Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Iqtisodiyot fakulteti Moliya kredit kafedrasi o’qituvchisi



Yüklə 32,95 Kb.
səhifə2/3
tarix26.12.2023
ölçüsü32,95 Kb.
#198569
1   2   3
O\'zbekistonning yevroobligatsiyalardagi ishtiroki tahlili

Ключевые слова: еврооблигации, инвестиции, капитал, инвесторы, ценные бумаги.
Kirish
Yevroobligatsiya – bu xorijiy investorlar orasida xalqaro anderrayterlar sindikatining yordami bilan joylashtirilgan, emitent uchun chet el valyutasida chiqarilgan qarz majburiyatidir..
Yevro obligatsiyalar - qarz oluvchilar (xalqaro tashkilotlar, hukumatlar, mahalliy hokimiyat organlari, uzoq muddatga - 1 yildan 40 yilgacha (asosan 3 yildan 30 yilgacha) mablag' olishga qiziqqan yirik korporatsiyalar tomonidan chiqarilgan xalqaro qarz hujjatlari hisoblanadi. Oxirgi yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida tub o‘zgarishlar yuz bera boshladi. Bu borada, eng avvalo, mamlakatimizda makroiqtisodiy barqarorlikni yanada mustahkamlash, qat’iy pul-kredit siyosatini yuritish, milliy valyuta va ichki bozordagi narxlar barqarorligini ta’­minlash, soliq-byudjet islohotlarini olib borishga asosiy e’tibor qaratildi. Shunday muhim islohotlardan biri sifatida respublikamizda qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan islohotlarni keltirish mumkin, bunda ayniqsa mamlakatning 2018 yilda suveren kredit reytingini olinishi va buning natijasida suveren xalqaro obligatsiyalarning jahon moliyaviy bozorlarida joylashtirish imkoniyatini yaratilganligini alohida ta’kidlash mumkin. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil 24-yanvardagi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida, bank tizimi va kapital bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligiga, shu jumladan tijorat banklari uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro kapital bozoriga chiqishi zarurligiga alohida e‘tibor qaratdilar.
Tahlil va natijalar
Mamlakatimizda ilk yevroobligatsiyalar 1996-yilda chiqarilgan bo‘lib, uni joylashtirish huquqi Maskva va Sank-Peterburgga berilgan. “O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki” AJ (keyingi o‘rinlarda – O‘zmilliybank yoki emitent) tomonidan London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalar muomalaga chiqarildi va shu bilan xalqaro kapital bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. 2012-yilda esa to’xtatildi. Shundan so’ng 2018 yilda ochiq bozordagi operatsiyalarni faollashtirish hamda 2017 yilda mamlakatda olib borilgan iqtisodiy islohotlar va rivojlanish yo‘lini davom ettirish maqsadida O‘zbekiston Markaziy banki qisqa muddatli g‘aznachilik veksellari, o‘rta muddatli obligatsiyalar va markaziy bank notalarini chiqarishni qayta tiklash bo‘yicha Moliya vazirligi bilan yaqin hamkorlikda ishlay boshladi. 2019 yilning fevral oyida dunyoning eng obro‘li birjalaridan hisoblangan London fond birjasida O‘zbekiston tarixida birinchi marta yevrobondlar, ya’ni yevroobligatsiyalarni bozorga qo‘ydi. Bunda 5 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni 4,75 foizdan, 10 yillik 500 million dollarlik yevrobondlarni esa 5,375 foizdan joylashtirdi. Qarz obligatsiyalarini qaytarish muddatlari 2024 yil va 2029 yillar belgilandi. Avvaliga kuponlarning diapazoni 5,625 - 5,75 foiz hamda 6 foiz miqdorida belgilangan edi, ammo talabning yuqoriligi sababli O‘zbekiston foiz stavkalarini qayta ko‘rib chiqib, ularni 4,75 foiz va 5,375 foizgacha tushirdi. Obligatsiyalarni xarid qilishga taxminan 150 institutsional investorlardan 3,8 milliard dollarlik taklif kelib tushdi. Davlatlar nuqtai nazardan, xarid qilingan 5 yillik va 10 yillik obligatsiyalarning katta qismi Buyuk Britaniya investorlari (tegishincha 39 foiz va 32 foiz), amerikalik investorlar esa 23 va 31 foiz obligatsiyalarni xarid qildi. Yevropalik investorlar 32 foiz va 27 foiz, Osiyo, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mamlakatlari investorlari esa 6 va 10 foizni tashkil qildi. Yevrobondlarning aksariyatini - 75 % va 78%ini boshqaruv fondlari, 20% va 16 foizini sug‘urta kompaniyalari va pensiya fondlari, 5% va 6% foizini banklar xarid qildi. Jami joylashtirilgan 1000,0 mln dollarlik xalqaro obligatsiyalar uchun dastlabki besh yilda to‘lanadigan bir yillik foizli xarajatlar 56,63 mln dollarga teng, keyingi besh yilda faqat 10 yillik muddatli xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha foizli to‘lovlar amalga oshirilib, har yillik miqdori 26,88 mln dollarni tashkil etadi. 10 yil davomida ushbu xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha to‘lanadigan foizli xarajatlarning umumiy miqdori 387,50 mln dollarga teng.

Emitent nomi

Hajmi

Sondirish muddati

Qolgan muddat (yil)

Muomala davri

Milliy bank

300 mln

21.10.2025

1.9

5

O’z.San.Qur. bank

300mln

2.12.2024

1.2

5

Ipoteka bank

300mln

19.11.2025

2

5


Tahlil natijalari shuni ko’rsatadiki, yurtimizning tijorat banklari xalqaro fond bozorida yevroobligatsiyalar emissiyasi bilan ishtirok etmoqda. «O‘zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki» AJ London fond birjasida 5 yillik 300 million dollarga teng yevroobligatsiyalarni muomalaga chiqardi va shu bilan xalqaro kapital bozorining to‘laqonli ishtirokchisiga aylandi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvardagi Oliy Majlis Senati va Qonunchilik palatasiga navbatdagi Murojaatnomasida, bank tizimi va kapital bozorini yanada rivojlantirish bo‘yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish zarurligiga, shu jumladan tijorat banklari uzoq muddatli investitsiyalarni jalb qilish maqsadida xalqaro kapital bozoriga chiqishi zarurligiga alohida e’tibor qaratdi. Oʻzmilliybankning “BB-” IDR koʻrsatkichi Fitch agentligining Oʻzbekiston hukumati tomonidan qoʻllab-quvvatlanishining oʻrtacha ehtimoli (BB-/Barqaror) haqidagi fikriga asoslanadi. Bu fikr O‘zmilliybankning yuqori tizimli ahamiyatiga asoslanadi, bu uning bank tizimi aktivlaridagi eng katta ulushi (2019-yil yakuniga ko‘ra 25%) va O‘zmilliybankning O‘zbekiston Markaziy banki tomonidan mahalliy tizimli ahamiyatga ega bank sifatida belgilangan yagona bank ekanligi va uning to'liq davlat mulki. O ̳zbekiston Milliy banki tomonidan yevroobligatsiyalar chiqarilishi nafaqat bank, balki butun mamlakat uchun dolzarb ekanligini ta‘kidladilar. Shuningdek, 12 ga yaqin yirik xalqaro investorlar bilan individual uchrashuvlar oʻtkazildi, ularning savollariga umumiy javoblar berildi. 2020-yil 14-oktabrda birinchi foiz stavkasi investorlar takliflari asosida moliyaviy maslahatchilarning tavsiyalariga ko ̳ra 5-5,25 foiz (past-5 foiz) darajasida belgilandi. Yiliga 4,85% ni tashkil etgan kuponning yakuniy qiymati investorlar tomonidan yuqori talab va bu emissiya hajmidan ikki baravar ko ̳p bo ̳lganligi sababli savdo paytida boshlang ̳ich foiz stavkasidan 0,30% ga pasaygan. Yevroobligatsiyalarning bunday muvaffaqiyatli suzishi mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlarga xalqaro investorlar tomonidan ijobiy baho berilishini anglatadi. Bank tomonidan yevroobligatsiyalarning bunday muvaffaqiyatli joylashtirilishi mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar xalqaro investorlar tomonidan ijobiy baholayotganligidan dalolatdir. Bank tomonidan jalb qilingan mablag‘larni iqtisodiyotning strategik axamiyatga ega bo‘lgan yirik investitsion loyihalarni moliyalashtirishga va tadbirkorlikni rivojlantirishga yo‘naltirish rejalashtirilmoqda. Investorlarning takliflariga asoslangan moliyaviy konsultantlarning tavsiyasiga ko‘ra, “Ipoteka-bank”ning boshlang‘ich foiz stavkasi 5,625 foiz yetib belgilangan. Buyurtmalar hajmi 300 million dollarni tashkil etib, reja qilingan emissiya hajmi to‘liq qoplandi. Savdo jarayonida buyurtmalar hajmi 500 million dollardan oshib, emitent uchun boshlang‘ich foiz stavkani tushirish imkoniyatini berdi. Yevrobondlarni bank tomonidan muvaffaqiyatli joylashtirilishi investorlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasida olib borilayotgan islohotlar, shu jumladan, bank sektorida, ijobiy baholanganligidan dalolat beradi.
Xulosa
Xulosa qilib aytganda, o’zbekistonda ham yevroobligatsiyalar bozori kengayib bormoqda va kelgusida bu standartlarga javob bera oladigan kadrlashni tayyorlash kerakligini ham anglatadi. Kelgusida O’zbekistonning yevroobligatsiyalar bozorida ishtirokini yanada jadallashtirish mamlakatimiz rivoji va ravnaqi uchun ulkan hissa qo’shishini ham takidlashimiz zarur. Hozirgi zamon yevroobligatsiyalar bozorining rivojlanish tendensiyalari va o‘ziga xos xususiyatlaridan biri ushbu bozor segmentlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning yanada takomillashuvi hamda alohida davlatlarning integratsiyalashuv jarayonlari yanada oshib borayotganligi hisoblanadi.

Yüklə 32,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin