Yaponiya iqtisodiyoti o’sish dinamikasi
Manbaa. Xalqaro Valyuta Fondi, 2013
Quyidagi 1.2-diagrammada Yaponiyaning 1981-yildan 2012-yilgacha
13
bo’lgan vaqt oralig’i uchun yillik o’rtacha o’sish darajasi taqqoslangan. 2008-
2012-yillar oralig’ida bu ko’rsatkich manfiy darajada bo’lib, 2000-yildan 2012-
yilgacha davrda o’rtacha o’sish sur’ati 0,67 foiz ni tashkil etgan. Bu esa
mamlakat iqtisodiyotining turg’unlik holatida ekanidan dalolat beradi. Undan
tashqari, diagrammadan ko’rinib turibdiki, real o’rtacha o’sish sur’atlari
dinamikasi o’ta notekis bo’lib, ayniqsa birinchi davr va ikkinchi davr o’rtasidagi
farq ancha katta. Sababi birinchi davr mamlakatda “sovun ‘ufagi yillari”ni o’z
ichiga olgani holda, ikkinchi davr uning yorilishi natijasini ko’rsatmoqda. 2008-
2012-yillar oralig’i uchun bu darajaning keskin tushib ketishiga 2008-yilgi
Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi hamda 2011-yilda Yaponiyadagi zilzila
oqibatlari ham o’z ta’sirini ko’rsatgan. Bu davrda Yaponiyaning iqtisodiy
salohiyatini taraqqiy etgan mamlakatlar orasida yanada kuchaytirish maqsadida
“Abenomika” dasturi ishlab chiqildi.
“Abenomika”ning ishlash mehanizmi keltirilgan bo’lib, inflyatsiya ishlab
chiqarish, kompaniyalar va oilalar daromadlari, va eng asosiysi, mamlakat
ichidagi talab darajasini ko’tarishda asosiy dastak vazifasini o’tashi nazarda
tutilgan.
13
Izoh. Abenomika 2013 yildan boshlanganligi sababli, 2012-yilgacha ma`lumotlar olindi
1.1-rasm.
Abenomika doirasida iqtisodiy qayta tiklanish modelining
ishlash mehanizmi
Shunday qilib, “Abenomika” Yaponiya uchun iqtisodiyotni qayta
jonlantirish chora-tadbirlari va Bosh Vazir Shindzo Abening yangi “iqtisodiy
eksperiment”i sifatida paydobo’ldi. “Abenomika” rasman iqtisodiyot te’asiga
kelganidan buyon jahonning turli iqtisodchi-analitik olimlari tomonidan bahs-
munozaralarga sabab bo’lmoqda. Masalan, iqtisodiyot bo’yicha Nobel mukofoti
laureati Djozef Stiglits “‘roject Syndicate”dagi o’z maqolasida “Abenomika”
Yaponiyani jahon iqtisodiyotida “yorug’lik nuri”ga aylantirishiga ishonch
bildirsa, AQShning yetakchi reyting agentliklari 2014-yil dekabr oyi boshlarida
S&P va Moody’s Yaponiya iqtisodiyotiga nisbatan ishonchsizlik kayfiyatida
ekanliklarini namoyon qildilar
14
.
Eng katta muammo Yaponiya davlat qarzlari YaIMga nisbatan hajmining
bir bir necha o’n yillar davomida tinmay o’sib borayotganidir. Bu ko’rsatkich
bo’yicha Yaponiya “Katta yigirmalik” mamlakatlari orasida birinchi o’rinini
egallab oldi. Yaponiya davlat qarzining dinamikasini tahlil qilar ekanmiz, u
so’nggi yigirma yil ichida o’sish tendensiyasida tinmay davom etib
kelayotganini ko’ramiz. 1992-yilda Yaponiya davlat qarzi mamlakat YaIMning
66,5 foizi darajasida bo’lgan bo’lsa, 2012-yilda bu ko’rsatkich YaIMning ikki
baravaridan oshib ketganini ko’rishimiz mumkin – 211,7 foiz
15
.
14
“Эксперты: "Абэномика" пока не принесла желаемых результатов”,
www.rosbalt.ru
axborot agentligi,
2014, dekabr
15
www.tradingeconomics.com
/Ministry Of Finance Japan
1.3-diagramma
Dostları ilə paylaş: |