Miqdorlarga oid elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlari-mantiqiy tafakkurni
1.2. Uzunlik va uning o‘lchov birliklari

Kesma uzunligi tushunchasi predmetlarni uzunligi bo`yicha taqqoslash asosida kiritiladi. Masalan, o`qituvchi bolalarga ikki bo`lak lentani ihtiyoriy uzunlikdagi ikkita qog`oz poloskani va hokazolarni ustma-ust qo`yish yo`li bilan taqqoslashni (qaysi lenta uzun, qaysinisi qisqa ekanini bilishni) taklif qilishi mumkin. Amaliy ishlar bunda ular-ning so`zlar yordamidagi ifodalari bilan kuzatiladi. "Uzun-liklari bo`yicha teng", "Uzunliklari bo`yicha teng emas" so`zla-rining mazmunlari "bir xil", "uzunroq", "qisqarog" kabi tushunarliroq so`zlar orqali aniqlanadi. shundan keyin, yana amaliy ishlar asosida, masalan, poloskalar yordamida bolalar kesmalarni taqqoslashni, kesmalardan birini ikkinchisi ustiga bevosita Qo`yib Bo`lmaydigan hollarda, o`rganadilar. Shu. maqsadda o`quvchilar qog`oz poloskaning chetiga qalam bilan bir kesmaning boshi va oxirini belgilaydilar, so`ngra poloskani boshqa kesma yoniga qo`yadilar. Ko`pburchak tomonlarini taqqoslashni shunday usul bilan bajarish maqsadga muvofiq.
Shunday mashqlarni bajarish natijasida bolalarda kesmalarni taqqoslashning amaliy tajribasi to`planadi. Shunga asoslanib o`qituvchi konkret g`ayotiy misollar asosida masalan, ma`lum uzunlikda lenta sotib olish kerak bo`lganda va shunga o`hshash holatlarda kesmalarni taqqoslash uchun ma`lum uzunlikdagi o`lchov birligidan foydalanish kerak, degan fikrga olib keladi. Bu erda o`qituvchi rahbarligida amaliy ish o`tqazish foydali: har bir o`quvchiga, masalan, sanoq cho`pi uzunligini o`lchashni taklif qilish mumkin. Buning uchun oldin o`lchov (birlik kesma) - qog`oz poloskani (bir bo`lajak kanop, tasma va h. k.) tanlab olish kerak. har qaysi o`quvchi o`zida bor poloskalardan o`z o`lchovini tanlaydi. Natijada har hil sonlar hosil bo`ladi, chunki o`quvchilar bir miqdor qiymatini topish uchun har hil .o`lchov tanlab oldilar. Bunday ishlar o`z-o`zidan foydali, chunki bolalarga o`lchash protsessi haqida dastlabki tasavvurlarni beradi va ularni uzunlik birligi sifatida har qanday kesma uzunligini olish mumkin, degan hulosaga olib keladi. Shunga asoslanib o`qituvchi kesmalarni taqqoslash uchun aniq o`lchov yordamida o`lchashlardan foydalanilishini aytadi.