Suyultirish usuli. Bu usulda birgina standart eritma tayyorlanadi. Tekshirilayotgan eritmaga reaktiv qo’shib, unda xususiy rang hosil qilinadi. Standart yoki tekshirilayotgan eritmalardan qaysi birining rangi quyuqrok bo’lsa, usha eritmani asta-sekin suyultirish yo’li bilan eritmalar rangi tenglashtiriladi. Masalan tekshirilayotgan eritmaning xajmi 15,00ml bo’lib u 24,75ml ga qadar suyultirilgan bo’lsin u xolda aniqlanayotgan ionning eritma suyultirilganiga qadar ulgan kontsentratsiyasi 24,75:15,00=1,65 marta standart eritmaning kontsentratsiyasiga nisbatan ko’p ekan. Tekshirilayotgan eritmadagi aniqlanayotgan ionning kontsentratsiyasini topish uchun standart eritma kontsentratsiyasini 1,65 ga ko’paytirish kerak.
Kolorimetrik titrlash usuli. O’lchov tsilindriga tekshirilayotgan eritma va rangli birikma hosil qiluvchi reaktiv solinadi. ( Masalan tekshirilayotgan eritmada Fe3+ ioni mavjud bo’lsa,unga nitrat kislota va ammoniy rodanid qo’shiladi). Xuddi shunga o’xshash boshqa tsilindrga aniqlanayotgan (ya‘ni Fe3+ ionini ) o’zida saklovchi eritmadan boshqa reaktivlar solinadi. Hosil bo’lgan aralashma byuretkadagi Fe3+ tuzining standart eritmasi bilan titrlanadi. Ikkala tsilindrlardagi eritmalarning rangi o’zaro tenglashganda titrlash to’xtatiladi.
Tenglashtirish usuli.Tubi tiniq bo’lgan tsilindrga qoyilgan eritmaga yuqoridan karaganda uning rangining intensivligi Suyuqlik katlami balandligi (ya‘ni qalinligi) bilan to’g’ri proportsional bog’lanishda ekanligini ko’rish mumkin. Eritmalardan biri qavatining qalinligi (h stand) o’zgartirmasdan ikkinchisiniki ( hteksh) o’zgartirib standart va tekshirilayotgan eritmalar rangning intensivliklari orasidagi fark yo’qotiladi, ya‘ni ikkala eritma rangining intensivligi bir-biriga tengalashtiriladi. Eritmalar katlamlarining qalinliklarini va standart eritma kontsentratsiyasini bilgan xolda tekshirilayotgan eritmadagi aniqlanayotgan modda kontsentratsiyasini xisoblab topish mumkin. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin.
Sstand • hstand Steksh • hteksh = Sstand • hstand yoki Steksh = --------------
hteksh