Italiya iqtisodiyoti koʻp jihatdan tashqi savdoga bogʻliq. Italiya chetga sanoat mashina-uskunalari, transport vositalari, yozuv va hisob mashinalari, kimyo va qishloq xoʻjaligi mahsulotlari, kiyim-kechak va poyabzal, neft mahsulotlari va boshqa narsalar chiqaradi. Chetdan neft, koʻmir, temir rudasi, qora va rangli metallar, paxta, shuningdek, mashinalar, yogʻoch, qogʻoz, oziq-ovqat keltiradi. Savdo-sotikdagi asosiy mijozlari: Yevropa iqtisodiy hamja-miyati mamlakatlari, AQSH, Rossiya. Pul birligi – lira.
Italiya – yuksak rivojlangan industrial-agrar mamlakat. Dunyoda eng rivojlangan 10 davlatning biri. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 31,6%, qishloq xoʻjaligi ulushi 2,9%, xizmat koʻrsatish soqasi 65,5% (1997). Italiyada 12 mln.dan ziyod aholi xizmat koʻrsatish sohasida, 6,5 mln. kishi sanoatda, 1,5 mln. kishi qishloq xoʻjaligida band
O’zbekiston – Italiya munosabatlari
Oʻzbekiston — Italiya munosabatlari — Italiya Oʻzbekiston suverenitetini tan olganidan soʻng ikkala mamlakat oʻrtasida savdoiqtisodiy aloqalarni yoʻlga qoʻyishga kirishildi. "OʻzR bilan Yevropa Ittifoqi oʻrtasida sheriklik va hamkorlik toʻgʻrisida" 1996-yil Florensiyada imzolangan bitim oʻzaro munosabatlarning huquqiy negizini yaratdi. 1996-yil iyunida va 2000-yil noyababrda OʻzR Prezidenta Islom Karimovning Italiyaga, 1997-yil mayda Italiya prezidenta, 1997-yil sentabrda Italiya Bosh vazirining OʻzRga tashriflari yakunida iqtisodiy, madaniy va ilmiy sohalardagi hamkorlik, ikkiyoklama soliq solinishiga yoʻl qoʻymaslik, transport sohasidagi hamkorlik, say-yohlikni rivojlantirish, investitsi-yalarni ragʻbatlantirish va oʻzaro himoyalash toʻgʻrisida muhim bitim va shartnomalar imzolandi. Italiya rahbarlariga hamroh boʻlib kelgan savdo-sanoat doiralarining namoyandalari Oʻzbekistonning iqtisodiy salohiyati bilan tanishdilar va oʻzbek tadbirkorlari uchun biznes-seminar oʻtkazdilar.
O’zbekiston – Italiya munosabatlari:
Oʻzbekiston Italiyaga paxta tolasi, rangli metallar va ulardan yasalgan buyumlar, ipak, ip gazlama, kalava ip va boshqa mahsulotlar sotsa, Italiyadan asbob-uskuna, mebel, plastmassa, goʻsht va baliq mahsulotlari, sariyogʻ va oʻsimlik yogʻi, kiyim-kechak sotib oladi.
Savdo-iqtisodiy munosabatlarni rivojlantirish sohasidagi qoʻshma tadbirlar faol amalga oshirildi. 1994-yilda Italiya Tashqi savdo instituti va Tashqi savdo uyushmasi rahbar va mutaxassislari OʻzR Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi hamda Toshkent, Samarqand, Buxoro, Navoiy, Fargʻona, Namangan viloyatlari rahbarlari bilan amaliy uchrashuv oʻtkazdilar. 1994-yil iyunda Oʻzbekiston viloyatlari, shaharlari va tumanlari hokimlarining Italiyaga tashriflari chogʻida ular Italiya savdo palatalari va uyushmalari, sanoat korxonalari rahbarlari bilan uchrashdilar. Uchrashuvlarda meva-sabzavot mahsulotini qay-ta ishlash, tabiiy tosh qazib olish va qayta ishlash, toʻqimachilik, oltinni qayta ishlash, zargarlik buyumlari sohalaridagi hamkorlik masalalari ham muhokama qilindi.