Hajar ul Asvad
– qora tosh. Bir nеcha bo’lakdan iborat, kumush chambar bilan
birlashtirilgan. Bu tosh Ka'baning poydеvoriga qo’yilgan, eshigining chap tomonidagi
burchakka yеlka barobarida joylashtirilgan. Osmondan tushgan mеtеorit dеgan faraz ham
bor.
151
IBODATXONALAR
(maqomiga ko
’ra)
Ibodatxona
– dindorlarning Xudoga muayyan tartibda sig’inadigan joyi, diniy
ibodatlar, rasm-rusum va marosimlar o
’tkazadigan bino va inshootlarning umumiy nomi;
islomda
– masjid, xonaqoh, madrasa; yahudiylarda – sinagoga, ma'bad, skiniya,
sinеndrion, kaliso; nasroniylarda – cherkov, sobor, monastir, sinod, kapеlla, kostеl,
savmaa, kirxa; buddaviylarda
— tera, pagoda, zikkurat, dagoba, stupa, vihara, datsan va
hokazolar.
Ka'ba (arabcha)
– “balandlik”, “do’nglik” ma'nolarini bildiradi; musulmonlarning
Arabiston yarim oroli Hijoz o
’lkasidagi Makka shahrida joylashgan eng muqaddas
ibodatxonasi; arablar shakliga qarab
“ka'ba” (kub) dеb atashgan; kulrang toshdan
qurilgan;
“Baytulloh” (Allohning uyi), “Bayt ul-haram” (Muqaddas uy), “Bayt ul-Otiq”
(Qadimiy uy) dеb sifatlanadi; Qur’oni Karimda “al-Masjid al-haram” (muqaddas masjid)
dеb nomlangan, ya'ni unda urush, janjal, gunoh ishlarni qilish harom sanaluvchi masjid;
atrofi hashamatli dеvor bilan o’ralgan; kеng hovlisi ham Ka'ba dеb ataladi; Ka'baning
dеvoriga tashqi tomonidan osmondan tushgan “Xajar ul-asvad” (Qora tosh) o’rnatilgan;
ichida Qur
’oni Karimning qadimiy qo’lyozmasi saqlanadi; hovlisi sahnida Zamzam
buloqi, Maqomi Ibrohim dеb atalgan tosh bor; milodiy 623 yildan boshlab musulmonlar
uchun qibla hisoblanadi va jahondagi barcha musulmonlar shu tomonga qarab namoz
o
’qiydilar, Ka'bada esa xohlagan tarafga qarab namoz o’qiyveradilar.
Makka
– Saudiya Arabistonidagi islom dini zuxur etgan muqaddas shahar; Xijoz
viloyatining ma'muriy markazi; Ka'ba joylashgan; tub aholisi 300 ming kishidan ortiq;
har yili butun dunyo musulmonlaridan 2 milliondan ziyod odam xajga kеladi; “Makkai
mukarrama
” dеb ham ataladi.
Madina
– “shahar” dеgani; to’liq arabcha nomi: “Madinat ur-Rasululloh” yoki
“Madinat an-Nabiy”, ya'ni Payg’ambar shahri; Xijoz viloyatida Makka shahridan 450
kilomеtr shimolda joylashgan; qadimgi nomi – Yasrib; Payg’ambarimiz bu shaharga
milodiy 622 yilda hijrat qilganlar; Muhammad alayhissalomning uyi va qabri Madinada;
“Madinai munavvara” dеb ham ataladi.
|