’iston va Samarqandda 6 tadan, Andijon va
Sirdaryoda 5 tadan, Namangan viloyatida 4 ta tumanda
xorijiy investitsiya
ishtirokida birorta ham loyiha rejalashtirilmagani tanqid ostiga olindi.
O’zbekiston Respublikasi investitsiya siyosati xorijiy investitsiyalarni jalb qilish
uchun yanada qulay shart-sharoitlarni ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni ishonchli
huquqiy himoya qilishning amaliy mexanizmini barpo etish,
mana shu asosda
mamlakatdagi investitsiya muhitini yanada yaxshilashda MDH mamlakatlari
orasida yetakchi hisoblanadi