Eshitildi:
Kun tartibidagi masala yuzasidan maktab-internat direktori M.Altmisheva so’zga chiqdi.U,o’z so’zida 2023-yil “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim ”yili munosabati hamda “Sifatli ta’lim-kuchli jamiyat”shiori ostida o’tkazilgan “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” taqdimotlarini qanday ruhda o’tkazilganligini gapirib o’tdi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 26-maydagi PF-79-sonli farmoni to’g’risida unda 9 ta ilova bilan 15 ta bandberilganligi to’g’risida ma’lumot berdi.Har bir ilova bo’yicha to’xtalib, undan asosiy bizga tegishli bo’lgan 1-ilova Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi faoliyatining ustuvor yo’nalishlari hamda 6-ilova Maktabgacha va maktab ta’limi sohasida islohatlarni chuqurlashtirish va tizim faoliyatini transformatsiya qilish bo’yicha yo’l xaritasi ekanligi bo’yicha ma’lumot berdi. Yo’l xaritasida 5 ta muhim yo’nalish bor. Bular kasbiy sertifikatlash,kadrlar bo’yicha menedjerlik sertifikatini olish, direktorlar kengashi tuzilishi integratsiyalashtirish haqida ham gapirib o’tdilar. 7-ilovada esa maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda uning tizimidagi tashkilotlarning xususiy sektorga o’tkaziladigan funktsiyalari ro’yhati haqida hamda 9-ilova O’zbekiston Respublikasi Prezidentining o’z kuchini yo’qotgan deb hisoblanayotgan ayrim hujjatlari ro’yhati berilganligi haqida ham to’xtalib o’tdilar. Farmon bilan tanishtirar ekan, har birimizga qo’yilgan talablarga ma’suliyat bilan yondashishimiz, fan o’qituvchilari o’z ustlarida tinimsiz ishlab fan bo’yicha sertifikatlarga ega bo’lishini uqtirib o’tdilar.
Birinchi masala yuzasidan har bir metod birlashma rahbarlari ham so’zga chiqib, fan o’qituvchilarini “Ikkinchi ustozlar milliy forumida”gi ishtiroki, yangiliklari, o’rgangan narsalari bilan o’rtoqlashdi.
Birinchi masala yuzasidan pedagog kengash
Q A R O R Q I L A D I:
1. Maktab-internat direktori M.Altmishevaning O’zbekiston Resbuplikasi Prezidentining 2023-yil 26-maydagi PF-79- son farmoni haqida bergan ma’lumoti ijro uchun qabul qilinsin.
2. Barcha pedagog xodimlar PF-79-sonli farmonning tegishli bandlarini ijrosi bilan ta’minlansin.
3. Metod birlashma rahbarlarining “Ikkinchi ustozlar milliy forumi” bo’yicha tayyorlagan taqdimotlari ma’lumot uchun qabul qilinsin.
4. Barcha fan ustozlari yangi o’quv yiliga o’z vazifalarini ma’suliyat bilan, sidqi dildan bajarish topshirig’i berilsin.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha director o’rinbosari R.Aliboyeva so’zga chiqdi. U, o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirining 2023-yil 27-iyundagi 190-sonli buyrug’I bo’yicha ma’lumot berib o’tdi. Umumiy o’rta ta’lim muassasasi sinf rahbarining lavozim yo’riqnomasi bilan tanishtirib o’tdi.Sinf rahbarlariga qo’yiladigan talablar, ularning asosiy vazifalari va funksiyalari haqida to’xtalib o’tdi. Sinf rahbarlar kamida 3 yillik pedagogic ish stajiga ega bo’lgan bo’lishi, boshqaruvchanlik qobiliyatiga ega bo’lishi, o’quvchilar bilan ishlash jarayonida ma’suliyat bilan yondasha oladigan,odob-axloqva ichki tartib qoidalariga muvofiq muomala va kiyinish madaniyatiga amal qilish,jamoada na’munali bo’lish kabi bir qator vazifalar bilan sinf rahbarlarni tanishtirib o’tdi. 190-sonli buyruqning 1,2-ilovalari bilan to’liq tanishtirib chiqdi. Ota-onalar va mahalla bilan hamkorlikni yo’lga qo’yishga alohida urg’u berib gapirdi.Barkamol avlodni tarbiyalashda “Oila-mahalla-ta’lim muassasasi” hamkorligidagi Jamoat kengashi faoliyatini keng tatbiq etish, aniq belgilangan reja asosida sinf ota-onalar majlislarini o’tkazib borishni,o’quvchilarning ta’lim muassasasiga belgilangan maktab formasida kelishlarini nazorat qilishni,o’quvchilarning qiziqishi,imkoniyati va qobiliyatlariga qarab fan to’garaklari, sport seksiyalari,badiiy estetik kabi yo’nalishlariga qarab to’garaklarga jalb qilishi haqida hamda sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari haqida ma’lumot berib o’tdilar. “O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizom”, “Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchi va o’quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda “Davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to’g’risidagi nizom” mazmun-mohiyatini va talablarini sinf o’quvchilari va ularning ota-onalariga yetkazishni qat’iy tayinlab o’tdilar.
Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan pedagog kengash
Q A R O R Q I L A D I:
Maktab-internatining MMIBDO’ R.Aliboyevaning hisoboti ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Barcha sinf rahbarlar lavozim yo’riqnomasi bilan tanishtirilganligi inobatga olinsin.
“O’zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi to’g’risidagi nizom”, “Umumiy o’rta ta’lim maktabi o’qituvchi va o’quvchilarining ichki tartib va odob-axloq qoidalari hamda “Davlat umumiy o’rta ta’lim muassasalarida o’quvchilari uchun zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to’g’risidagi nizom” mazmun-mohiyatini sinf rahbarlar tomonidan ota-onalarga yetkazish vazifasi yuklatilsin.
Ushbu qarorning ijrosini ma’naviy-marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari R.Aliboyeva zimmasiga yuklatilsin.
Kun tartibidagi navbatdagi masala yuzasidan o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari A.Haqberdiyev so’zga chiqdi. U, o’z so’zida O’zbekiston Respublikasi MMTBning 2023 yil 26.07 dagi “Ayrim fanlar chuqur o’qitiladigan sinflari mavjud umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024 o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejalarini tasdiqlash to’g’risida”gi 224-sonli buyrug’ini o’qib eshittirdi va unga ko’ra ta’lim o’zbek tilida bo’lgan umumiy o’rta ta’lim maktablari uchun 2023-2024-o’quv yiliga mo’ljallangan tayanch o’quv rejaga tushuntirish xati bilan ham tanishtirib o’tdi, uning asosiy tamoyillari 2023-2024-o’quv yili davomida umumiy o’rta ta’lim maktablari o’quvchilarida zamonaviy ko’nikmalarni shakllantirishga alohida e’tibor qaratilishi bilan bir qator, 4 ta CCCC bo’yicha ham ma’lumot berib o’tdi. Bular ingliz tilidan olingan bo’lib, quyidagi ma’nolarni ifodalaydi: kollaboratsiya-jamoa bo’lib ishlash qobiliyatini shakllantirish,kommunikativlik-muloqot qilish ko’nikmasini rivojlantirish, kreativ fikrlash-o’z maqsadiga erishish yo’lida yangiliklarga qo’l urish, yangi g’oyalar ishlab chiqish va muammolarni hal qilish, tanqidiy fikrlash -o’z mustaqil fikriga ega bo’lish va uni ifoda etish, masalaga tanqidiy yondashish.
Tushuntirish xatining ikkinchi bandi o’quv soatlarining taqsimlanishi haqida ham ma’lumot berdi va ta’lim o’zbek tilida bo’lgan chet (ingliz,nemis,ispan,yapon,xitoy,koreys) tillari fanlari chuqur o’qitiladigan sinflari mavjud umumiy o’rta ta’lim muassasalarining 2023-2024-o’quv yiliga mo’ljallangan namunaviy o’quv rejasi bilan tanishtirib o’tdi va unga ko’ra “Chet tili” fani chuqur o’rganiladigan sinflarda chet tiliga qo’shimcha soatlar quyidagi o’quv fanlari hajmidan olib beriladi: 7-sinfda “Matematika”,”Tasviriy san’at va chizmachilik”, “Musiqa madaniyati”, “Texnologiya” fanlaridan 0,5 soatdan olinib, “Chet tili” faniga, 8-9-sinflarda “Matematika”,”Tasviriy san’at va chizmachilik”, “Jismoniy tarbiya”, “Texnologiya” fanlaridan 0,5 soatdan olinib, “Chet tili” faniga, 10-11-sinflarda “Rus tili”, “Matematika”, “Informatika va axborot texnologiyalari”, “Jismoniy tarbiya” fanlaridan 0,5 soatdan olinib, “Chet tili” faniga,qo’shib berilishi haqida hamda “Geografiya va iqtisodiyot”faniga ajratilgan soatlar quyidagicha taqsimlanishi:7-10-sinflarda 2 soatdan; Bunda 8-9-sinflar uchun 0,5 soatdan “Iqtisod bilim asoslari” faniga ajratilishi, lekin bizda Iqtisod fani uchun 3 soat vacant borligini inobatga olib, Iqtisod fani uchun o’qituvchi yo’qligi tufayli o’quv rejaga 15% o’zgartirish kiritish imkoniyatiga ega ekanligimiz inobatga olinib, shu iqtisod fanidagi 9-A-sinfdagi 1 soat,9-B-sinfdagi 1 soat va 9-D-sinfdagi 1 soat jami 3 soat geografiya faniga olib berilishi haqida ham ma’lumot berib o’tdi.
Mirzaobod tuman Ingliz tiliga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktab-internatining 2023-2024-o’quv yili uchun mo’ljallangan dars taqsimoti:
Dostları ilə paylaş: |