HARORAT
|
BIOLOGIK TA`SIR
|
37
|
Me`yor
|
45-50
|
Gipertermiya,fermentlar faolligini kamaytirish, hujayraning harakatsizligi
|
60-80
|
Kollagen va proteinlarning denaturatsiyasi, qon ivishi
|
100
|
Bug`lanish, issiqlik tarqalishi
|
100
|
Karbonlashtirish
|
300
|
Erish
|
Lazer energiyasi suv, melanin va qon tomonidan yutiladi, bu yutilish to`qimaning harorati oshishiga olib keladi. Bu energiya issiqlik manbai sifatida qabul qilinishi mumkin. Bu yerda yana bir muhim kattalik mavjud: relaksatsiya vaqti. Relaksatsiya vaqti bu-issiqlik energiyasi to`qima ichida tarqalishi mumkin bo`lgan vaqt. Bu vaqt yaqin infraqizil nur lazerlari uchun 1.0 millisekunddan kichik. Tajribalarning ko`rsatishicha ,yutilishning eng cho`qqisida suv uchun relaksatsiya vaqti 1.0 mikrosoniyani tashkil etadi. Agar lazer impulsi davomiyligi relaksatsiya vaqtidan kichik bo`lsa , issiqlik energiyasi “ maxsus chuqurlik(bu harorat eng yuqori qiymatniing 63% gacha kamayadigan masofa)” gacha tarqalmaydi. Lazer impulsi davomiyligi relaksatsiya vaqtidan katta bo`lsa, issiqlik chuqurlikkacha tarqala oladi va issiqlik tasiri yoki zarar yetkazilishi mumkin.
Suv uchun issiqlik ”maxsus chuqurligi” quyidagi jadvalda keltirilgan:
Dostları ilə paylaş: |