Mirzo ulug’bek nomidagi o’zbekiston milliy universeteti bilogiya tuproqshunoslik fakulteti mustaqil ish



Yüklə 1,06 Mb.
tarix18.04.2023
ölçüsü1,06 Mb.
#99770
bakterial va virusli kasalliklarning

Bakterial va virusli kasalliklarning tarqalishi, yuqishi va ularni oldini olish choralari (virusli gepatit).

Reja: 1. Virusli gepatit turlari. 2.Kliniksi. 3. Kasallik belgilari. 4. O’choqdatrqalmaslik tadbirlari. 5. Davo turlari.

Virus tabiatli- yuqumli kasalliklar hisoblanib, umumiy intoksikatsiya, sariqlik (yoki sariqliksiz), jigar zararlanishi va moddalar almashinuvining buzilishi bilan kechadi.

Etiologiyasi. “virusli gepatitlar” quyidagi nozologik mustaqil shakllar- A, B, C, D, va E lar yotadi.

A gepatit virusi 27–32 nm diametrda bo‘lib, RNK ga ega, qobig‘i yo‘q. Virus kislota va ishqorlar ta’siriga chidamli, efir va xloroform ta’sirida faolligini yo‘qotadi, qaynatilganda 5 minutdan keyin o‘ladi, xona haroratida quruq muhitda bir hafta davomida saqlanadi, suyuq muhitlarda, xususan suvda 3–10 oy, ekskrementlarda – 30 sutkagacha saqlanadi. Bu xususiyati uning suvda, oziq-ovqat mahsulotlarida, turib qolgan suvlarda va tashqi muhitning boshqa obyektlarida uzoq muddat saqlanishiga zamin yaratadi.

B gepatit virusi DNK ga ega, vibrionning umumiy diametri 42–45 nm bo‘lib, uning uch xil antigeni mavjud: HBsAg; HBcAg; HBeAg. B gepatit virusi past va yuqori haroratlarga, kimyoviy va fizikaviy omillarga juda chidamli. Xona harorati sharoitida 3 oy saqlanadi; muzlatgichda – 6 oy; muzlatilgan holda – 15–20 yil, quritilgan plazmada – 25 yilgacha saqlanadi. Yetarli muddatda (30 minutdan ko‘p) qaynatilsa, virusning faolligi yo‘qoladi.

Klinikasi.

  • Klinikasi.
  • Virusli gepatitning bir qancha shakllari farqlanadi:
  • E t i o l o g i ya s i b o‘ y i ch a:
    • A virusli gepatit;
    • B virusli gepatit;
    • C virusli gepatit;
    • D virusli gepatit;
    • E virusli gepatit;
    • A ham emas, E ham emas virusli gepatit;
    • Mikst-gepatitlar.
  • M a n i f e s t l i g i b o‘ y i ch a:
    • klinik manifest shakllar
    • Subklinik shakl;
    • Inapparant shakl (sog‘lom virus tashuvchilar).
  • P a t o g e n e t i k m e x a n i z m u s t u n l i g i b o‘ y i ch a:
    • S i t o l i z u s t u n l i g i b o‘ y i ch a:
      • sariq shakli (tipik);
      • sariqsiz shakli.
    • X o l e s t a z u s t u n l i g i b o‘ y i ch a:
  • K a s a l l i k n i n g o g‘ i r l i g i b o‘ y i ch a:
    • yengil
    • o‘rtacha og‘ir
    • og‘ir
    • fulminant (o‘ta og‘ir) shakli.
  • K e c h i sh i b o‘ y i c h a:
    • o‘ t k i r (siklik, progrediyent)
    • s u r u n k a l i.

Intoksikatsiya belgilari va biokimyoviy rivojlanish darajasiga qarab kasallikning yengil, o‘rtacha og‘ir, og‘ir va fulminant (o‘ta og‘ir) shakllari farqlanadi. Kasallik belgilari: Jigarning kattalashish, Ko’zning va terining rangi sarg’ayishi (sariqlik shaklida) , harorat tez-tez ko’tarilib ko’ngil aynishi.

Aniqlanishi: Asosan labaratoriya sharoitida aniqlanadi. Bemorga tashxis qo’yish maqsadida bemordan qon va siydik olinib labaratoriyaga jo’natiladi va aniqlanadi.

Davosi: Asosan bu kasallik bilan kasallangan bemorlar statseonar dovolanishadi ya’ni shifoxonalarda yotib davolanishadi.

Polivitamin preparatlaridan «Dekamevit», «Geksavit», «Pangeksavit», «Geptavit» va boshqalar qo‘llanadi. Gepatoprotektor (himoya) preparatlar datda cho‘zilib keta diganyoki surunkali virusli gepatitlarda qo‘llanilgani maqsadga muvofiqdir. . Glukokortikosteroidlar patogenetik dorilar hisoblanib, intok- sikatsiya, yallig‘lanish jarayonlari va allergik reaksiyalarni kamaytiradi. Ular kasallikning og‘ir, ko‘pincha esa o‘rtacha og‘ir va surunkali shakllarini davolashda asosiy o‘rin egallaydi.

Oqibatlari: Bu kasallik vaqtida davolanmasa, salbiy oqibatlarga olib keladi.

Oldini olish choralari: Asosan chaqaloqlik vaqtida Gepatit B ga emlanishadi. Keyinchalik 6-7 yoshligida gepatitning boshqa turlariga ham emlanishadi.

E’tiboringiz uchun rahmat!!!


Yüklə 1,06 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin