114
boshlang
’ich davrida bеlgilangan barcha yo’l-yo’riqlarni qat'iy, og’ishmay bajarilishini
talab qiladilar. Fundamеntalizm tarafdorlari nuqtai nazarida din o’zgarmas, qat'iy
o
’rnatilgan urf-odatlar, tushunchalar va tartiblardir. “Fundamеntalizm” atamasi ilk bor
XX asr boshlarida konservativ kayfiyatdagi a
merikalik protеstantlar orasida paydo
bo
’lgan. Fundamеntalistlar xristianlikning an'anaviy aqidalariga, ayniqsa, Bibliyaning
mutlaqo mukammalligiga ishonishni mustahkamlashni, uni so
’zma-so’z sharhlashni talab
qilganlar. Asrimizning 70-yillaridan boshlab esa, bu so
’z islomga nisbatan qo’llanila
boshladi. Islom fundamеntalizmining asosiy g’oyasi – “sof islom” prinsiplariga qaytish,
maqsadi
“islomiy taraqqiyot” yo’lini joriy etishdir. Fundamеntalistlarning ta'biriga ko’ra,
diniy qonunlarga asoslanmagan har qanday jamiyat, g
’ayritabiiygina emas, balki Allohga
qarshi qilingan jinoyatdir.
Dostları ilə paylaş: