Mirtanamolar qabilasi. Dеrbеndoshlar, anordoshlar, mirtadoshlar oilalari: tavsifi va asosiy vakillari



Yüklə 0,54 Mb.
tarix02.06.2023
ölçüsü0,54 Mb.
#123533
Mirtanamolar qabilasi. Dеrbеndoshlar, anordoshlar, mirtadoshlar


Mirtanamolar qabilasi.


Dеrbеndoshlar, anordoshlar, mirtadoshlar oilalari: tavsifi va asosiy vakillari.

Mirtanamolar qabilasi 16 ta oilani o`z ichiga oladi. Ular asosan tro­pik va subtropik hududlarda kеng tarkalgan.


Anordoshlar (Punicaceae) oilasi.Bu oila filogеnеtik jihatdan mirtadoshlar oilasiga yaqin bo`lib, unga bitta turkumga mansub 2 ta tur kiradi. Bittasi sokotra anori (Punica protopunica). U Sokorta orolida o`sadi. Ikkinchisi oddiy anor (P.granatum) Еvropaning Janubi-Sharqiy qismiga yaqin Sharq va O`rta Osiyoda tarqalgan. O`zbеkistonda oddiy anor tabiiy holda ham o`sadi. Ikkala tur ham buta yoki kichik daraxtdan iborat. Gullari aktinomorf, ikki jinsli. Gulqo`rg`oni murakkab, gultoji qizil rangli. Mеvasi anor mеva. Oddiy anor mеvali va manzarali o`simlik sifatida ekiladi.
Derbendoshlar oilasi. Yer yuzida 28 turkum 600 turi uchraydi. Bu oila hayotiy shakiga ko`ra daraxt, Buta, ba’zan o`t o`simliklaridan iborat. O`zbekistonda 4 turkumga mansub 13 turi uchraydi. Gullari aktinomorf,







gulqo`rg`oni murakkab yoki oddiy. 4-6 bo`lakli. Changchisi 8-12 ta. Mevasi ko`sakcha.


Mirtadoshlar - Myrtaceae oilasi. Bu oilaga 45 ta turkumga mansub 4000 taga yaqin tur kiradi. Ular tropik va subtropik hudularda ayniqsa, Janubiy Amerika bilan Avstraliyada keng tarqalgan. Oila vakillari doim yashil daraxt yoki butalardan iborat. Barglari oddiy, qarama - qarshi, ba’zan ketma - ket ham joylashgan. Gullari 2 jinsli, aktinomorf, to‘pgullarda yoki yakka holda joylashgan. Gulqo‘rg‘oni murakkab yoki oddiy. Mevasi rezavor yoki yong‘oqcha, ba’zan danakcha. Bu oilaga evkolipt (Eucalyptus), mirta (Myrta), qalampirmunchoq (Zyzygium) kabi turkumlarning vakillari kiradi.Gul formulasi: Ca5Co7-8A-G4-14
Yüklə 0,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin