Mirzo ulug`bek nomidagi o`zbekiston milliy universiteti jizzax filiali


Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash



Yüklə 201,39 Kb.
səhifə2/18
tarix27.03.2023
ölçüsü201,39 Kb.
#90552
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18
tizim1

Windows ni va uning texnik vositalarini sozlash
Fayllar bilan ishlash
Katalog (papka) lar bilan ishlash
Programmalarni avtomatik ishga tushirish
Video va audio fayllari bilan ishlash.


Windows haqida umumiy tushunchalar:Windows (Windows oynalar degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 95 operatsion tizimi 1995 yil avgust oyida ishlatila boshlangan bo`lsa, uning ruscha varianti 1995 yilning sentabridan Rossiyada qo`llanila boshlandi.
MS Windows 95 Windowslarning yangi lahjasi emas, balki o`ta murakkab dasturlar majmui bo`lib, shu bilan birga foydalanish uchun oson, operatsion tizimdir.
Windowsning avvalgi lahjalari (masalan, Windows 3.0, 3.1, 3.11, 3.12) asos sifatida MS DOS ni qabul qilgan bo`lsa, Windows 95 o`zi mustaqil bo`lib, kompyuterda boshqa bir operatsion tizimning bo`lishini talab qilmaydi. Lekin shu bilan birga bu muhitda MS DOS va Windowsning eski lahjalari bilan ishlash imkoniyati saqlangan. Bu qo`llanmada Windowsning 9x lahjasi haqida gap borgani uchun lahja nomeri 9x ni tushirib qoldiramiz.
Windows mustaqil operatsion tizim sifatida quyidagi afzalliklarga ega:
– o`zlashtirishda nihoyatda oddiy va imkoniyatlaridan foydalanish ko`lami qulay;
– u yuqori samaradorlikka ega va mazkur xususiyati bilan Windowsning istalgan avvalgi lahjalaridan keskin farqlanadi. Xususan, Microsoft firmasi yangi 32 razradli yadroni tatbiq etish bilan samaradorlik va ishonchlilikni keskin oshirishga erishdi;
– foydalanuvchi atigi bitta dasturiy ta'minot mahsulotini xarid qilib, qator muhim imkoniyatlarni qo`lga kiritadi: universal tarmoq mijoziga aylanadi, elektron pochtadan foydalana oladi, multimedia vositalaridan bahra oladi va hokazo;
– sodda, dasturlar majmui barkamol va yuqori unumlilikka ega.

Yüklə 201,39 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   18




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin